30.11-rasm. Eksportda kichik biznesning hududlardagi jami
Hududlar boʻyicha taqsimlanmagan maʼlumotlarni qoʻshmagan holda Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarining ulushi bir oz kamroq. Shu bilan birga, hududining umumiy eksport hajmida Namangan viloyati kichik tadbirkorligining eksporti hajmi 87,4 foizni, Andijonda - 72,0 foizni tashkil etdi.
Eksportga boʻlgan talabning oshishi mamlakatni rivojlantirish uchun muhim manbadir. Doimiy tashqi iqtisodiy faoliyat olib boradigan tadbirkorlik subyektlari mavjudligiga qaramasdan, korxonalarning eksport imkoniyati toʻliq amalga oshirilmayapti. Buning sabablari haqida gapirganda, tashqi bozorlarning imkoniyatlari va talablari boʻyicha maʼlumotlarning yetarli emasligi, chet elda raqobatning yuqoriligi, shuningdek, chet ellik sheriklar bilan muloqotni tashkil etishning murakkabligini aytib oʻtish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |