O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’l yozma huquqida


 Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xizmat ko’rsatish



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/75
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#141499
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar faoliyatini bank xizmatlari orqali ragbatlantirish

 
3.3. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xizmat ko’rsatish 
korxonalari moliyasini samarali tashkil etish mexanizmini takomillashtirish 
yo’llari 
 
Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasini samarali tashkil etishning amaliy 
ahamiyati xizmat ko’rsatuvchi sub’ektlar moliyaviy barqarorligini oshirishga oid 
me’yoriy 
hujjatlarni 
takomllashtirishda, 
uni 
oshirish 
bo’yicha 
ichki 


108 
imkoniyatlarni axtarib topish borasida zarur chora-tadbirlarni belgilashda amaliy 
tavsiyalarni ishlab chiqish mumkinligi bilan baholanadi.  
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridagi bugungi holat bilan yaqindan 
tanishish, tizim faoliyatining moliyaviy samaradorligini oshirishga halaqit 
berayotgan kamchiliklarga oqilona yechim topish, jamoatchilik bilan 
hamkorlikda sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish dolzarb masala 
ekanligi e’tiborli holatdir. 
Ma’lumki, 2006-yilda yangi taxrirda kabul qilingan “Xususiy uy-joy mulk-
dorlari shirkatlari to’g’risida”gi Qonunga ko’ra, ko’p qavatli uylardagi xonadon 
egalarining umumiy ulushli mulkdagi o’z hissasiga muvofiq uning saqlanishi 
bo’yicha harajatlarda qatnashishi, turar-joy va noturar-joy  mulkdorlari 
tomonidan  umumiy  mol-mulkdan foydalanish, uni birgalikda boshkarish va 
ta’mirlash soxdsidagi munosabatlar tartibga solingan edi. 
Magistrlik dissertatsiya ishimizda keltirib o’tilgan ma’lumotlarga 
tayanadigan bo’lsak, respublikamizda ayni paytda 29391 ta  ko’p qavatli uylar 
mavjud bo’lib, ularga 4753 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat 
ko’rsatmoqda. Tabiiyki, bu uylarning kariyb uchdan bir qismi poytaxtda 
joylashgan  va ularga  xizmat  ko’rsatish uchun 2375 ta  shirkat faoliyat olib 
bormoqda.  Lekin  ana  shunday  natijalarga  qaramay,  ayrim  shirkatlarning 
moliyaviy holati talab darajasida emasligi e’tiborga molik.  
Hozirgi kunda,  respublikamizda  shirkatlarga  tegishli  uylar  atrofidagi  yer 
maydonlari  haligacha  tuman  yoki  shahar  hokimlari  qarori  bilan  shirkatlar 
ixtiyoriga  o’tkazilmagan.  Vaholanki,  qonunning  35-moddasida  aynan  ana  shu 
talab aniq belgilab ko’yilgan.  
Mavjud ahvolni o’nglash uchun mutasaddi idoralar qanday chora-tadbirlar 
ko’rmokdalar?  Ularning samarali faoliyat  olib borishlariga xalaqit qilayotgan 
omillar nimalardan iborat? Balki  amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlarga 
o’zgartirish hamda ko’shimchalar kiritish zarurdir? 
Amaldagi  qonundan  uy-joy mulkorlari shirkati uyushmaga ixtiyoriy 
ravishda  ko’shiladi,  degan jumla chikarib tashlanishi maqsadga  muvofikdir. 


109 
Agar uyushma uy-joy mulkdorlari manfaatini ximoya kila olsa va ularga yordam 
ko’rsatish  yuzasidan e’tiborga molik ishlarni amalga oshirsa, shirkatlar o’z-
o’zidan  uyushmaga a’zo  bo’lishlari  mumkin. Mabodo kaysidir shirkat mazkur 
tuzilmaga  ko’shilishni  istamayotgan ekan, buning sabablarini uyushma 
faoliyatidagi kamchiliklardan axtarish lozim. 
Uy-joy mulkdorlari shirkati  boshqaruviga  hamda  moliyaviy  xo’jalik 
faoliyatiga  buxgalteriya  sohasida  ko’p  yillar  mehnat  faoliyatini  olib  brogan, 
katta xayotiy tajribaga ega bo’lgan  va  aholi  hurmatiga sazovor bo’lgan 
insonlarni tavsiya qilish maqsadga  muvofiq  ekanini  ham  ta’kidlash  mumkin. 
Biroq bunday kishilar pensiya yoshida bo’lib, ularga nafaka pulidan ajralmagan 
hodda  oylik maoshi olish imkoniyati yaratib berilsa, shaxsiy manfaatini 
ko’zlaydigan ayrim “uchar”larning shirkatlarga rahbar bo’lib qolishi va umumiy 
mol-mulkni talon-taroj qilish holatlari o’z-o’zidan barkam topishi aniq. 
Albatta, davlat va jamoat ishlarida uzok yillar halol mehnat kilib, nafaqaga 
chikkan kishilarni to’lik  oylik maoshi to’lash  sharti bilan shirkat raisligiga 
hamda  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatini  boshqarishga  tavsiya etish masalasining 
yuqorida  keltirib  o’tilgan  qonunga alokasi yo’q.  Lekin uning dolzarb ekanini 
inobatga olgan holda  bu muammoni boshka konunlarni qayta ko’rib chiqish 
orqali hal etish lozimligini kun tartibiga qo’yilishi muhim sanaladi. 
Shunday ekan, ko’p qavatli uy-joylarda istiqomad qiluvchi aholiga xizmat 
ko’rsatuvchi  xususiy  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlari  moliyaviy  faoliyatidagi 
kamchiliklarni bartaraf etish va xukuqiy munosabatlarni tartibni solishni sifat 
jihatdan yangi bosqichga ko’tarish maksadida “Xususiy uy-joy mulkdorlari 
shirkatlari  to’g’risida”gi  qonunni  yanada takomillashtirish lozim, degan 
to’xtamga kelish ushbu faoliyat samaradorligiga katta turtki berishi aniq. 
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish