Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi
Monopolistik raqobatlashgan bozor natijalarini jamiyat qanday baholaydi? Siyosatchilar bozordagi natijani yaxshilay oladimi? Bu savollarga oddiy javob yoʻq. Monopolistik raqobatdosh bozorlarning samarador emasligi manbaidan biri – chekli xarajatlarning oshishi boʻlib, bu shunga olib keladiki, agar ishlab chiqarish xarajatlaridan tovarni ustun qoʻyadigan iste’molchilar (lekin narxdan past) ularni sotib olishdan oʻzlarini tiyadilar. Shunday qilib, Monopolistik raqobatdosh bozorlar Monopolistik narx belgilashning tipik qaytarilmas yoʻqotishlari bilan xarakterlanadi.
Muammoni yechishning oson yoʻli yoʻq. Chekli xarajatlarga asosida majburiy narx belgilash barcha har turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi-firmalarni davlat tomonidan boshqarilishi zarurligini bildiradi. Lekin bunday turdagi mahsulotlar shunchalik tarqab ketganki, hokumat tomonidan bunday nazorat adminstrativ ogʻirdir.
Bundan tashqari Monopolistik raqobatchi firmalar faoliyatiga aralashuv tabiiy Monopoliyalarni tartibga keltirishda muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan – Monopolistik raqobat bozoridagi firmalar shundoq ham noʻllashgan foyda oladi, narxni chegarali xarajat darajasigacha tushirishni talab qilish, yoʻqotishga olib keladi. Biznesda ushbu firmalarni saqlab qolish uchun hukumat ularning yoʻqotishlarini qoplashi lozim, ya’ni soliqlarni oshirishi lozim. Koʻrinib turibdiki, noan’anaviy usullar va oqimga qarab harakatlanishdan birini tanlashda siyosatchilar samarasiz Monopolistik narx belgilashni lozim topadilar.
Jamiyat nuqtayi nazaridan Monopolistik raqobat samaradorligi pastligining sababi – bozordagi firmalarning soni muammosi. Bu
muammoni biz bozorga kirish bilan bogʻliq boʻlgan tashqi samara terminlarida koʻrib chiqamiz. Har doim yangi firma bozorga kirishini maqsadga muvofiqligini tahlil qilar ekan, u oladigan potensial daromadi darajasiga baho beradi.
Ammo uning bozorga kirishida tashqi samaralar mavjud boʻladi:
Mahsulot xilma – xilligini koʻpaytiruvchi tashqi samara. Bozorda yangi mahsulotning paydo boʻlishi bilan birga iste’molchilar ortiqchaligi vujudga keladi va u bozorga kirish bilan bogʻliq ijobiy tashqi samaraga ega boʻladi.
Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi. Yangi raqobatchining paydo boʻlishi eskilarning bir qism iste’molchilarini yoʻqotishini va daromadni kamayishini bildiradi: bu yerda salbiy tashqi samaraning oʻrni bor.
Shunday qilib, Monopolistik raqobat bozoriga kirishda yangi firmalarni ijobiy va salbiy tashqi samaralar mavjud. Monopolistik raqobat bozorida uning ahamiyatiga qarab juda koʻp yoki juda kam tovarlar turlari taklif qilinadi.
Tashqi samaralar hajmi Monopolistik raqobat shartlariga bogʻliq. Mahsulot xilma – xilligini koʻpaytiruvchi tashqi samara yangi firmalar bozordagi mavjud tovarlardan farqli mahsulotni taklif qilganda vujudga keladi. Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi firmalar tomonidan belgilangan narx chegarali xarajatlardan baland boʻlganda, qoʻshimcha bir-birlik mahsulot sotishga intilganda vujudga keladi. Aksincha mukammal raqobatda firmalar bir xil tovar ishlab chiqaradi va narx chekli xarajatga teng boʻladi, mahsulot xilma – xilligini koʻpaytiruvchi tashqi samara va xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi mavjud emas.
Oxirida, biz mana raqobatdosh bozorlar oʻziga kerakli barcha mutloq raqobatdosh bozorlarning jarayon xususiyatlariga ega boʻlmaydi.
Yani, koʻrinmas qoʻl, ummiy chiqim monopolistik raqobat ostida maksimallashadi deb ishontira olmaydi. Chunki efektsizlik qiyin boʻlganligi uchun oʻlchash, murakkab yechish, umumiy siyosat uchun bozor daromadi rivojlantirishning oson yoʻli yoʻq.
13.5-rasm
Monopolistik raqobatlashgan bozor uch xususiyati boʻyicha tafsiflanadi:
Firmalarning koʻpligi, turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradi va bozorga erkin kiradi.
Monopolistik raqobatlashgan bozordagi muvozanat mukammall raqobatlashgan bozornikidan ikki oʻzaro bogʻliq holatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, monopolistik raqobatlashgan bozorning har bir firmasida ortiqcha ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Bu esa oʻrtacha umumiy xarajat egri chizigʻini kamayayotgan qismida boʻladi. Ikkinchidan har bir firma narxni chekli xarajatdan baland qoʻyadi.
Monopolistik raqobat mukammall raqobatning barcha xususiyatlariga ega emas.
Monopoliyaning standart qaytarilmas yoʻqotishlari mavjud boʻlib, bunda narx chekli xarajatdan baland boʻlishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari firmalar soni (va shu oʻrindagi mahsulotlarning xilma-xilligi) oʻta koʻp yoki oʻta kam boʻlishi mumkin.
Monopolistik raqobat bozoriga mahsulotlarning xilma-xilligi xos, reklama qilish va firma nomlaridan foydalanishga olib keladi. Tanqid qiluvchilar reklama va savdo markalarini firmalar iste’molchilar didlarini oʻzgartirish va raqobatni pasaytirish uchun ishlatishadi deb uqtiradilar. Reklamani va savdo belgilarini yoqlovchilar firmalar ularni iste’molchilarga ma’lumot berish, narx va sifat bilan raqobatlashish uchun foydalanishadi deyishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |