Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Oʻzbekistonda mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish



Download 12,22 Mb.
bet238/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Oʻzbekistonda mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish

Mehnat bozorining faoliyati quyidagi omillarga koʻp jihatdan bogʻliq:



  • aholi soni, yoshi va jinsining salmogʻidagi oʻzgarishlarga;

  • ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud oʻzgarishlariga;

  • qoʻshimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezoniga;

  • ishlab chiqarish hajmiga, uning oʻsish sur’atiga, ishlab chiqarish strukturasiga;

  • ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashuviga;

  • mehnat resurslarini boshqarish usuliga.

Mehnat bozoridagi vaziyat yuqoridagi omillarning ta’sirida oʻzgarib turadi va shunga mos ravishda ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif hajmi aniqlanadi.

Misol uchun, mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab taklifdan koʻproq boʻlsa, bozorda ishchi kuchining qoʻshimcha manbalaridan qoʻshimcha taklif etiladi. Qoʻshimcha manbalari boʻlib mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar, oʻquvchilar hisoblanadi.

Ishga joylash idoralarining faoliyatlari kuchaytiriladi va takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qoʻshimcha, ishchi kuchining oqib kelishi ragʻbatlantiriladi, har bir ishsizning shaxsiy hisobi olinadi va h.k.

Agarda mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab taklifdan kam boʻlsa, qoʻshimcha ish joylarini tashkil etish, ish smenasini koʻpaytirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy yoʻllaridan foydalanish, boshqa hududlarga ortiqcha ishsizlarni jalb qilish mexanizmlaridan foydalaniladi.

Agarda ishchi kuchiga boʻlgan talab taklif bilan teng boʻlsa va muvozanat oʻrnatilsa, ishlab chiqarish vositalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish, ish vaqtini yuqotishni kamaytirish, ishchilarning malakasini oshirish, mehnatni ragʻbatlantirish va ish xaqini samarali tashkil etish zarurati kelib chiqadi. Bu esa ish bilan bandlikning

samaradorligini oshirish bilan birga makroiqtisodiyotning oʻsish sur’atlarini jadallashtiradi.

Bozordagi talab va taklifni tartibga solish uchun iqtisodiy mexanizm modelidan foydalaniladi. U quyidagi elementlardan tashkil topadi:


    • koʻp bosqichli ish tanlash, oʻqitish va qayta tayyorlash tizimi;

    • keng koʻlamli ish bilan bandlik markazlari. Bu markazlarda doimo boʻsh ish joylarini qidirayotgan ishsizlar hisobi olib boriladi, kadrlar zarur boʻlgan korxonalarga ishchi kuchi yetkazib berishga hamkorlik qiladi;

    • alohida ijtimoiy-demografik qatlamlardagi aholining ish bilan bandligi maxsus dasturlari;

    • Respublika va mahalliy mehnat bozoridagi holatni doimo prognoz qilish va oʻrganish uchun ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasi.

Oʻzbekistonda mehnat bozoriga aholining quyidagi guruhlari

kiradi:


    • oʻqishni bitirib birinchi marotaba ish qidirib yurgan yoshlar;

    • tarmoq korxonalaridagi strukturaviy oʻzgarishlar natijasida ishsiz boʻlib qolgan xodimlar. Shuningdek, davlat sektorini xususiylashtirish va boshqa mulkchilikka oʻtishdan kelib chiqqan ishsizlar;

    • raqobatda singan va past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan korxona va tashkilotlar;

    • vaqtincha ishsiz yurgan va mehnat birjalari koʻmagida yangi ish joyi qidirib yurgan shaxslardan iborat.

Mehnat birjalarida ishsizlarni aniqlash, ishga joylash, qayta tayyorlash va shu kabi bir qancha masalalar hal qilinadi. Mehnat birjalari hozirgi paytda respublikamizning viloyatlari va uning tumanlarida faoliyat koʻrsatmoqda.


Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish