Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki kamaytiradimi?



Download 12,22 Mb.
bet46/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki kamaytiradimi?


Jamiyatimiz duch kelayotgan muammolardan biri – bu geroin, kokain kabi giyohvand moddalardan foydalanishdan iborat. Bu moddalarning koʻplab salbiy ta’siri mavjud. Biri shuki, giyohvand moddaga bogʻlanib qolish odamlarning va ularni oilasining hayoti barbod boʻlishiga olib

keladi. Boshqa tomondan esa pul topish maqsadida giyohvand odam oʻgʻirlikka va boshqa jinoyatlarga qoʻl uradi. Noqonuniy moddalardan foydalanishni cheklash maqsadida Qoʻshma Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand moddalarning oqimini qisqartirish uchun har yili milliard dollar mablagʻ ajratadi. Talab va taklif mexanizmlaridan foydalangan holda bu narkotik moddalarni toʻxtatish siyosatini tekshiramiz.

Tasavvur qiling hukumat giyohvand moddalarga qarshi urushda qatnashadigan federal agentlar sonini oshirdi. Noqonuniy dorilar bozorida nima sodir boʻldi? Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz talab yoki taklif egri chizigʻining oʻzgarganini koʻrib chiqamiz. Ikkinchidan, oʻzgarishning qaysi tomonga boʻlganini kuzatamiz. Uchunchidan, biz oʻzgarish muvozanat narxi va miqdoriga qanday ta’sir etganini koʻramiz.

Garchi narkotiklarni toʻxtatishning maqsadi ulardan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan boʻlsa ham, uning aniq ta’siri xaridorlarga emas balki sotuvchilargadir. Hukumat mamlakatga bir necha narkotik moddalarni kirishini toʻxtatgan va koʻplab kontrabandachilarni hibsga olgan paytda, bunday moddalar narxi oshadi va shu sababli ularning miqdori kamayadi. Giyohvand moddaga boʻlgan talab, ya’ni istalgan narxda sotib oladiganlar soni oʻzgarmaydi. 9-chizmada koʻrsatilganidek, taqiq taklif egri chizigʻini chap tomonga S1 dan S2 ga surdi, talab esa oʻzgarishsiz qoldi. Muvozanat narxi P1 dan P2 ga koʻtarildi, muvozanat miqdor esa Q1 dan Q2 ga pasaydi. Muvozanat miqdorining kamayishi shuni koʻrsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi ulardan foydalanishni qisqartirdi.

Lekin giyohvand moddalarga doir jinoyatlarchi? Bu savolga javob berish uchun, giyohvand moddalardan foydalanuvchilar toʻlagan pullarining umumiy qiymatini hisoblaymiz. Chunki juda kam

giyohvandlar narxlar oshganda odatlaridan voz kechadi, bu degani bunday moddalarga boʻlgan talab elastik emas.



Agar talab elastik boʻlmasa, giyohvand moddalar bozoridagi umumiy daromad koʻtariladi. Chunki giyohvand moddalardan foydalanishga nisbatan narx ancha koʻtarilgan boʻladi. Bu esa giyohvandlar toʻlaydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar oʻzlarining ehtiyojini qondirish maqsadida oʻgʻirlik qilishga ham toʻgʻri keladi, ularga avvalgidan ham koʻproq pul zarur boʻladi. Demak, giyohvand moddalarni toʻxtatish siyosati unga doir jinoyatlar sonini oshiradi.

Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutaxassislar muqobil yechimini topishga bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar taklifini qisqartirgandan koʻra, siyosatchilari giyohvand moddalar haqida ta’lim berish orqali ularga boʻlgan talabni qisqartirishga harakat

qilishlari mumkin. Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada koʻrsatilgan.

Talab egri chizigʻi chapga D1 dan D2 ga surilgan. Natijada muvozanat miqdori Q1 dan Q2 ga va muvozanat narx esa P1 dan P2 ga tushgan. Umumiy daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini toʻxtatishdan farqli oʻlaroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini kamaytirishni ta’minlaydi.

Giyohvand moddalarni toʻxtatish tarafdorlari siyosatning uzoq muddatli ta’siri qisqa muddatliligidan koʻra farqli deb hisoblaydi, chunki talab elastikligi vaqtga bogʻliq. Talab qisqa muddatda elastik boʻlmasligi mumkin, chunki ogʻuga oʻrganib qolganlarga narxning koʻtarilishi ta’sir etmaydi. Lekin vaqt oʻtgan sari talab elastik boʻlib boraveradi, chunki yuqori narx yoshlar orasida bu moddalarni sinab koʻrishdan qaytaradi va vaqt oʻtgan sayin faqatgina sanoqli giyohvandlar qoladi. Bunday holatda, giyohvand moddalarni toʻxtatish siyosati qisqa muddatda ularga doir jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi.




Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish