hisobvaraqning tartib raqami va BPK saqlovchisining familiyasi, ismi,
otasining
ismi (tashkilotning nomi) ;
BPKning amal qilish muddati.
BPKga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini olib borish uchun boshqa
qo’shimcha ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
BPKlardan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblar qog’ozda (slip,
elektron terminal kvitantsiyasi) yoki elektron shaklda (bankomat yoki terminalning
elektron hujjati) yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bunda mazkur
ma’lumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarga
etarli nusxalarda shakllantiriladi. Ma’lumotnomalar BPK orqali amalga oshirilgan
operatsiyalar to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.
Ma’lumotnomalarda BPK va BPK saqlovchilarning bankdagi hisobvaraqlari
rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, naqd pul berish punktlari va bankomatlarning
hisobvaraqlari rekvizitlari bo’lishi shart.
Elektron ma’lumotnomalar bank-ekvayerga, bank-emitentga yoki shartnomada
nazarda tutilgan protsessing markaziga yuboriladi.
BPKlar bo’yicha banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar:
elektron to’lovlar tizimi orqali umumiy asosda amalga
oshiriladi;
amaliyot kuni davomida o’zaro majburiyatlarni yakuniy hisob-kitobi va yakuniy
hisobkitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali hisobga o’tkazish
asosida hisob-kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markazi
orqali hisobkitoblarni amalga oshirish.
Amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha umumiy hisob-kitoblar elektron
to’lovlar tizimi orqali quyidagicha amalga oshiriladi:
a) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan
hisob-
kitoblarda:
bank tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar
asosida bank-ekvayer uning hisobvarag’iga tegishli mablag’larni o’tkazadi, bunda
avtomatik ravishda debet elektron memorial order shakllanadi va elektron to’lovlar
tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi; mijozning BPK hisobvarag’idagi mablag’lar
bank-emitent tomonidan debet elektron memorial order asosida dasturiy ravishda
hisobdan chiqariladi. Debet elektron memorial order ro’yxat ko’rinishida chop etilib,
bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
b) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilingan holda
amalga oshirilgan hisob-
kitoblarda:
bank tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar
asosida bank-ekvayerda avtomatik ravishda elektron xabarnoma shakllanadi hamda
o’tkazmalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun elektron to’lovlar tizimi
orqali bank-emitentga yuboriladi; bank-emitent elektron xabarnoma asosida
tranzaktsiyani avtorizatsiya qilib, mablag’larni elektron to’lovlar tizimi orqali tegishli
tashkilotlar hisobvarag’iga o’tkazish uchun bank-ekvayerga yuboradi hamda
mablag’larni BPK hisobvarag’idan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial
orderni dasturiy ravishda shakllantiradi; mablag’lar bank-ekvayer tomonidan bank-
57
emitentdan olingan elektron memorial order asosida tegishli tashkilotlarning
hisobvarag’iga o’tkaziladi va memorial order ro’yxat ko’rinishida chop etilib,
bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikiladi. Protsessing markazi orqali hisob-
kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi: amaliyot kuni davomida BPKlar bo’yicha
protsessing markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob
ishtirokchilari uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi; yakuniy
summalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob markazida
ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada nazarda tutilgan
muddatda o’tkaziladi; banklar tomonidan protsessing markazidan olingan
ma’lumotlar asosida mijozning BPK hisobvarag’iga mablag’lar o’tkaziladi yoki
hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: