PSIXOLOGIYA: FAN TARIXI, FANLARARO ALOQA, TADBIQIY VA AMALIY SOHALAR
Bobning qisqacha mazmuni
Psixologik bilimlarning paydo bo’lish davrlari (e.av. 4-5-asrlar va 16-17-asrdagi taraqqiyoti). Suqrot (Sokrat), Platon, Arastu (Arestotel)larning falsafiy qarashlari. Psixologiya tarixidan. Antik dunyoda psixologiyaning paydo bulishi va dastlabki taraqqiyoti. XVI-XVII asrlar: empirik psixologiyani paydo bo’lishi va uning dastlabki taraqqiyoti.
Psixologiyaning ilmiy fan sifatida shakllanishi(19-20-asrlar).Vilgelm Vundt va uning Leybnis universitetidagi birinchi ekmperimental psixologik laboratoriyasi. Strukturalizm. Funksionalizm. E.Titchener va V.Jeymslarning tadqiqotlari. Bixeviorizm. E.Torndayk va D.Uotsonlar asos solgan yo’nalish. Psixoanaliz. Zigmund Freydning psixologiya fani rivojlanishida tutgan o’rni. “Id (U) – Ego (Men) – Superego (Mendan oliy)” tushunchalari. “Libido” hamda “agressiv” energiyalar. K.Yung hamda individual psixologiyani targ’ib etgan A.Adlerning ilmiy tadqiqotlari mohiyati.