Davriy ishsizlik-iqtisodiyotda pasayish boʻlayotgan davrda mavjud boʻlib, bunda ishchi kuchiga talab boʻlsada, ishlab chiqaruvchilar ularni ishga qabul qila olmaydilar va buning natijasida yaratilishi mumkin boʻlgan ma’lum bir mahsulotdan voz kechiladi.
Pul bozori- bu shunday bozorki, u yerda pulga talab va taklif ta’siri ostida foiz stavkasi darajasi va pul «bahosi» shakllanadi. Pul bozorida pul tovarga oʻxshab «sotilmaydi» va «sotib olinmaydi». Aynan shu xususiyati bilan pul bozori boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi. Pul bozorida pul nominal foiz normasi birligiga ega boʻlgan muqobil likvid vosita bilan almashinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |