Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet174/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Salbiy tashqi ta’sirlar

Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sogʻligʻi uchun zarar qilishi sabab, bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir koʻrsatadi?



Tashqi ta’sir tufayli, alyuminiy ishlab chiqarishning jamiyat uchun xarajati alyuminiy ishlab chiqaruvchilar xarajatidan katta boʻladi. Ishlab

chiqarilgan har bir alyuminiy birligi uchun ijtimoiy xarajat alyuminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy xarajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar koʻrgan kishilar xarajatini ham oʻz ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatini koʻrsatadi. Ijtimoiy xarajat chizigʻi taklif chizigʻidan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi xarajatlarni ham hisobga oladi. Ushbu ikki chiziq oʻrtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish xarajatini aks ettiradi.

Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob berish uchun biz yana bir marotaba koʻngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner) nima qilishini koʻrib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab chiqarish xarajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi alyuminiy ishlab chiqarish xarajati ifloslanish tashqi xarajatlarini ham oʻz ichiga olishini tushunadi.

Reja tuzuvchi talab chizigʻi bilan ijtimoiy xarajat chizigʻi kesishgan darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizigʻi balandligi bilan oʻlchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy xarajatidan (ijtimoiy xarajat chizigʻi balandligi bilan oʻlchangan holda) oshib ketadi. Reja tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qoʻshimcha alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy xarajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib yuboradi.

E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Qbozor ijtimoiy maqbul miqdor – Qmaqbul dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy xarajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib

chiqadi. Bozor muvozanatida chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy xarajatidan past narx beradi. Bu esa, ya’ni Qbozor da, talab chizigʻi ijtimoiy xarajat chizigʻidan past boʻladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.

Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yoʻli sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi boʻladi. Soliq oʻzining miqdorida alyuminiy taklif chizigʻini yuqoriga koʻtaradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi xarajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizigʻi ijtimoiy xarajat chizigʻi bilan bir toʻgʻri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.



Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni oʻzlashtirish deb nomlanadi, chunki u bozorda sotuvchi va xaridorlarni oʻz ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar odatda qancha alyuminiy taklif qilishi haqida qaror qabul qilishda

ifloslantirish xarajatlarini ham hisobga oladi, chunki soliq ularni tashqi xarajatlarini ham toʻlashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab chiqaruvchilarga qoʻyilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, alyuminiy iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat Iqtisodiyotning oʻnta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlarni qanday hal qilishini chuqurroq koʻrib chiqamiz.


Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish