O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “davlatiy moliya” kafedrasi kurs ishi



Download 352,04 Kb.
bet1/11
Sana30.12.2021
Hajmi352,04 Kb.
#191312
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Ozodbek MM-75i



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
DAVLATIY MOLIYA” KAFEDRASI

KURS ISHI
Mavzu: Mahalliy byudjet daromadlari manbaalarini mustahkamlash masalalari.
Bajardi: Moliya fakulteti, moliya yo’nalishi

4-kurs MM-75i talabasi

Sulaymonov Ozodbek O’tkirjon o’g’li

Ilmiy rahbar:




TOSHKENT - 2020

Reja:

Kirish


1. Mahalliy byudjetlarning iqtisodiy mohiyati va ularning byudjet tizimida tutgan o’rni.

2. Mahalliy byudjetlar daromadlari shakllanishi va xarajatlar yo’nalishi.

3.Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini mustahkamlash masalalari.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Hozirgi kunda eng muhim masalalardan biri bu - byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish, ularning iqtisodiy potensialidan foydalanish hamda mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini ta’minlash muammosidir.



Mamlakat soliq tizimidagi muammolar iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashning chuqurlashib borishiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich bartaraf etib borilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir”1.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet masalasi juda muhim va murakkab masala bo‘lib hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oila va shaxslarni yetarli darajada ijtimoiy himoya qilish, har bir hududdagi davlat hokimiyati organlarining moliyaviy masalalarini to‘g’ri hal qila bilishga bog’liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g’risida” gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash asosiy maqsadimizdir2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning hozirgi davrida hududlarni moliyaviy barqarorligini ta’minlashda mahalliy byudjetlarning ahamiyati yanada ortmoqdaki,ushbu maqsadda mahalliy byudjetlarni daromadlar bazasini mustahkamlash muhimahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet va ijtimoiy siyosatning uyg’unligini ta’minlash maqsadida moliya tizimining sohalarini, jumladan byudjet tizimini va ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan mahalliy byudjetlarni samarali boshqarish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu holat davlat ijtimoiy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosini ta’minlash, shuningdek hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldini olishni hamda mahalliy byudjetlar huquq va majburiyatlarning kengayib borishi sharoitida ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash uchun zamin yaratadi.


Download 352,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish