BOB. RAQOBATLASHGAN BOZORLARDAGI FIRMALAR FAOLIYATI
12.1 Raqobat tushunchasi
Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor boʻladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:
sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday boʻlsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar;
bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan;
sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi;
bozor subyektlari bozor toʻgʻrisida toʻliq axborot olish imkoniyatiga ega.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor hisoblanadi yoki sof raqobatlashgan hamda raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firma toʻgʻrisida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz.
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta’sir qila olmaydi:
P const . (1)
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz boʻlgani uchun ham u tovar narxini oʻzgartira olmaydi.
Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ham xaridorlar ham koʻp.
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi har xil boʻladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga koʻra yuqori boʻladi).
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad
(TR)
firma tomonidan
ma’lum miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni
umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini koʻpaytmasiga teng:
TR P Q , (2)
(Q)
uning narxiga
(P)
bu yerda TR yoki R - umumiy daromad; P - narx; Q - sotilgan ne’mat miqdori.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bogʻliq boʻlganligi uchun, u R(Q) koʻrinishida yoziladi.
Oʻrtacha daromad ( AR) - sotilgan bir birlik mahsulotga toʻgʻri keladigan daromaddir, ya’ni:
AR
TR
Q
P Q Q
P
. (3)
Chekli daromad ( MR ) - bu qoʻshimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning oʻsgan qismi R(Q), ya’ni:
MR
R(Q)
Q
d( P Q)
Q
P Q P
Q . (4)
Demak, raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi oʻrtacha va chekli daromadlar chizigʻi bilan ifodalanadi.
Agar abssissa oʻqi boʻyicha mahsulot miqdori Q ni va ordinat oʻqi boʻyicha tovar narxini joylashtirsak, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik gorizontal oʻqqa nisbatan parallel chiziq bilan ifodalanadi va bu chiziq raqobatlashgan bozorda harakat qiluvchi firma mahsulotiga boʻlgan talab chizigʻini beradi (12.1-rasm).
Pnarx
P0 AR MR
P0
D (Talab chizigʻi)
Q Tovar miqdori
12.1-rasm. Raqobatlashgan bozordagi narx, oʻrtacha va chekli
Do'stlaringiz bilan baham: |