Fakultet dekani ___________ G‘.Doniyarov
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Umumiy fanlar” kafedrasining 2021-yil “___” ___________ dagi “____” – sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ___________ F.O‘sarov
Tuzuvchi: L.R.Zaripov “Umumiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar: A.Qodiriy nomli JDPI “Mehnat va umumtexnika fanlari” kafedrasi dotsenti R.T.Umarov
Xovos tumanidagi 14-maktab “Texnologiya” fani o‘qituvchisi M.A.Sotvoldiyeva
O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar Davlat ta’lim standartidagi malakaviy tavsifga muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi.
“Tarbiyaviy ish metodikasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
“Tarbiyaviy ish metodikasi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari, umumta`lim maktablari qonuniyatlari, umumta`lim maktablarida sinf rahbari faoliyatini tashkil etish va boshqarish, umumta`lim maktablarini boshqarish. O‘quvchi shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlari, tarbiya jarayoni jarayoni mohiyati va mazmuni, tarbiya tamoyillari, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini tashkil etish tizimi, umumta`lim maktablarida o‘quvchilarni tarbiyalash. Umumta`lim maktablarida ta`lim – tarbiya jarayoni sifatini nazorat qilish. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda va o‘quv tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda axborot va pedagogik texnologiyalaridan foydalanish, umumta`lim maktablari o‘quvchilarini ma’naviy axloqiy qiyofasini shakllantirishda adabiy me’rosidan foydalanish, yosh avlod tarbiyasining maqsad va vazifalari, talaba shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishning asosiy tarkibiy qismlarini bilishi kerak;
umumta`lim maktablarini boshqarish, umumta`lim maktablari o`quvchilarini tarbiyalashga qo`yiladigan talablarni; tarbityaviy ishlarni tashkil etishni; tarbiyaning asosiy shakllari, tamoyillari hamda tarbiya metodlari haqidagi bilimlarni amalda qo‘llay olishi; umumta`lim maktablari mazmunini belgilovchi me`yoriy hujjatlar bilan ishlay olishni; ta`lim – tarbiya jarayoni sifatini nazorat qilishni; tarbiyaviy ishalarning metodik asoslarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
umumta`limning falsafiy-metodologik asoslari; ajdodlarimizning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlarini; bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning o‘zgarishi tufayli pedagogik g‘oyalar, tarbiya ishlarining mazmuni, usullarining yangilanib rivojlantirish istiqbollarini belgilash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
2. Fanning hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |