O'qituvchining yechimi
O'rta asr ijtimoiy - falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog'liq bo'lib, uning inson kamoloti haqidagi ta'imoti taTim - tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faydasufi Arastudan keyin Sharqda bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir - «Muallimiy soniy» - «Ikkmchi muallim» deb ataydilar. Ba'zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi.Abu Nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
1. “Sharq Uyg’onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi ” modulini o’qitish metodikasi o’quvchilarning ulkan ta’limiy qudratidan foydalanish va faollashtirish, o’quv jarayoniga musobaqa elementlarini kiritish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar guruhining aqliy kuchi uning a’zolari kuchi yig’indisidan ko’proq (ya’ni guruh natijasi individual natijalar yig’indisidan doimo ortiq).
2. OTMlarida interfaol ta’limni tashkil etish muammosining nazariy jihatlarini batafsil o’rganish, bu boradagi harakat muaffaqiyatini ta’minlash omillaridan biri mazkur ta’lim muassasalarida “Sharq Uyg’onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi” modulini o’qitish metodikasi ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan o’quv jarayoniga interfaol ta’limni tadbiq etilishining mavjud holatini o’rganish, eng avvalo, o’qituvchi maxorati va kompetentligini oshirishga asoslangan muammoli ta’limni tashkil etishning dolzarbligini asoslash, zamonaviy dars mazunini ishlab chiqish hamda yo’nalishini belgilash imkonini yaratadi. Shunga ko’ra bitiruv ishida OTM talabalariga “Sharq Uyg’onish davri va unda ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishi” modulini o’tishda mazkur jihatini o’rganishga alohida ahamiyat qaratdik.
3. Loyiha ishi mazmunida ko’rsatib o’tilgan har bir interfaol metod “Pedagogika tarixi” modulini va umuman “Umumiy pedagogika” fani mazmunidagi barcha mavzularni o’qitish sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o’qituvchi va talaba, hamda talabalar g’uruhi, Shuningdek, jamoa o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish, g’oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir talabaning ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo’lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhit yaratishda katta imkoniyatga ega.
4. Interfaol metodlar, o’z mohiyatiga ko’ra, ta’lim Yoki tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda ma’lum darajada samaradorlikka erishishni ta’minlasada, biroq ularning g’ar biri ta’lim Yoki tarbiya jarayonida samaradorlikni ta’minlashda turli imkoniyatlarga ega. Shu sababli o’qituvchi interfaol metodlarni tanlashda o’rganilayotgan mavzu, muammo Yoki hal qilinishi lozim bo’lgan masalaga e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |