Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


-chizma. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri



Download 12,22 Mb.
bet49/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

5.3-chizma. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri

Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy oʻzgarishi teng:

и/ч  A C , (2)


bu yerda, i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof oʻzgarishi.

Maksimal narx oʻrnatilganda asosiy yoʻqotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga toʻgʻri keladi.



    1. Narxning bozor faoliyatiga taʼsiri

Narxning bozor daromadiga qanday ta’siri borligini koʻrib chiqish uchun muzqaymoq bozorini tahlil qilamiz. Agar muzqaymoq erkin raqobatbardosh bozorda sotilsa, muzqaymoqning narxi talab va taklif muvozanatiga ta’sir koʻrsatadi. Muvozanatli narxda xaridorlar sotib olishni xohlayotgan muzqaymoqning miqdori sotuvchilar sotishni xohlayotgan miqdorga toʻgʻridan-toʻgʻri teng boʻladi. Aniqroq qilib aytsak, har bir muzqaymoq uchun narx 3$ga teng boʻlsin.

Barcha ham ushbu erkin bozor vaziyatidan quvonmaydi. Misol uchun har kuni bir dona muzqaymoq isteʼmol qilish uchun 3$ katta narx ekanligidan noliyotgan isteʼmolchilar, shu bilan bir qatorda 3$ raqobatli bozorda eng minimum narx boʻlib, bu ularga juda ham kam foyda keltirayotganidan noliydigan muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar boʻladilar. Ularning har ikkalasi ham hukumatga bu borada kerakli qarorni berishi uchun qonun ishlab chiqarishni talab etib murojaat etadi.

Albatta xaridorlar har doim barcha mahsulot uchun eng kam haqini toʻlashni xohlasalar, sotuvchilar esa buning uchun eng yuqori haqni olishni xohlaydilar. Bu ikki guruhning xohishlari bir-biriga qarama- qarshi. Agar muzqaymoq isteʼmolchilari oʻzlarining talablarida mustahkam tursalar, hukumat ular uchun muzqaymoqning sotilishida narxning eng maksimal chegarasini belgilab berishi mumkin. Narxni koʻrsatilgan chegaradan oshirish mumkin emas. Qonuniylashtirilgan maksimal narx esa maksimal narx deb nomlanadi. Bunga qarshi ravishda muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar harakatchan boʻlsa, hukumat narxga nisbatan minimum narxni belgilab beradi va narx ushbu chegaradan tushib ketishi mumkin emas. Qonuniylashtirilgan minimal narx esa minimal narx deb nomlanadi.

Agar hukumat muzqaymoq isteʼmolchilarni narxdan noroziligi ta’siri bilan muzqaymoq uchun eng yuqori narxni belgilab bersa, ikki xil natija kelib chiqishi mumkin. Birinchi rasmda, hukumat har bir muzqaymoq uchun 4$ belgilaydi. Bu vaziyatda talab va taklifni muvozanatda ushlab turuvchi narx chegaradan pastda boʻlgani uchun narx yoʻq bolib ketmayapti. Bozor tabiiy ravishda iqtisodiyotni muvozanatga olib borib qoʻyadi va narxning yuqori darajasi sotilgan mahsulot miqdoriga yoki uning narxiga ta’sir etmaydi.

Ikkinchi B rasm ancha qiziqarli natija koʻrsatadi. Bu holatda, hukumat muzqaymoq uchun narx yuqori chegarasini 2$ etib tayinlaydi. Chunki 3$ muvozanatli narxning yuqorisida turibdi. Ushbu yuqori chegara esa bozorda majburiy chegara vazifasini bajaradi. Taklif va talab narxni muvozanat tomonga qarab harakat qilishga majbur etadi. Ammo qachonki bozor narxi yuqori chegaraga yetsa qonun bilan undan yuqoriga oʻsa olmasligi mumkin. Shunday qilib bozor narxi narxning yuqorisini muvozanatlaydi. Bu narxda esa talab etilgan muzqaymoq miqdori (rasmda 125 dona) taklif miqdoridan oshib (75 dona) ketgan.



Demak bu yerda muzqaymoq tanqisligi yuzaga keladi. 50 dona odam muzqaymoq sotib olishni xohlasa ham uni xarid qila olmaydi.

Qachon muzqaymoq tanqisligi narx oʻzgarishi tufayli ortsa, tovar yetkazib beruvchining normallashtirish mexanizmi ham shakllanadi. Ushbu mexanizm tovarga boʻlgan navbat boʻlishi mumkin. Navbatga erta kelib, kuta oladigan isteʼmolchilar natijada muzqaymoq oladilar, ammo aksariyat kuta olmaydigan odamlar esa sotib olmaydilar. Bunga muqobil ravishda, sotuvchilar muzqaymoq yetkazib berishni oʻzlarining xohishlariga qarab masalan, faqat jamiyatning ma’lum bir guruhiga, oila a’zolariga, doʻstlariga muzqaymoq sotish orqali normallashtirishlari mumkin. Shunga qaramasdan, narx oʻzgarishi muzqaymoq sotib oluvchilarga yordam berish istagi orqali yuzaga kelayotgan boʻlsada, sotib oluvchilarning hammasi ham bundan manfaat koʻra olmaydi. Ba’zi bir iste’molchilar navbatda kutgan holda arzon narxda muzqaymoq olishlari mumkin, ammo boshqalari esa umuman muzqaymoq sotib ola olmasliklari mumkin. Muzqaymoq bozoridagi ushbu misol shunday umumiy natija koʻrsatadi: qachon hukumat raqobatli bozordagi narx oʻzgaruvining mustahkamlashishiga aralashsa, tovar tanqisligi oshadi, natijada sotuvchi tanqis tovarni koʻp sonli imkoniyatli sotib oluvchilar orasida normallashtirishi shart. Narx oʻzgarishi natijasida yuzaga kelgan normallashtiruv mexanizmi unchalik ham samarali va ma’qul emas, chunki navbatda kutib turish sotib oluvchilarning vaqtini oladi. Sotuvchining xohishiga qarab tovarni yoki xaridorni ajratish ancha noqulay, samarasiz va shu bilan birga insofsizlikdir (chunki xaridor juda qadrlaydigan tovar unga toʻgʻridan-toʻgʻri bormaydi). Bunga qarshi tarzda, tartibli, toʻgʻri yoʻnaltirilgan savdo esa insoniylikka toʻgʻri keladi hamda samaralidir. Qachonki muzqaymoq bozori oʻzining muvozanatiga erishsa, bozordagi har bir tovar uchun pul toʻlagan isteʼmolchi muzqaymoqni qoʻlga kiritishi mumkin. Ochiq bozor tovarning narxi bilan birga muvozanatga keladi.

Hukumatning boshqa turdagi narx nazorati qanday natijalar berishini kuzatishdan oldin keling biz yana muzqaymoq bozoriga qaytamiz. Tasavvur qilingki, hukumat Milliy Muzqaymoq Tayyorlovchilar Haya’tiga chiqarilgan sud qarori tomonidan harakatga keltirildi. Bunday holatda hukumat narxning quyi chegarasini oʻrganib chiqadi. Narxning quyi chegarasi xuddi uning yuqori chegarasidek hukumat tomonidan bozordagi muvozanatni ushlab turish uchun oʻrnatiladi. Shunday vaziaytda yuqori chegarali narxlar xuddi quyi chegarali narx kabi qonuniy doiradan chiqib ketmaydi.



Davlat muzqaymoq bozorida quyi narxni belgilaganda ikki xil natija kelib chiqishi mumkin. Muvozanatdagi narx 3$ boʻlsa-yu, hukumat tovar uchun 2$ narx belgilasa, biz (A) rasmdagi natijaga erishamiz. Bunday holatda narxning quyi chegarasi bozor holatiga ta’sir koʻrsatmaydi. Bozordagi kuchlar tabiiy ravishda iqtisodiyotni muvozanatga olib boradi va quyi narxning ta’siri sezilmaydi.

B rasm hukumat muzqaymoq uchun 4$ narx belgilanganda nima sodir boʻlishini koʻrsatadi. Bu holatda muvozanatli narx 3$ boʻlib, u

pastda boʻlgani uchun minimal narx bozorga qarama-qarshi ta’sir oʻtkazayapti. Talab va taklifning ta’siri natijasida narx muvozanatdagi narxga qarab harakat qiladi. Ammo bozor narxi quyi chegarada va u undan pastga tusha olmaydi. Bozor narxi quyi chegaradagi narxni belgilab beradi. Bu chegarada ta’minlab berilgan muzqaymoq (120 dona) miqdori talab etilgan miqdordan (80 dona) oshib ketadi. Muzqaymoqni bozorda harakat qilayotgan narxda sotmoqchi boʻlganlar uni sota olmaydi. Shunday qilib, narxning quyi chegarasini belgilashning oqibati taklif qilinayotgan mahsulot ortiqchaligidir. Biz taʼkidlaganimizdek, narxning yuqori chegarasi va taqchillik, taqsimlanishning notoʻgʻri mexanizmini shakllanishiga olib keladi.

Quyi chegarasi narxi natijasida, ba’zi sotuvchilar oʻzlarining mahsulotlarini sota olmaydilar. Xaridorlarning shaxsiy xohish istaklariga qarab harakat qiluvchi sotuvchilar boshqa odamlar sota olmagan narxlarda tovarlarini sotishlari mumkin. Aksincha erkin bozorda narx muvozanatni boshqaruvchi sifatida ishtirok etadi va sotuvchilar oʻz tovarlarini muvozanatdagi holatda xohlaganlaricha sotishlari mumkin.


    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish