6-rasm. XUJMShlarining ko’rsatgan ish va xizmatlari realizatsiyasidan
tushgan tushumi
56
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati yuridik maqomga ega bo’lgan mustaqil
korxona bo’lib, uning moliyaviy xo’jalik faoliyati tegishli uy-joy fondini
ekspluatatsiya qilish va undan foydalanishni tashkil etishni ta’minlashga
yo’naltiriladi. Shirkatning moliyaviy mablag’lari asosan shirkat a’zolarining
majburiy badallari, xonadon egalarining ko’rsatilgan xizmatlar uchun
to’laydigan maqsadli to’lovlari, tadbirkorlik hisobidan daromadlar, ya’ni ijaraga
joy berish, tashqariga xizmat ko’rsatish, tegishli yerdan daromad olish va
boshqalar, kommunal to’lovlarni yig’ishda yordam ko’rsatish evaziga
kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalardan olingan daromadlardan,
homiylik va vasiylik mablag’laridan tashkil topadi.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy mablag’lari uy-joy
fondini foydalanishga yaroqli holda saqlash, shirkat ishchi xodimlari
mehnatlariga haq to’lash va binoni kapital ta’mirlash va qayta tiklash uchun
zahira fondiga mablag’ yig’ish uchun sarflanadi.
Shirkat moliyaviy harajatlari asosan ikki guruhga:
– ishlab chiqarish harajatlariga;
– ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan harajatlarga bo’linadi.
Shirkatning moliyaviy faoliyatini tashkil etish boshqa korxona va
tashkilotlarnikidan keskin farqlanadi. Buning sababi, xususiy mulkdorlar shirkat
oldiga ikki muhim vazifani qo’yadilar.
Birinchi vazifa, uy-joy fondini talab darajasida ekspluatatsiyaga yaroqli
holda saqlash, barcha turdagi bajarilishi lozim bo’lgan joriy ta’mirlash ishlarini
sifatli va o’z muddatida bajarilishini ta’minlash bo’lsa, ikkinchisi
yashovchilardan yig’iladigan majburiy to’lovlar miqdorini kamaytirishga
yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Shu sababli shirkatning moliyaviy faoliyatini
rejalashtirish yillik harajatlar miqdorini o’rganishdan boshlanadi.
Shirkat harajatlar dasturining birinchi varianti turar joy binosining texnik
va sanitariya holatini baholash davomida aniqlangan va uy-joy mulkdorlari
tomonidan xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha bildirilgan, Xususiy uy-joy
57
mulkdorlari shirkati tomonidan mo’ljallangan barcha ishlar hajmi to’liq
ro’yxatini, ya’ni rejaning birinchi loyihasini bajarish ehtimoliga asoslanadi.
Xizmat ko’rsatish, saqlash, ta’mirlash va ehtiyot qismlami almashtirishlar
bo’yicha ishlarni har xil uslubda baholash, muayyan turdagi ishning qiymati
shirkat shtatidagi xodimlar tomonidan bajarilganda, yoki bir martalik shartnoma
asosida yollanadigan mutaxassis bajarganda uning qiymati qanday bo’lishini
aniqlash orqali ishlar ijrosi rejalarining turli variantlari harajatlarini aniqlash
turli pudratchilar raqobatlashadigan bozorda bu ishning qiymati qancha turishini
bilish tavsiya etiladi. Ijro turlari bo’yicha bajariladigan ishlarning toliq ro’yxati
va hajmi uchun harajatlar dasturi rejalashtirilayotgan davrda yirik harajatlar
ko’zda tutilayotgan bo’lsa, bu ishlar uchun harajatlaming dasturini tayyorlash
tavsiya qilinadi va u umumiy yig’ilishda, shirkatning yillik dasturini muhokama
qilishda uni asoslashga yordam beradi.
Shirkat a’zolari umumiy yig’ilishi vakolatiga shirkat shtatidagi
xodimlaming oylik miqdori va mehnatiga haq to’lash va mukofotlash
to’g’risidagi Nizomni qabul qilish kiradi, shuning uchun shtat jadvali va ish haqi
hajmi bo’yicha, shuningdek, shirkat xodimlaming har bir toifasi, jumladan,
shirkat mulkini malakali boshqarish uchun chetdan yollangan yoki yollamoqchi
bo’lgan ijrochi direktor boshqaruvchini mukofotlash bo’yicha alohida takliflar
tayyoriash tavsiya etiladi. Dasturning Xususiy uy joy mulkdorlari shirkati
xodimlari va jalb qilinadigan mutaxassislar mehnatiga haq to’lashni nazarda
tutuvchi qismida maxsus fondlarga chegirmalar bilan bog’liq harajatlarni ham
ko’rsatish lozim.
Agar umumiy yig’ilish qarori bo’yicha saylangan shirkat raisi, boshqaruv
va taftish komissiyasi a’zolariga mehnatlari uchun haq to’lanadigan bo’lsa, shu
haq miqdori daromadlar va harajatlar dasturida alohida band bilan aks ettiriladi.
Dastur loyihasida shirkatning ishlab chiqarishga oid bo’lmagan
harajatlarini ham ko’zda tutish lozim, shuningdek, kutilmagan harajatlarga haq
to’lash yoki badallarni vaqtida to’lanmasligini qoplovchi zahira fondini ko’zda
tutish tavsiya qilinadi.
58
Ishlar rejasi hamda daromadlar va harajatlar dasturini tuzishda shirkatning
hisobot hujjatlarida foydalanilgan shakllardan foydalanish mumkin. Ishlar
rejasining birinchi loyihasi bo’yicha barcha mo’ljallanayotgan harajatlar
summasi aniqlangach, shirkat yillik dasturining daromad qismi tuziladi va
kelgusi yilga shirkat a’zolari majburiy to’lovlarining mo’ljallanayotgan hajmi,
ya’ni ularga tegishli bo’lgan umumiy maydonning 1 kv.m.ga xizmat ko’rsatish
tannarxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
Dasturning daromad qismi uning harajat qismidan kam bo’lmasligi kerak.
Dasturning daromad qismi shirkat a’zolarining majburiy badallari, ya’ni doimiy
va oylik badallari, noturar joylar mulkdorlarining binoni saqlash va ta’mirlashga
qaratilgan badallari, shirkatning boshqa daromadlari, masalan, xonalar ijarasi va
boshqa turdagi tadbirkoriik faoliyati va hokazo tushumlar, masalan, homiylik
yordami hisobidan shakllanadi. Shirkat a’zolarining yashashga mo’ljallanmagan
(noturar joy) xonalar mulkdorlarining majburiy to’lovlarini hisoblashda
shirkatning qo’shimcha ravishda jalb qilinadigan daromadlarini e’tiborga olish
kerak, ushbu qo’shimcha daromadlar ko’p bo’lsa, a’zolarining majburiy
badallari hajmi kamayishi mumkin.
Majburiy badal miqdorini turarjoy binosining 1 kv.m. maydoniga xizmat
ko’rsatish tannarxini aniqlash formulasi asosida hisoblab chiqish mumkin.
So’ngra joriy yilga mo’ljallangan majburiy to’lovlar hajmi o’tgan yilgi badallar
miqdori bilan qiyoslanadi va xonalar mulkdorlarining bunday harajatlami
qoplash uchun to’lov qobiliyati baholanadi. Agar shirkat boshqaruvi mulkdoriar
rejalashtirilayotgan harajatlami to’lashga layoqatli, deb topsa, daromadlar va
harajatlar dasturi loyihasini umumiy yig’ilish e’tiboriga havola qilish mumkin.
Agar shirkat boshqamvi rejalashtirilayotgan harajatlami to’lashga turar joylar
mulkdorlarining ko’pchiligi layoqatli emas, deb topsa, ishlar rejasi loyihasini
takomillashtirish (qisqartirish) ustidagi ish davom ettiriladi. Bunday holda
boshqaruv ayrim ish turlarini kechiktirilgan ishlar ro’yxatiga o’tkazishi (ularning
muhimlilik darajasini va shirkat a’zolari xohishini e’tiborga olib), yoki ayrim ish
turlarini bajarish usullarini o’zgartirish haqida asoslangan qaror qabul qilishi
59
lozim. Shu tarzda ishlar rejasining ikkinchi varianti va tegishli harajatlar dasturi
(ishlar ro’yxati hajmini qisqartirib) ishlab chiqiladi. Rejalar va harajatlar dasturi
ishlar rejasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy resurslari mos
kelmaguncha davom ettiriladi. Dasturda albatta kelgusi kapital ta’mirlashlar
uchun markaziy fondiga to’lovni (hozirgi kunda umumiy to’lovlar miqdorining
30 %i) ko’zda tutilishi zarur.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining daromadlar va harajatlar
dasturining namunaviy shakli quyidagi tarkibdagi daromad va harajatlardan
tashkil topadi (12-jadval) hamda jadvalning to’liq tartibi 22-ilovada keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |