Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet202/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Ayrim muhim umumiy resurslar


Umumiy resurslardan foydalanishning koʻpgina misollari mavjud. Deyarli barcha holatlarda umummilliy resurslar fojeasidagi kabi muammo yuzaga keladi. Alohida shaxslar umumiy resurslardan haddan ziyod koʻp foydalanishadi. Davlat, aksariyat hollarda, haddan ziyod koʻp foydalanish muammosini engillashtirish maqsadida ularning xulq-atvorlarini tartibga soladi yoki turli yigʻimlar joriy etadi. Toza havo va suv. Biz 10-bobda ta’kidlab oʻtganimizdek, bozorlar atrof muhitni oqilona himoya qilishmaydi. Qat’iy tartibga solish choralari yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun soliqlar bilan bartaraf etilishi mumkin boʻlgan ifloslanish salbiy tashqi ta’sir hisoblanadi. Bozorning ushbu salbiy jihatini jamiyatning umumiy muammosi sifatida koʻrish mumkin. Toza havo va toza suv huddi ochiq hosildor erlar kabi, atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi esa huddi chorvani haddan ziyod ortib ketishi kabi umumiy resurslardir.

Atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi umummilliy resurslar fojeasining zamonaviy koʻrinishidir.

Tirband avtomobil yoʻllari. Yoʻllar yoki ommaviy mahsulot yoki umumiy resurs boʻlishi mumkin. Agar yoʻllar tirband boʻlmasa, u holda bir kishining undan foydalanishi boshqa bir kishining foydalanishiga halaqit qilmaydi. Bu holatda mahsulot iste’molda cheklanganganlik xususiyatiga ega boʻlmaydi va yoʻl ommaviy mahsulot boʻlib qoladi. Shu bilan birga, agar yoʻllar tirband boʻlsa, u holda bu yoʻldan foydalanish salbiy tashqi ta’sirni beradi. Agar biror kishi ushbu yoʻldan yursa, yoʻl yana ham tor boʻlib, boshqa kishilarni sekinroq yurishga majbur etadi. Bu holatda yoʻl umumiy resurs hisoblanadi.

Davlat tomonidan yoʻllarda avtomobillar tirbandligi muammosini bartaraf etish yoʻllaridan biri bu haydovchilarga shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish. Shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish oʻz mohiyatiga koʻra tirbandlikni tartibga soluvchi soliqdir. Ba’zida, xuddi mahalliy yoʻllarda boʻlgani kabi, qatnovlar uchun soliq solish amaliy echim boʻlmay qoladi, sababi soliq summasi juda yuqoridir. Biroq, London shahri toʻlov hajmini oshirish usulini tirbandlikni bartaraf etishdgi eng muhim usul deb topdi. Yangiliklarda ma’lum qilinishicha bu usul Nyu-York shahri uchun ham koʻrib chiqilmoqda.

Gohida tirbandlik kunning ma’lum bir qismidagina muammo boʻlib qoladi. Agar koʻprikda yuk avtomobili tigʻiz-paytda oʻtayotgan boʻlsa tirbandlik muammosi faqatgina mana shu soatdagina yuzaga keladi. Ushbu masalani samarali echimi shuki – tigʻiz-paytda yurganlik uchun toʻlovni yana ham oshirish zarur. Bu narsa haydovchilarni oʻzlarining harakatlanish grafiklarini oʻzgartirib, tigʻiz- paytda yurmasliklari uchun oʻziga hos stimul boʻladi.

Oʻtgan bobda muqokama qilingan tirbandlik muammosiga qarshi

kurashuvchi usullardan yana biri - bu benzin uchun soliq. Benzin, ma’lumki avtomobilda harakatlanish uchun samarali yoqilgʻi hisoblanadi: benzin narxini oshirish, odatda harakat hajmini kamaytirishni talab etadi. Shunday qilib, benzin uchun soliq yoʻllarni tirbandlik darajasini kamaytiradi. Shu bilan birga, benzin uchun soliq mutloq echim emas, sababi bu yoʻllarda harakatlar hajmidan tashqari boshqa masalalarga ham ta’sir koʻrsatadi. Masalan, benzin uchun soliq tirbandlik qayd etilmagan yoʻllarda ham harakatlar sonini kamaytirib yuboradi.


Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish