O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/138
Sana01.01.2022
Hajmi1,48 Mb.
#302462
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
Bog'liq
turizmni rejalashtirish

 
Raqobat  muhitini  tahlil  qilish.
  Statistik  ma‟lumotlar  (tanlab  olingan 
mintaqada harakat qilayotgan firmalar soni, ularning turistik mahsulotlari ralizatsiya 
qilinishinin hajmi, narx omillari) tadqiq qilinadi, o„z mahsuloti va raqobatchilarning 
o„xshash mahsuloti o„rtasidagi farq aniqlanadi. 
Raqobat  muhiti  tahlil  qilingandan  so„ng  quyidagi  uchta  qarordan  biri  qabul 
qilinadi: 

 
mazkur mintaqanin bozoridan ketish; 

 
«o„z segmenti»ni egallab olish bo„yicha strategiya ishlab chiqish; 

 
turistik  tovarlar  va  xizmatlarning  raqobatdan  tashqari  to„plamini  ishlab 
chiqish va amalga oshirish. 
5. 
 
Marketing  rejalashtirishi. 
Unga  quyidagi  tashkil  qiluvchilar  kiritiladi: 
turistik  mahsulotni  realizatsiya  qilish  texnologiyasi,  sotuvlarni  rag„batlantirish 
usullari, narxni tashkil qilish, reklama tadbirlari, sotuvdan keyin mijozlarga xizmat 
ko„rsatish bo„yicha ishlar, firma haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish.  
6. 
 
Ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  va  turistik  mahsulotning  sifatini  nazorat 
qilish.
 Bu bosqichda quyidagilar rejalashtiriladi: tur (sayr)larni tayyorlash va ularni 
metodik  ta‟minlash,  vaucherlarni  ishlab  chiqish,  turistlarni  sug„urta  qilishni 
ta‟minlash,  shartnomaviy  hujjatlarni  tayyorlash,  shuningdek,  taqdim  etilayotgan 
xizmatlarning  sifatini  ta‟minlash  va  nazorat  qilishni  ta‟minlash  tizimini  ishlab 
chiqish, litsenziya olish uchun hujjatlar paketini tuzish va b. 
7. 
 
Xodimlarning  ishini  rejalashtirish.
  Shtatlarni  shakllantirish  va  xodimlarni 
boshqarish jarayoni quyidagilarni o„z ichiga oladi: firmaning bo„linmalari bo„yicha 
xodimlarning  kerakli  miqdorini  hisoblab  chiqish;  shtatlar  jadvali,  malaka  talablari 
va lavozim bo„yicha yo„l-yo„riqlarni tuzish; mehnatga haq to„lash turlarini, yollash 
tizimini, firma ishining reglamentini (jadvalini) va uning ustavini asoslash. 
Xodimlar  faoliyatini  rejalashtirish  korxonaning  tashkiliy-huquqiy  shakli  va 
tipi,  unin  mulkchilik  shakli  va  xodimlarni  tavsiflovchi  boshqa  omillar  bilan 
belgilanadi.  


 
32 
Firma  ish  boshlagan  ilk  bosqichda  shtatdagi  xodimlar  soni  eng  kam  darajada 
bo„lishi  zarur.  Bu  davrda  malakali  xodimlar  haqidagi  ma‟lumotlar  bazasidan 
foydalanish  tavsiya  qilinadi,  ular  kontrakt  asosida  jalb  qilinishi  mumkin  (gidlar, 
ekskursovodlar,  transport  vositalarining  haydovchilari,  guruhlar  rahbarlari  va  b.). 
Ishga  yollashda  tegishli  sohada  faoliyat  ko„rsatishga  litsenziya  borligiga  e‟tibor 
qaratish lozim.  
8. 
 
Yuridik  rejalashtirish.
  Bu  bosqich  yirik  turistik  korxonalarning  biznes-
rejasini  ishlab  chiqishda  bo„ladi.  Rejalashtirishnin  bu  turi  quyidagilarni  asoslab 
beradi: mulkchilik shakli, huquqiy maqom, bo„ysunuv sxemasi, xo„jalik faoliyatiga 
ma‟muriy aralashish chegarasi, korxona (firma)ning tashkiliy-huquqiy shakli. 
Bu  yerda  shuningdek  xo„jalik  shartnomalari,  kontraktlar,  bitimlar  va  boshqa 
zarur  hujjatlarning  turlari  ishlab  chiqiladi.  Firmaning  yuridik  xizmati  ma‟muriyat, 
texnologik va moliyaviy xizmatlar bilan birga bosh kadrlar blokiga kiradi.
  
9. 
 
Tavakkallarni  boshqarish. 
U  o„z  ichiga  oldindan  ko„rib  bo„lmaydigan  va 
salbiy  omillarning oldini olish  va  bashorat  qilish  bo„yicha  chora  -tadbirlarni  oladi. 
Bu  omillarga  quyidagilar  kiradi:  bankrotlik  xavfi;  soliq  xizmati,  sanitariya-
epidemiologiya  nazorati,  davlat  avtomobil  nazorati,  O„zbekiston  Respublikasi 
Milliy  banki  tuzilmalari,  xo„jalik  sudi,  mahalliy  organlarning  sanktsiyalari; 
shartnomalar, kontraktlar va bitimlar bo„yicha penyalar, jarimalar, neustoykalar. 
Katta  tavakkallarga  shuningdek  firmadagi  nizoli  vaziyatlar,  valyuta 
kurslarining o„zgarishlari, valyuta devalvatsiyasi. Inflyatsiya va boshqalar kiradi. 
Tavakkallarning  oldini  olishni  quyidagilar  ta‟minlaydi:  yuridik,  moliyaviy  va 
marketing  xizmatlaridagi  kadrlar  malaksining  yuqori  darajadaligi;  soliq 
rejalashtirilishi, bitimlar va boshqa fuqaroviy-huquqiy aktlar tizimining mavjudligi; 
tavakkallarning oldini olish va ushbu faoliyat turi bilan shug„llanayotgan xodimlarni 
rag„batlantirish tizimining kiritilishi. 
10. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish