O‘zbekiston va ОТВ. O‘zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo‘lgan, 2012-yilda bankning mintaqaviy a’zolari ro‘xatida 15- o‘rinni, yirik aksionerlar ro‘yxatida esa 21-o‘rinni egallaydi. 0 ‘zbekiston OTBning 23834 (0,67 %) aksiyasiga va 37066 (0,84 %) ovoziga ega. OTB va O‘zbekiston o‘rtasidagi samarali ikki tomonlama hamkorlik natijasida OTB tomonidan umumiy qiymati 8,6 mlrd dollarga teng 35 ta qo‘shma loyiha m a’qullandi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishda OTBning ulushi 3,8 mlrd dollarni tashkil qildi. OTB 1995-yildan 2012-yilga qadar O‘zbekistonga 47 ta loyiha uchun umumiy summasi 3,52 mlrd dollardan ortiq kreditlar ajratdi. Shuningdek, bu davrda OTB 0 ‘zbekistonga 40,75 mln dollar miqdorida texnik yordam ko‘rsatdi98. Tahlillar ko‘rsatishicha, 1996-yildan 2006-yilgacha kreditlar OTB bank kapitalining oddiy resurslari hisobidan berilgan. Bu esa kreditlarni imtiyozli shartlar asosida jalb etish imkoni bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. 2006-yildan boshlab OTB 0 ‘zbekistonga imtiyozli kreditlar bo‘yicha kredit berishni boshladi. Aksariyat kreditlar infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilganini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, moliya, transport va kommunikatsiya sohalariga ham katta e’tibor qaratilayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Shunisi muhimki, 2008-yilda OTB Kengashi 2008-2020-yillarga m o‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirishning uzoq muddatli Strategiyasi — «Strategiya-2020» Dasturini ma’qulladi. OTBning O'zbekistondagi faoliyati mazkur Strategiya va Dasturga asoslanadi. OTBning bu Strategiyasi ustuvor sohalar sifatida qishloq xo‘jaligi, xususiy sektor, transport kommunikatsiyalari va bojxona tizimi, umumiy ta’lim, maktabgacha tarbiya tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi. OTB va O‘zbekiston o‘rtasida 2011-2015-yillarda infratuzilma, transport va kommutsikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturi doirasida Maroqand — Qarshi uchastkasida temir yo‘llarni elektrlashtirish uchun 100 mln dollarlik; qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joy, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish dasturi doirasida qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish bo‘yicha qiymati 200 mln dollarlik; Andijon shahrida suv ta’minoti va sanitariya xizmat larini yaxshilash, jumladan, kanalizatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, Jizzax viloyatining Zafarobod va Amasoy tumanlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining qishloq aholi punktlarida suv ta’minotini yaxshilash uchun 58 mln dollarlik; elektr encrgiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, jumladan, elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun 150 mln dollarlik zayom bitimlari imzolandi", Bundan tashqari OTB va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o'rtasida Quyosh energiyasi bo‘yicha qo‘shma xalqaro ilmiy tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Ushbu hujjatda OTB tomonidan quyosh energetikasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun 200 mln dollar ajratish ko‘zda tutilgan.
Islom taraqqiyot banki (ITB). O‘zbekiston ITBga 2003-yil 3- sentabrda a’zo bo‘lgan bo‘lib, ushbu bank tomonidan 2003—2009 yillar mobaynida umumiy qiymati 150 mln dollarga teng moliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi. Bundan tashqari ITB O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, O‘zsanoatqurilishbanki va Ipoteka banki orqali 2007—2009-yillarda ITB bilan hamkorlik dasturlari doirasida umumiy qiymati 24,0 mln dollarlik kredit liniyalarini amalga oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |