Oʻyinlar nazariyasi – fan yoʻnalishi boʻlib u oʻyin qatnashuvchilarining vaziyat boʻyicha harakat qilish va qaror qabul qilishni matematik usullar yordamida oʻrganadi.
Oʻrindosh tovarlar – iste’mol qilishda bir-birini oʻrnini bosuvchi tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar.
Oʻrindosh tovarlarni almashtirish samarasi – iste’molchining iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi oʻzgarishi natijasida iste’mol tarkibining oʻzgarishi.
Oʻrtacha daromad – bir birlik tovarni sotishdan tushgan daromad:
AR TR
Q
Firma (firm) – jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanuvchi iqtisodiy subyekt.
Firmaning bozordagi strategik harakati – bunda firma oʻzining harakatini raqobatlashuvchi firmaning harakatiga koʻra ishlab chiqadi.
Foiz stavkasi– nominal foiz stavkasi inflyatsiyani hisobga olmagandagi joriy kursdagi foiz stavkasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |