Ozbekiston Respulikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida 2019 yilni yurtimizda "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb elon qilindi



Download 30,77 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi30,77 Kb.
#703351
Bog'liq
kurs ishi Mahbuba


Kirish
Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida iqtisodiy rivojlanishni ragbatlantirish, xususiy mulkni himoya qilish, iqtisodiyotga xorijy investitsiyalarni jalb qilish va jozibadorligini oshirish, tadbirkorlikka qulay investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash istiqbolda amalga oshirilishi kozda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi.
2017 - 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yonalishida “makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragbatlantirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, xarajatlarning ijtimoiy yonaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining daromad qismini mustahkamlash va tegishli ragbatlantiruvchi choralarni kengaytirish” kabi chora-tadbirlar belgilangan
Xarakatlar strategiyaning bosh maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini taminlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Ozbekiston Respulikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida – 2019 yilni yurtimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb elon qilindi.
Harakatlar strategiyasi ijrosini taminlash, shuningdek Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, umumiy qiymati 16,9 trillion som va 8,1 milliard AQSH dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2017 - 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Davlat dasturiga muvofiq, iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida - makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash, soglom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy osish suratlarini saqlab qolish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish vazifalari belgilandi.
Mustaqilik yillarida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi darajasini oshirishning muhim omili bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo’yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida so’zlagan ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha ko’rilgan choratadbirlar natijasida o’tgan yili 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi, ularning umumiy soni esa 195-mingdan ziyodini tashkil etdi. Bu 2000 yilga nisbatan 2 barobar ko’pdir. Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga o’sdi”. 1 Yuqoridagi ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, ushbu soha mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda tobora salmoqli o’rin egallab bormoqda. Kichik va xususiy korxonalarnirig ijtimoiy-iqtisodiy o'sishini jadallashtirish muammolarini hal qi1ish iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy boshqaruvni tubdan qayta ko'rish asosida amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda xoja'lik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalarning ahamiyati ortadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar natijasida tadbirkorlik mehnat unumdorligining o'sishi, mehnat mazmunidagi chuqur o'zgarishlar, qo'l mehnati tarqalgan sohalarning sezilarli kamayishi va inson omiliga yangicha yondashuv masalalari bilan bog'liq bo’lgan mehnatga haq to’lash tizimini tadqiq etish, ayniqsa, muhimdir. Modernizasiyalashtirish jarayonini ishlab chiqarishga joriy qilish natijasida ishchi xodimlarning ilmiy va kasbiy tayyorgarligi, ularning mehnat va ijtimoiy faolligiga bo’lgan talablar keskin ortadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitda turli ukladligi korxonalarning raqobatga dosh berishi, korxonalarda personal mehnatni tashkil etish va haq to'lash tizimini takomillashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning muhim yo’nalishi sifatida mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsadlarni kichik va xususiy korxonalarda personallar mehnatini tashkil etish, uning samaradorligini oshirish kompleks tadqiq qilishning alohida dolzarbligini ifodalaydi. Mazkur tadqiqot ishi mavzusini tanlashga turtki bo’ldi. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda bandlikni ta’minlash, mehnatini tashkil etish va mehnat samaradorligi, mehnat resurslaridan foydalanish, mehnatni normallash, mehnatga haq to'lash tizimlari muammolarini o'rganishga: J.M.Kens, R.Lukas, A.Osvaid, X.Rozan, J.Rudebsh, F.Xayek kabi xorijiy yetakchi iqtisodchi olinllaming qator ilmiy ishlari bag'ishlangan. Ushbu masalalarni o'rganishga MDH davlatlari olimlaridan Kostikov G’., Sergiyeva T R, Shuxmen A.G., Vladimirova L.P., Volgin N.A., Kostin L.A., Ulinsev I.I., Maslova L.S lar munosib hissa qo'shganlar. Bu yo'nalishdagi muammolarni o'rganishga O'zbekistonlik olimlardan Abdurahmonov Q.X., Shodiyeva R.X., Ubaydillayeva R.A., Xolmo'minov Sh.R., Bozorov N.B., Xudoyberdiyev Z., Saidov K.S va boshqa olimlarning ilmiy ishlari bag'ishlangan. Bu ilmiy izlanishlar ishlab chiqish korxonalarida mehnatga haq to'lash tizimining yetarlicha yoritib berilgan. Bu muammolarning iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ahamiyatiiligi tadqiqot mavzusining dolzarbligi uning maqsadi asosiy vazifalari to'g'ri aniqlashga imkon yaratadi.

Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari.


Hukumat siyosatchilari biznes sikliga qanday munosabatda bo’lishlari lozim? Yuqorida keltirilgan ikkita fikr: birinchisi - Federal zahira tizimining sobiq raisining fikri, ikkinchisi - Federal zahira tizimi siyosatining mashhur tanqidchisining - bu savolga javoblar xilma xilligini namoyon etmoqda.
Ba’zi iqtisodchilar, William McChesney Martin kabi, nobarqarorlikni iqtisodiyotga xos bo’lgan xususiyat deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiyot doimo yalpi talab va yalpi taklif sohasida to’satdan shoklarga duch keladi deb ta’kidlaydilar. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yo’naltirilgan pul va byudjet-soliq siyosati o’tkazilmasa, bu shoklar ishlab chiqarish hajmlarida istalmagan va samarasiz tebranishlarga olib kelishi, ishsizlik va inflyatsiya muammolarini kuchaytirishi mumkin. Hammaga tanish bo’lgan fikrga ko’ra, makroiqtisodiy siyosat “shamolga qarshi yurishi”, ya’ni turg`unlik sharoitida iqtisodiyotni rag’batlantirib va “qizib ketganda” uning o’sishini sekinlashtirishi lozim. Milton Fridmanga o`xshagan boshqa iqtisodchilar iqtisodiyot tabiyatan barqaror deb hisoblashadi. Vaqti - vaqti bilan unda yuzaga keladigan kuchli va xatarli tebranishlar uchun javobgarlikni ular noto’g’ri iqtisodiy siyosat zimmasiga yuklaydilar. Ular iqtisodiyotni maqsadga yo’naltirilgan tadbirlar yordamida “nozik sozlash”ni ta’minlashga harakat qilish kerakmasligini isbotlaydilar. Aksincha, iqtisodiy siyosatchilar imkoniyatlari cheklanganligini hisobga olib, zarar yetkazishmaganidan xursand bo’lish kerakligini uqtiradilar O`n yillar mobaynida bu masala bo’yicha munozaralarga o’z nuqtai nazarlarini asoslash uchun turli dalillarni ilgari surgan ko’plab qatnashchilar jalb etildilar. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda iqtisodning tebranishlar nazariyasini qo’llash haqidagi masala bu munozaralar diqqat markazida bo’ldi. Usbu bobda ikkita munozarali masala muhokama qilimiz. Birinchisi: iqtisodiyotni barqarorlashtirishda monetar va fiskal siyosat faol rol o’ynashi kerakmi yoki ularning roli joriy davrdagi iqtisodiy tebranishlarga moslashishdan iborat bo’lishi lozimmi? Ikkinchisi: iqtisodiy siyosat muayyan yo’ldan chiqmaslikka harakat qilishi lozimmi yoki siyosat namoyandalari o’zlarining shaxsiy qarashlariga ko’ra iqtisodiy sharoitlar o’zgarishini tezlik bilan inobatga olishlari lozimmi? Federal hukumatning siyosatchilari iqtisodni barqarorlashtirishni o`zlarining asosiy majburiyatlaridan biri deb hisoblashadi. Makroiqtisodiy siyosatni tahlil qilish iqtisodiy maslahat kengashi, Kongriss budjet idorasi, Federal zahira tizimi va boshqa davlat tashkilotlarining xar kunlik majburiyatlariga kiradi. Oldingi boblarda ko`rganimizdek, monetar va fiskal siyosat jami talabga, va shu asnoda, inflyatsiya va ishsizlikka kuchli tasir qilishi mumkin. Qachonki Kengash yoki prezident fiskal siyosatda yoki Federal zahira tizimi monetar siyosatda katta o`zgarishlar amalga oshirishmoqchi bo`lsa, avvalambor, o’zgarishlarni muhokama qilishda ko’zda tutilayotgan chora-tadbirlar inflyatsiya va ishsizlikka qanday ta’sir ko’rsatishi hamda yalpi talabni oshirish yoki qisqartirish zarurligi haqidagi masala diqqat markazida bo’ladi. Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatlarini ishlab chiqish va o’tkazish hukumatning an’anaviy vazifalari bo’lishiga qaramay, uning barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga majburligi haqidagi fikr yuzaga kelganligiga unchalik ko’p bo’lmadi. Hukumat makroiqtisodiy vaziyat uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olganligining birinchi dalili 1946 yilda qabul qilingan bandlik to’g’risidagi Qonun bo’ldi. Unda “Federal hukumat to’liq bandlik va ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlashni ta’minlashag yo’naltirilgan siyosatni doimo o’tkazishga majbur”ligi haqida gapirilgan. Bu qonun qabul qilingan vaqtda Buyuk depressiya haqidagi o’y-hayollar hali yangi edi.
Masalani aktiv davlat siyosati foydasiga hal etish ko’plab iqtisodchilarga oddiy va tushunarli bo’lib ko’rinadi. Pasayish davrlari uchun ishsizlikning yuqori darajasi, daromadlar va aholi farovonligining past darajasi xosdir. Yalpi talab va yalpi taklif modeli qanday qilib to’satdan bo’ladigan shoklar iqtisodiy pasayishlarni yuzaga kelitirishini ko’rsatadi. U shuningdek, qanday qilib monetar va fiskal siyosat bunday shoklarga tezda ta’sir etib iqtisodiy pasayishlarni oldini olishi mumkinligini ko’rsatadi. Shuning uchun, bu iqtisodchilarning fikrlariga ko’ra iqtisodiyotni barqarorlashtirishning bunday vositalarini qo’llashdan voz kechish aqlsizlik bo’lar edi. Boshqa iqtisodchilar hukumatni iqtisodiyotni barqarorlashtirishga intilishlariga tanqidiy yondoshadilar. Bu tanqidchilar davlat makroiqtisodiy siyosatdan chetda turishi lozim deb hisoblaydilar.
1.1 Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari
1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpiyalpi ichki mahsulotningqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy barqarorligini ta’minlash; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiysiyosatini olib borish;
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish,
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish;
turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
1.2 Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi selektsiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonotzotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish.
4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish,
«Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi» degan tamoyilni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat,huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish,korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat,jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko’lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;

yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;


sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subventsiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
IQTISODIYOTNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY SIYOSAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING QOSHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish boyicha tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 —2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror, ijobiy osishini taminlamoqda.
Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni taminlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qollab-quvvatlash va ragbatlantirish boyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy ozgartirishlarni amalga oshirish, tovarlar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga otish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.
2.1 Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish
Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish, iqtisodiy salohiyatni kengaytirish boyicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligi va faoliyati samaradorligini kuchaytirish asosida aholi turmush darajasini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishlari boyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019 — 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yonalishlarining “Yol xaritasi” (keyingi orinlarda — “Islohotlar yol xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilsin:
makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish, samarali fiskal siyosatni yuritish, soliqqa tortish tizimi va soliq mamuriyatchiligini tubdan isloh qilish;
asosiy resurslarni taqsimlashda bozor tamoyillarini keng joriy qilish asosida respublikaning raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga otishi jarayonlarini tezlashtirish;
fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ularga davlat xizmatlarini korsatish tizimini mustahkamlash, aholining ijtimoiy komakka muhtoj qatlamlarini himoya qilish hajmlari va turlarini kopaytirish;
davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini yanada oshirish, xususiy sektorni rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarini qollab-quvvatlash;
tabiiy boyliklardan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muhit muhofazasini taminlash, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilish.
2. Quyidagilar:
2019 — 2021 yillarda Ozbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yonalishlarining “Yol xaritasi”ni amalga oshirishni taminlash boyicha Iqtisodiy kengash (keyingi orinlarda — Iqtisodiy kengash) 2-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiy kengash huzurida “Islohotlar yol xaritasi”dagi aniq chora-tadbirlarning eng muhim yonalishlarini ekspertizadan otkazuvchi, xorijiy mutaxassislardan iborat Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etilsin.
Iqtisodiy kengash (A. Aripov) Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda bir hafta muddatda “Islohotlar yol xaritasi”da nazarda tutilgan tarkibiy islohotlarning asosiy yonalishlari boyicha ekspert guruhlari tarkiblarini tasdiqlasin hamda ularni vazirlik va idoralarning masuliyatli, istiqbolli va yuksak kasbiy mahoratga ega yosh kadrlar bilan toldirsin.
3. Quyidagilar Iqtisodiy kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga tosqinlik qilayotgan muammolarni va xatarlarni tahlil qilish va aniqlash, tahlil natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda kelgusida amalgaoshiriladigan yangilanishlar yuzasidan takliflar tayyorlash;
“Islohotlar yol xaritasi”ning aniq yonalishlari boyicha strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar, “yol xaritalari” va boshqa hujjatlarning belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini taminlash hamda kompleks masalalarni puxta organgan holda hal etib borish;
Iqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi, uning azolari va jalb qilingan mutaxassislar faoliyatini tashkil etish, “Islohotlar yol xaritasi”da nazarda tutilgan eng muhim dasturlar va choratadbirlarni ekspertizadan otkazishni taminlash;
“Islohotlar yol xaritasi”ni ijro etish davomida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini idoraviy kolamda va keng jamoatchilik ishtirokida har tomonlama muhokama qilinishini taminlash;
mutasaddi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, “Islohotlar yol xaritasi”ning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishi va nazorat qilinishini tashkil etish, zarur hollarda belgilangan chora-tadbirlarning sozsiz bajarilishi uchun tezkor choralar korish;
xalqaro moliya institutlari, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik ornatish, shu maqsadlarda seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
4. Shunday tartib belgilansinki, unga kora:
masul idora “Islohotlar yol xaritasi”ga kiritilgan masalalar yuzasidan materiallar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oldindan, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan Iqtisodiy kengash Kotibiyatiga (keyingi orinlarda — Kotibiyat) taqdim etadi;
Kotibiyat Iqtisodiy kengash azolari va Xalqaro ekspertlar guruhi bilan birga materiallar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini organib chiqadi;
qayta ishlangan materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va jalb qilingan ekspertlar, shu jumladan Xalqaro ekspertlar guruhi azolarining xulosalari Iqtisodiy kengash yigilishida muhokama qilinadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi;
Iqtisodiy kengash “Islohotlar yol xaritasi”ga kiritilgan masalalar boyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, keng muhokama qilish, tasdiqlash va Ozbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyaga kiritishni taminlaydi.
5. Iqtisodiy kengash (A. Aripov) masul idoralar bilan birgalikda quyidagi loyihalarning tayyorlanishi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini taminlasin:
a) Strategiyalar:
davlat ulushiga ega bolgan korxonalarni isloh qilish boyicha — 2019 yil 1 iyungacha;
milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli Ozbekiston-2030) boyicha — 2019 yil 1 dekabrgacha;
talimni rivojlantirish boyicha — 2020 yil 1 martgacha;
suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish boyicha — 2020 yil 1 sentyabrgacha;
b) Konsepsiyalar:
Ozbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha — 2019 yil 1 aprelgacha;
qishloq xojaligini rivojlantirish boyicha — 2019 yil 1 oktyabrgacha;
monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini taminlash boyicha — 2019 yil 1 oktyabrgacha;
davlat pensiya tizimini isloh qilish boyicha — 2020 yil 1 yanvargacha;
moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish boyicha — 2020 yil 1 iyungacha;
v) “Yol xaritalari”:investitsion muhitni yaxshilash boyicha — 2019 yil 1 aprelgacha;
yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish boyicha — 2019 yil 1 noyabrgacha;
atrof-muhitni muhofaza qilish boyicha — 2020 yil 1 sentyabrgacha.
6. Belgilab qoyilsinki, Xalqaro ekspertlar guruhi azolari va boshqa jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish va ular mehnatiga haq tolash, Iqtisodiy kengashning faoliyati bilan bogliq boshqa xarajatlar Iqtisodiy kengash kotibiyati taqdimnomasiga kora Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Ozbekiston Respublikasi davlat byudjeti hamda jalb qilingan grantlar,
xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning texnik komaklari mablaglari hisobidan amalga oshiriladi.
7. Iqtisodiy kengash kotibi — Ozbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi orinbosari A.Ya. Xaydarovga quyidagilar uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:
“Islohotlar yol xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oz vaqtida va toliq amalga oshirilishini tizimli monitoring qilishni tashkillashtirish;
belgilangan tadbirlarning sozsiz bajarilishini taminlash maqsadida vazirlik va idoralarga komaklashish;
IqtisodiyIqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi, uning azolari va jalb qilingan xorijiy ekspertlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
har 15 kunda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga “Islohotlar yol xaritasi”ni amalga oshirish boyicha batafsil axborotni tegishli ilovalari bilan kiritib borish.
8. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, “Islohotlar yol xaritasi”ga kiritilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati va ularning amalga oshirilishi keng yoritilishini tashkil etsin.
(8-band Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi, 11.12.2019 y., 06/19/5892/4134-son)
9. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida ikki oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari — moliya vaziri J.A. Qochqorov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi orinbosarlari B.M. Mavlonov va G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
2.2 O‘zbekistonda iqtisodiy o’sishni ta’minlash omillari va natijalari
O‘zbekistonda iqtisodiy o’sishni ta’minlash omillari va natijalari Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng iqtisodiyotda o‘z mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra mutlaqo yangi mazmunga ega bo‘lgan jarayonlar yuzaga kela boshladi. Bu, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarning izchil amalga oshirilishi bilan bevosita bog‘liq edi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosiy ustuvor vazifa etib belgilab kelindi. Ma’lumki, iqtisodiy o‘sish mamlakatning YaIMda namoyon bo‘ladi va u davlatning iqtisodiy qudratiga baho beradi. Mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi iqtisodiy o‘sishni ta’minlash davrlarini 3 bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
1. 1991-1996 yillar: Ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish va iqtisodiy o‘sishga erishish.
2. 1997-2004 yillar: YaIMning aholi jon boshiga o‘sishiga erishish, inflatsiyani keskin pasaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.
3. 2005-2017 yillar: Davlat budjeti va joriy operatsiyalar hisobi ijobiy saldosini hamda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.
4. 2017 yildan hozirgacha bo‘lgan davr: Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish (otish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni togri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash).
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turardi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
Respublikamizda iqtisodiy o‘sish jarayonini ifodalashda biz respublikamiz YaIMini, uning rivojlanish dinamikasi, tuzilishi orqali ifoda etamiz.
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgan vaqtdan buyon mamlakat YaIMining hajmi xarid qilish qobiliyatining pariteti bo‘yicha qariyb 6 marta oshdi, shu bilan birga, so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotida Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning og‘ir bosqichi 1991-1995 yillari bo‘ldi. Bu davrda YaIM ning qisqarish, narxlar darajasining keskin o‘sishi ro‘y berdi.
Ammo olib borilgan pishiq-puxta makroiqtisodiy siyosat bu qiyinchiliklarni engib o‘tish va barqaror rivojlanish yo‘liga kirish imkonini berdi.
1996 yildan boshlab iqtisodiy pasayish to‘xtatilib iqtisodiy o‘sish ta’minlanmoqda. Aynan ana shu yil mamlakatimiz iqtisodiyoti ilk o‘sish ko‘rsatkichini qayd etdi.
Bu jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalovchi pirovard ijobiy natija bo‘ldi.
2.3 Keyingi yillarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash
Keyingi yillarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini va ahamiyatini oshirish, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish omillaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan keng qamrovli iqtisodiy siyosatni olib borilishi natijasida iqtisodiy o‘sish ta’minlandi, xususan, iqtisodiy o‘sishni ifodalovchi qator ko‘rsatkichlar ijobiy o‘zgara boshladi. Buning natijasida 1996-2003 yillarda mamlakatimiz YAIMning barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlandi.
SHu yillar mobaynida mamlakatda yirik ishlab chiqarish korxonalari (Andijondagi Asaka avtomobil zavodi, Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa) ishga tushishi natijasida mamlakatimizning YAIM ning o‘sishi ta’minlandi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2000-2003 yillar davomida yiliga 3,8–4,2 foiz o‘sish darajasida o‘rtacha sur’atlar bilan rivojlandi. Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan e’tiboran yiliga 7–9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish qila boshladi.
Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan murakkab vaziyat va dunyo bozorlarida yuzaga kelgan noqulay kon’yunkturaga qaramasdan, mamlakatimiz iqtisodiyoti so‘nggi yillarda ham yuqori sur’atlarda o‘sishda davom etdi. Xususan, 2015 yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2014 yilga nisbatan 7,4 foizni, 2016 yil yakuni 2015 yilga nisbatan 6,1 foizni, 2017 yil yakuni 2016 yilga nisbatan 4,5 foizni, 2018 yil yakuni 2017 yilga nisbatan 5,1 foizni tashkil etdi. Mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishi barcha mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga ta’minlanmoqda.
Xususan:
– xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish borasida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
– sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali va zamonaviy ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, ushbu sohada keng qamrovli investitsion dasturlarning izchillik bilan amalga oshirilishi;
– iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tubdan oshirish, bunda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamining yanada kengaytirilishi;
– banklarning kapitallashuvi, likvidligi va resurs bazasini yanada mustahkamlash hamda ularning investitsion faolligini yanada oshirishga qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
– ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishiga zamin yaratmoqda.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI


IQTISODIYOTNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY SIYOSAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror, ijobiy o‘sishini ta’minlamoqda.
Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovarlar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish, iqtisodiy salohiyatni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligi va faoliyati samaradorligini kuchaytirish asosida aholi turmush darajasini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Islohotlar yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilsin:
makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish, samarali fiskal siyosatni yuritish, soliqqa tortish tizimi va soliq ma’muriyatchiligini tubdan isloh qilish;
asosiy resurslarni taqsimlashda bozor tamoyillarini keng joriy qilish asosida respublikaning raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tishi jarayonlarini tezlashtirish;
fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ularga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini mustahkamlash, aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini himoya qilish hajmlari va turlarini ko‘paytirish;
davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini yanada oshirish, xususiy sektorni rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;
tabiiy boyliklardan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilish.
2. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy kengash (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiy kengash) 2-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiy kengash huzurida “Islohotlar yo‘l xaritasi”dagi aniq chora-tadbirlarning eng muhim yo‘nalishlarini ekspertizadan o‘tkazuvchi, xorijiy mutaxassislardan iborat Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etilsin.
Iqtisodiy kengash (A. Aripov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda bir hafta muddatda “Islohotlar yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tarkibiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert guruhlari tarkiblarini tasdiqlasin hamda ularni vazirlik va idoralarning mas’uliyatli, istiqbolli va yuksak kasbiy mahoratga ega yosh kadrlar bilan to‘ldirsin.
3. Quyidagilar Iqtisodiy kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni va xatarlarni tahlil qilish va aniqlash, tahlil natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda kelgusida amalga oshiriladigan yangilanishlar yuzasidan takliflar tayyorlash;
“Islohotlar yo‘l xaritasi”ning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarning belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini ta’minlash hamda kompleks masalalarni puxta o‘rgangan holda hal etib borish;
Iqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi, uning a’zolari va jalb qilingan mutaxassislar faoliyatini tashkil etish, “Islohotlar yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan eng muhim dasturlar va chora-tadbirlarni ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash;
“Islohotlar yo‘l xaritasi”ni ijro etish davomida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini idoraviy ko‘lamda va keng jamoatchilik ishtirokida har tomonlama muhokama qilinishini ta’minlash;
mutasaddi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, “Islohotlar yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishi va nazorat qilinishini tashkil etish, zarur hollarda belgilangan chora-tadbirlarning so‘zsiz bajarilishi uchun tezkor choralar ko‘rish;
xalqaro moliya institutlari, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, shu maqsadlarda seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
4. Shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:
mas’ul idora “Islohotlar yo‘l xaritasi”ga kiritilgan masalalar yuzasidan materiallar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oldindan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan Iqtisodiy kengash Kotibiyatiga (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) taqdim etadi;
Kotibiyat Iqtisodiy kengash a’zolari va Xalqaro ekspertlar guruhi bilan birga materiallar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘rganib chiqadi;
qayta ishlangan materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va jalb qilingan ekspertlar, shu jumladan Xalqaro ekspertlar guruhi a’zolarining xulosalari Iqtisodiy kengash yig‘ilishida muhokama qilinadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi;
Iqtisodiy kengash “Islohotlar yo‘l xaritasi”ga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, keng muhokama qilish, tasdiqlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga kiritishni ta’minlaydi.
5. Iqtisodiy kengash (A. Aripov) mas’ul idoralar bilan birgalikda quyidagi loyihalarning tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin:
a) Strategiyalar:
davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish bo‘yicha — 2019-yil 1-iyungacha;
milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli O‘zbekiston-2030) bo‘yicha — 2019-yil 1-dekabrgacha;
ta’limni rivojlantirish bo‘yicha — 2020-yil 1-martgacha;
suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish bo‘yicha — 2020-yil 1-sentabrgacha;
b) Konsepsiyalar:
O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha — 2019-yil 1-aprelgacha;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha — 2019-yil 1-oktabrgacha;
monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha — 2019-yil 1-oktabrgacha;
davlat pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha — 2020-yil 1-yanvargacha;
moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish bo‘yicha — 2020-yil 1-iyungacha;
v) “Yo‘l xaritalari”:
investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha — 2019-yil 1-aprelgacha;
yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish bo‘yicha — 2019-yil 1-noyabrgacha;
atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha — 2020-yil 1-sentabrgacha.
6. Belgilab qo‘yilsinki, Xalqaro ekspertlar guruhi a’zolari va boshqa jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish va ular mehnatiga haq to‘lash, Iqtisodiy kengashning faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlar Iqtisodiy kengash kotibiyati taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti hamda jalb qilingan grantlar, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning texnik ko‘maklari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
7. Iqtisodiy kengash kotibi — O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Y. Xaydarovga quyidagilar uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:
“Islohotlar yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini tizimli monitoring qilishni tashkillashtirish;
belgilangan tadbirlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralarga ko‘maklashish;
Iqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi, uning a’zolari va jalb qilingan xorijiy ekspertlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
har 15 kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga “Islohotlar yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha batafsil axborotni tegishli ilovalari bilan kiritib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, “Islohotlar yo‘l xaritasi”ga kiritilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati va ularning amalga oshirilishi keng yoritilishini tashkil etsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosarlari B.M. Mavlonov va G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHGA OID DAVLAT SIYOSATINI TUBDAN YANGILASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor mexanizmlarini keng joriy qilish tamoyillariga asoslangan islohotlarning yangi bosqichida davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish va xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi ishlarning natijadorligini oshirish bugungi kunda iqtisodiyotni boshqarishning aniq, shaffof va natijaga yo‘naltirilgan mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan kambag‘allikni qisqartirish vazifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish o‘rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog‘liqdir.
Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish va rivojlanishiga aloqador vazirlik va idoralar faoliyati uyg‘unligini ta’minlashni, mavjud muammo va to‘siqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va inklyuziv institutsional tizimni joriy etishni talab etadi. Xususan:
birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish maqsadlari va tarkibiy islohotlar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash, shuningdek, tashqi va ichki omillar ta’sirida yuzaga keladigan iqtisodiy sikllarni boshqarishning zamonaviy prognozlashtirish modellariga asoslangan samarali tizimi va mexanizmlarini joriy etish jarayoni kechikmoqda;
ikkinchidan, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yaxlit tizim va muvofiqlashtiruvchi davlat organi, me’yoriy-huquqiy baza, mezonlar va baholash uslubiyotining mavjud emasligi, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish vazifalarining aniq ajratib olinmaganligi sababli tegishli aholi guruhlari bilan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi past darajada qolmoqda;
uchinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha aniq yondashuv va tamoyillar to‘liq shakllantirilmagan, iqtisodiyotning hududiy va tarmoq rivojlanishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ta’minlanmasdan hamda hududlarni rivojlantirishdagi mavjud salohiyat va “nisbiy ustunlik” mezonlaridan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda inson kapitali va demografik omillar inobatga olinmasdan qolmoqda;
to‘rtinchidan, mamlakatda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning aniq yondashuvlarini belgilab olish, tadbirkorlikni moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning maqsadga yo‘naltirilgan, ayniqsa, aholini tadbirkorlikka o‘qitish va kasbga o‘rgatish ishlarini tizimlashtirish, shu jumladan barcha dasturlar hisobidan ajratilayotgan mablag‘larning sarflanish samaradorligini baholash ishlarini tashkil etishda kamchiliklar kuzatilmoqda;
beshinchidan, mamlakat sanoatini rivojlantirishning fundamental drayverlari hisoblangan sohalarda mehnat unumdorligini oshirish, sohaning raqobatbardoshligini kuchaytirish bo‘yicha aniq mexanizm va dastaklarga asoslangan yagona industrial siyosat va strategiya ishlab chiqilmagan, shuningdek, mazkur jarayonda texnik reglamentlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangilash va samarali foydalanish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.
Samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul davlat siyosatini amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) etib qayta tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritish sohasida:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozormexanizmlarini joriy etish, iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog‘liq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
iqtisodiyotning real sektoridagi holatni oldindan baholash indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish;
inson kapitalini rivojlantirish va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yo‘nalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qo‘llab-quvvatlash, eksport va importda tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilgan tadbirlar va islohotlarning mehnat unumdorligi, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmlarining o‘sishiga, ish o‘rinlari yaratilishiga ta’sirini baholash va tegishli takliflar ishlab chiqish;
b) kambag‘allikni qisqartirish borasida:
iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish;
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste’mol savatini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida o‘zaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
v) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunliklarini” inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasidagi loyihalarni o‘z muddatida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlararo rivojlanishning tabaqalashuvini qisqartirish choralarini ko‘rish;
hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish yuzasidan uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish, ularni rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
g) mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
mamlakatda kichik va o‘rta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdakichik va o‘rta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarni hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental to‘siq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kichik va o‘rta biznes subyektlari toifasiga oid mezonlarni belgilovchi, shuningdek, ularning huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, kreditlashning mavjud mexanizmlari va qo‘llab-quvvatlash vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yo‘nalish va loyihalarni amalga oshirish;
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish;
d) sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish — yagona industrial siyosatni yuritish borasida:
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan bozor mexanizmlari asosida uzluksiz ta’minlashga qaratilgan strategiya va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
asosiy sanoat tarmoqlari va yirik korxonalarni isloh qilish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
sanoat tarmoqlarining rivojlanish darajasini monitoring qilib borishda xalqaro tajribada keng qo‘llaniladigan asosiy indikatorlarni aniqlash, “yashil iqtisodiyot” hamda energiyasamaradorlikning asosiy prinsiplari va usullarini amaliyotga joriy etish va monitoring qilish uslubiyatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, hajmlari, ichki bozor talabining qondirilish darajasi bo‘yicha hamda ichki va tashqi bozorlarda muhim sanoat mahsulotlari narxlarining o‘zgarish tendensiyalari bo‘yicha tahlillar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish;
e) davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish borasida:
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish maqsadlaridan kelib chiqib hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siri nuqtai nazaridan samaradorligi past bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korxonalarni isloh qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish orqali yaxlit davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish;
davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish, xususan ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning erkin va raqobatbardosh bozorini shakllantirish bilan bog‘liq tarkibiy islohotlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud strategik tarmoq va korxonalarda mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini kamaytirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qo‘llanilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
j) davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasida:
barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish uchun ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratishga qaratilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish, ish joylarini tashkil etish va hududlarni barqaror rivojlantirishni ta’minlovchi infratuzilmaning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Davlat investitsiya dasturini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Davlat investitsiya dasturining asosiy yo‘nalishi va loyihalari bo‘yicha tegishli ichki va tashqi manbalarni shakllantirish uchun buyurtmalarni berish;
Davlat investitsiya dasturini makroiqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish hamda bu borada shakllantirilgan xulosalardan kelib chiqib, investitsiya yo‘nalishlarini belgilash;
davlat investitsiya siyosatining umumiy investitsiyaviy faollikka, shu jumladan xususiy va xorijiy to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar oqimiga ta’sirini tahlil qilish, prognozlash hamda bu borada tegishli takliflarni shakllantirish;
z) infrastrukturani rivojlantirish va urbanizatsiya siyosatini yuritishda:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori va shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni ta’minlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
(1-band “z” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya ko‘lamlarini belgilash — mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yo‘ldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan hududlar kesimida takliflar tayyorlash;
yangi barpo etiladigan yo‘ldosh shaharlar aholisining yashash sharoiti darajasini yanada oshirish hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishning moliyalashtirish manbalarini aniqlash va muvofiqlashtirish;
ilg‘or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalari mavjud yo‘ldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
uy-joy qurilish bozorini ipoteka kreditlari orqali rivojlantirish hamda mavjud uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda renovatsiya tizimini takomillashtirish va dasturlar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishini muvofiqlashtirish;
(1-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
i) biznes muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglar masalalari bo‘yicha:
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali biznes faoliyati sohasidagi asossiz majburiyatlar, taqiqlar va cheklovlarni olib tashlash, joriy tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish hamda sohada amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga ta’sirini baholash;
“O‘zstandart” agentligi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari o‘z biznes faoliyatlarini erkin amalga oshirishlarida to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan texnik reglament va talablarni o‘rnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaxshilash, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
xalqaro iqtisodiy reytinglar bilan ishlashda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda reytinglarni har bir tarkibiy indikatori kesimida mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlarni tuzish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
k) jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish sohasida:
mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasidan, shu jumladan o‘rta va uzoq muddatli tashqi iqtisodiy muvozanatligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
iqtisodiy sohada turli integratsiya birlashmalari (MDH, EOII va boshqalar) bilan, respublika hududlari xorijiy davlatlar hududlari bilan, shu jumladan chegaraoldi hamkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga ta’sirini keng qamrovli tahlil qilish va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
vakolatlar doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ifodalash, belgilangan tartibda va xalqaro huquq bitimlariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik bitimlarini tuzish.
Belgilansinki, vazirlik o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning ustuvorligi va bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqadi, shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha xalqaro ekspert-maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
l) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish sohasida:
Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;
xususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar tayyorlash.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan “l” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
2. Vazirlik tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar:
2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini;
2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirish strategiyasini;
Kambag‘allikni kamaytirish dasturini;
Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilayotgan sinov natijalariga asoslanib, 2021-yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida minimal iste’mol savati va yashash minimumi joriy etilishi yuzasidan tegishli qaror loyihasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha barcha o‘rta va uzoq muddatli konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar vazirlik bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi;
qabul qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qarorlar vazirlik tomonidan kambag‘allik darajasiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkaziladi;
raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish, texnik reglamentlarni o‘rnatish, yer munosabatlarini tartibga solish, geologiya ishlari, davlat aktivlarini boshqarish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha choralar va siyosatlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlashda vazirlik ishtirok etadi.
Vazirlik belgilangan vazifalar ijrosini samarali amalga oshirish maqsadida bevosita xalqaro moliya tashkilotlaridan grant mablag‘larini va chet ellik yuqori malakali ekspertlarni muntazam jalb qilish huquqiga ega.
4. Vazirlik hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari, shahar va tumanlar hokimliklari kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi navbatdagi amaliy ishlarni jadallashtirish yuzasidan bir oy muddatda:
mahallalarda har bir xonadon va oilalarning turmush sharoiti va ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan qatlamini o‘rganish asosida dastlabki ro‘yxatni hamda mahallalar pasportlarini shakllantirsin;
aholining ushbu qatlamini bevosita moddiy va nomoddiy yordam ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan yoki kasbga o‘qitish va tadbirkorlikka o‘rgatish orqali daromadini oshirish mumkin bo‘lgan guruhlarga ajratib olish orqali, shuningdek, zarur manbalarni aniqlash va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilishini boshlasin.
5. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
6. Vazirlik:
a) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar “O‘zshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar Osiyo taraqqiyot bankining 100 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larini jalb qilish orqali “O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasining amalga oshirilishini tashkil etsin.
7. Belgilansinki:
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish strategiyalaridan, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifalaridan kelib chiqqan holda vazirlik ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirish uchun uch yil muddatga investitsiyalar hajmi prognozlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun budjet mablag‘larining va davlat tashqi qarzining limitini vazirlikka taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ijtimoiy soha, infratuzilma va ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining mablag‘lari hamda xorijiy hamkorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etadi;
Davlat investitsiya dasturi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan vazirlik hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda shakllantiriladi;
respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalariga yuklanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi vazirlik bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar mavjud dasturlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, qayta ko‘rib chiqsin hamda ushbu dasturlarni 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilayotgan umummilliy rivojlanishning maqsadli parametrlariga muvofiqligini ta’minlasin.
9. Kambag‘allik darajasini qisqartirish borasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan 2020-yilda vazirlikka 100,0 mlrd so‘m ajratilsin.
Kambag‘allikni kamaytirish dasturida belgilanadigan vazifalarning amalga oshirilishini hamda ushbu yo‘nalishdagi dasturlarning moliyalashtirilishini ta’minlash uchun 2021-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda alohida qatorda tegishli mablag‘lar ko‘zda tutiladi.
10. Vazirlik huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) etib qayta tashkil etilsin.
Vazirlik 2020-yil 1-mayga qadar Agentlikning faoliyatini uning barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda bo‘linmalarini tashkil etishni inobatga olgan holda tegishli hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi tugatilsin hamda uning funksiya va vazifalari vazirlikka o‘tkazilsin.
Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini yuritish yuridik shaxs tashkil etmagan holda vazirlikka yuklatilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi va uning hududiy filiallari vazirlikka o‘tkazilsin hamda ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oliy maktab faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:
Oliy maktab korporativ boshqaruv va tadbirkorlik sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, uning Nukus shahri hamda barcha viloyatlar markazlarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan hududiy filiallari tuziladi;
biznesni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishlarida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiyotiga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida mutaxassislarni tayyorlaydi;
joylarda aholining keng qatlamini biznes yuritish va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda bu sohada malakali trenerlarni tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2020 — 2022 o‘quv yillari uchun xorijda ta’lim oluvchi nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda “iqtisodiy rivojlanish” va “makroiqtisodiy siyosat” yo‘nalishlarida zamonaviy bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadlarida vazirlik bilan birgalikda yosh mutaxassis va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini xorijga ta’lim olish va malaka oshirishga jo‘natish uchun amaliy choralar ko‘rsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
14. Vazirlik Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, davlat zaxiralarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, strategik va safarbarlik zaxirasi tovarlar nomenklaturasi va hajmlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, mahsulotlar narxi keskin o‘zgarishining oldini oluvchi bozor tamoyillariga asoslangan ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martga qadar:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan huquqiy eksperiment muddatini uzaytirish;
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarni xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning kuchga kirishmuddatini uzaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda vazirlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
18. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda:
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5621-son Farmonida:
2-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilaridagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshlaridagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” va “2019-yil 1-iyunga qadar” so‘zlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” va “2020-yil 1-oktabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5623-son Farmonida:
a) 3-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
“a” kichik bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin, uning” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 11-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) ilovaning 4, 15, 20, 22-23 pozitsiyalari “mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” PF-5953-son Farmonida:
a) 12-bandning birinchi xatboshisidagi “avgustga” so‘zi “oktyabrga” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 189-pozitsiyasida:
“Bajarish muddati” ustunidagi “avgust” so‘zi “oktyabr” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Iqtisodiyot va sanoat” so‘zlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari


Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.

Xulosa
Xulosa qilib shuni nazarda turishini kerakki Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash yo'llari juda ko'plab bo'lib ulardaulardan eng samaralisini va muqobilini tanlab olish eng ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Bu yo'nalishda O'zbekistonda qator ishlar olib borilmoqda bunga misol sifatida O'zbekiston Respulikasi Prizidentining O'zbekistonni yanada rivojlantirish harakatlar strategiyasi yorqin misol bo’ladi oladi. Buni amalga oshirishda beshta ustuvor yo’nalishda ishlar amalga oshirishi ko'zda tutilgan bularning archasi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barqaror iqtisodiy o'sishni ta’minlashga qaratilgan. Yana shuni takidlash kerakki xususiylashtirish siyosati ham bosqichma-bosqich olib borilmoqda.


Kichik biznes sohasida mehnatning xarakteriga ko’ra, mehnat jarayonida qo’l mehnatini kamaytirish uni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish darajasi bilan belgilanadi. Sohada mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi umumiy mehnat sarfida moddiylashgan mehnatning hissasi tobora ko’proq qismini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi o’sib borgan sari jonli mexnatning o’sishi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi va xizmat ko’rsatish samaradorligi oshishining muhim omili hisoblanadi. Bizningcha, tadbirkorlik faoliyati sohasida mehnatni tashkil etishda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat harajatlari bilan birga uning tuzilishiniham hisobga olish zarur. . Tadbirkorlikni har tomonlama yuritish uchun to’sqinlik qilayotgan omillardan eng asosiysi moliyaviy omildir. So’ralgan tadbirkorlarning ko’pchiligi buning uchun yetarli moliyaviy manbaga ega emasligini qayd etishdi. O’z biznesini boshlamoqchi bo’lgan tadbtrkor uchun ma’lum miqdorida mablag’ kerak bo’ladi. Demak, tadbirkorlikni rivojlantirishda mikromoliyaviy institutlarning rolini oshirish talab etiladi. . Hozirgi paytda mavjud ish bilan bandlikning tarmoq tuzilishi sohada mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan o’zgartirishga muhtojdir. Shuning uchun bandlikka ko’maklashish markazlari hokimiyat organlari bilan birgalikda oilaviy biznes sohasida yangi ish o’rinlarini yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash maqsadida faol dasturlarni ishlab chiqarish va amalga oshirishlari zarur. . Aholi ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlikni barcha sohalarini rivojlantirish, asosiy e’tiborni kichik biznes va xususiy korxonalarni rivojlantirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish imkoniyatlari yaratiladi. Iqtisodiy rivojlanish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mehnatni to’g’ri tashkil etish va mehnatini samaradorlik darajasini oshishiga qarab ularga to’lanadigan mehnat haq, ya’ni mehnatga qarab taqsimlash yildan-yilga tobora obyektivlashtiriladi. Bu esa, ish haqi fondi ishlatilishini chuqurlashtirishga va tahlil etishga hamda ishchilarning mehnat natijalariga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Ish haqi korxona personallarning asosiy daromad manbai sifatida istiqbolda ham unumdorlikni oshirishning qudratli rag’batlantiruvchi kuchi bo’lib qolaveradi. Korxona mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang’ich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning texnologik jarayonlar, mashina va asbobuskunalarning o’ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizasiyalash, sexlar uchastkalar, ish o’rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. Ishchilar mehnatining murakkabiligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga qo’yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi: xodim kasb ixtisosini kengligi hamda kasblarni vaqtincha bajarib turish va mehnat faoliyatini o’zgartirish imkoniyatlaridir. Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatga yengib chiqishning asosiy omillaridan biri makroiqtisodiyotga taaluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlarning ayrim ijrochilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishga, ya’ni ularning malakasiga, tajribasiga va zukkoligiga yarasha ish bilan bad-barobar ta’min etilishiga bog’liqdir.
Download 30,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish