III bob bo’yicha xulosa
Bugungi kunda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va aholining bandlik masalasini hal qilish kabi muhim
tadbirlaridan biri xizmat ko’rsatish va servis sohasi muhim o’rin egallaydi.
110
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012–2016-yillarda
mamlakatda “Xizmat ko’rsatish va servis sohalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risda”gi Qarori ijrosi bugungi kunda eng tez fursatlarda amalga
oshirib kelinayotgan ustuvor vazifalardan biri bo’lib kelmoqda. Bunga sabab
mamlakat iqtisodiyotining YIMida ushbu sohaning o’rni juda katta ahamiyat
kasb etadi.
Bob xulosasiga to’xtaladigan bo’lsak, xizmat ko’rsatish sohasini
rivojlantirishda to’siq bo’layotgan muammolardan biri faoliyatni kredit
munosabatlari asosida moliyalash masalalarida yuzaga kelayotgan muammolar
tashkil etmoqda. Bu muammolar nimalardan iborat ekanligini aniqlashda kredit
samaradorligining mazmun-mohiyati jihatidan jamiyatning ayni paytdagi va
kelajakdagi ehtiyojini qondiruvchi umuminsiniy faoliyat uzviyligini ta’minlab,
iqtisodiy o’sishga zamin yaratuvchi vosita sifatida vaqtincha o’z egalari qo’lida
bo’sh turgan pul mablag’larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq
to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish sharti bilan qaytarib berish
yuzasidan kelib chiqqan munosabat obyektining ishtirokchilar faoliyatida
unumli foydalanilib, jamiyat taraqqiyoti uchun qo’shimcha qiymat yaratib,
pirovard natijada muvaffaqiyatli yakunlanishidir. Umuminsoniy faoliyat va
uning shaxsiy insoniy omiliga xizmat ko’rsatish sohasi faoliyatini
rivojlantirishda kreditlarning rolini oshirish va ular samaradorligini ta’minlashga
qaratilgan ilmiy asoslangan mukammal amaliy takliflarni ishlab chiqish,
kreditlash jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarning tub mohiyatini
o’rganib chiqish talab qilinadi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moliyaviy
faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha aniq ma’lumotlarga asoslangan hamda
moliyaviy faoliyatini samarali tashkil etilishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili
yuzasidan iqtisodiy-matematik modelini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb
etadi. Xizmat ko’rsatish korxonlari moliyaviy holatini tahlil qiladigan bo’lsak,
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliaytini yanada samarali tashkil qilish
borasida yuqoridagi bobda keltirilgan bir necha muammolar to’sqinlik
qilmoqda. Nima sababdan bunday holatlar sodir bo’lmoqda degan savol paydo
bo’lishi tabiiy. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-mayda qabul qilingan
“Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavini hamda xususiy
111
uy-joy mulkdorlari shirkati bilan ko’p kvartirali uydagi turar-joyga
mo’ljallanmagan bino mulkdori o’rtasidagi namunaviy shartnomani tasdiqlash
to’g’risida”gi Qarori asosida tasdiqlangan “Xususiy uy-joy mulkdorlari
shirkatining namunaviy ustavi”ga ko’ra yuridik va jismoniy shaxslar bilan
tanlov asosida va qonun hujjatlariga muvofiq, shirkatning umumiy maydoni, yer
uchastkasi va mulkini boshqarish, unga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash,
shuningdek kommunal va boshqa xizmatlar ko’rsatish bo’yicha shartnomalar
tuzish vakolati belgilangan. Bunday shartnomalar aksariyat hollarda tuziladi
ham. Biroq taraflarning o’zlariga yuklatilgan vazifani lozim darajada
bajarmasligi oqibatida yuqoridagi bobda tilga olingan muammolar kelib
chiqmoqda. Nazarimizda, jamoatchilik nazoratini institutining shirkatlar
tomonidan qo’llanishi masalasiga ham jiddiy e’tibor berish kerak. Chunki
jamoatchilik bilan munosabatlarni yaxshilash ijtimoiy ixtiloflarni o’z vaqtida hal
qilish, jamiyatdagi keskinlikni bartaraf etishga xizmat qiladi.
112
Do'stlaringiz bilan baham: |