Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


XVII BOB. “MAKROIQTISODIYOT” FANIGA KIRISH



Download 12,22 Mb.
bet206/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

XVII BOB. “MAKROIQTISODIYOT” FANIGA KIRISH





    1. Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va obyekti

Makroiqtisodiyot ham mikroiqtisodiyot kabi iqtisodiy nazariyaning bir boʻlimini ifoda etadi. Grek tilidan tarjima qilganda “makro” soʻzi “katta” degan ma’noni anglatadi (mos ravishda “mikro”

- “kichik”), “iqtisodiyot” soʻzi esa – “xoʻjalik yuritish” ma’nosini anglatadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot – bu iqtisodiyotdagi umumiy xatti-harakatlarni yoki uning yirik jamlanmalarini (agregatlarini) oʻrganuvchi fandir, bunda iqtisodiyot murakkab yirik yagona pogʻonaviy tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar hamda ularning koʻrsatkichlarining yigʻindisi sifatida qaraladi.

Birinchi bor “makroiqtisodiyot” atamasini taniqli norveg olimi iqtisodchi matematik, ekonometrikaning asoschilaridan biri, Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan Ragnar Frish (Ragnar Frisch) oʻzining 1933-yildagi maqolasida qoʻllagan. Biroq mazmunan zamonaviy makroiqtisodiy nazariya Kembridj maktabi vakili taniqli ingliz iqtisodchisi lord Djon Meynard Keyns (John Maynard Keyns)ning fundamental mehnatlaridan boshlangan. 1936-yilda Keyns makroiqtisodiy tahlil asoslarini yoritgan “Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi” nomli kitobi chiqdi. Keyns ishining ahamiyati shunchalik buyuk ediki, natijada iqtisodiy adabiyotlarda shu vaqtgacha an’anaviy ravishda yagona mavjud boʻlgan iqtisodiy voqeliklarni klassik yondashuv asosida oʻrganuvchi, ya’ni

mikroiqtisodiy tahlil (klassik modelga) qarshi turuvchi “Keynscha inqilob” atamasi va keynscha makroiqtisodiy model yoki keynscha yondashuv yuzaga keldi.

Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina kiritilgan boʻlsada, makroiqtisodiy tahlil elementlari iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo boʻldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elementlarining oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro ta’siri xos boʻlgan tizim sifatida yondashish dastlab F.Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV ning saroy vrachi F.Kene 1758-yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali”ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elementlarini qoʻlladi.

Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qoʻyilgan edi deb ta’kidlash mumkin. Keyinchalik, V.Leontev esa oʻzining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida boʻlimi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa oʻzining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936-yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.

Shunday qilib, makroiqtisodiyot oʻz predmeti va tadqiqot usullariga koʻra mustaqil fan sifatida XX asrning oʻrtalariga kelib shakllanib boʻldi.

Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning boʻlimi hisoblanib, unda milliy xoʻjalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.

Makroiqtisodiy nazariyaning ikki koʻrinishi oʻzaro farqlanadi:



  1. pozitiv makroiqtisodiyot;

  2. normativ makroiqtisoiyot.

Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini oʻrganadi.

Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yoʻnalishlarini taklif etadi.

Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil boʻlimi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini oʻzaro farqlab olishimiz zarur.

Mikroiqtisodiyot predmeti boʻlib “belgilangan” iqtisodiy shart- sharoitlarda uy xoʻjaliklari va firmalar darajasidagi iqtisodiy qarorning qabul qilish mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti boʻlib alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa, makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasidagi mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining oʻzaro munosabatlari va oʻzaro ta’siri tahlil qilinadi.

Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya’ni mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan koʻpgina koʻrsatkichlar, jumladan iste’molchilarning daromadlari, jamgʻarmalari, foiz stavkasining dinamikasini va uni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq qiladi.

Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror oʻsishini, resurslarning toʻliq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va toʻlov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtayi nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini oʻrganadi.

Keltirilgan ta’rifdan koʻrinib turibdiki, makroiqtisodiyot predmetida oʻzaro bogʻliq uch jihatni ajratib koʻrsatish mumkin. Bular:


  1. milliy iqtisodiyot;

  2. davlat tomonidan iqtisodiy siyosatni yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish;

  3. jahon xoʻjaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan oʻzaro munosabatlari masalasi.

1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida koʻriladigan masalalar roʻyxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi.
1-jadval.


Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish