Nominal va real daromadlar. Nominal daromad - bu soliq va narxlarning oʻzgarishiga bogʻliq boʻlmagan daromad darajasi. Real daromad - bu narxlarni va boshqa toʻlovlarning oʻzgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq va boshqa toʻlovlarni ayirib, uni narxlar oʻzgarishiga (inflyatsiyaga) koʻra qayta hisoblaydi.
Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun toʻlanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi boʻlib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun toʻlanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).
Do'stlaringiz bilan baham: |