O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti



Download 360,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana26.09.2021
Hajmi360,5 Kb.
#185899
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish (4)

 

3. Kurs farqlari hisobi 

Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  balansning  valyuta  moddalarini  har  oyi 

hisobot  oyining  oxirgi  sanasi  va  xo‘jalik  operatsiyalarni  amalga  oshirish  sanasida 

Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi. 

Qayta  baholash  va  kurs  farqlarini  aniqlash  maqsadida  balansning  valyuta 

moddalariga quyidagilar kiradi: 

a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta mablag‘lari, 

shu jumladan akkreditivlar; 

b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari; 

v)  chet  el  valyutasida  ifodalangan  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli 

investitsiyalar; 

g) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar 

va pul qarzlar. 



Quyidagilar qayta baholanmaydi: 

a)  chet  el  valyutasiga  sotib  olingan  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  asosiy 

vositalari, 

nomoddiy 

aktivlari, 

o‘rnatiladigan  asbob-uskunalari,  kapital 

qo‘yilmalari, tovar-moddiy qiymatliklari; 

b)  ustav  kapitali  miqdori  va  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning,  shuningdek 

chet  el  investitsiyalariga  ega  bo‘lgan  korxonalarning  ta’sischilari  (qatnashchilari) 

ulushlarining nisbatlari. 

Balansning  valyuta  moddalarini  har  oy  qayta  baholash  natijasida  vujudga 

keladigan  kurs  farqlari  to‘g‘ri  olib  borish  usuli  qo‘llanilganda  moliyaviy-xo‘jalik 

faoliyati  natijalariga  hisobdan  chiqariladi  va  buxgalteriya  hisobida  quyidagi 

schyotlarda aks ettiriladi: 

a)  ijobiy  kurs  farqi  —  9540  «Valyutalar  kurslari  farqidan  daromadlar» 

schyotining kredeti bo‘yicha; 

b)  salbiy  kurs  farqi  —  9620  «Valyutalar  kurslari  farqidan  zararlar» 

schyotining debeti bo‘yicha. 

Balansning  valyuta  moddalarini  har  oy  qayta  baholash  natijasida  vujudga 

keladigan kurs farqlari jamg‘arish usuli qo‘llanilganda ular vujudga kelgan vaqtda 

moliyaviy-xo‘jalik  faoliyati  natijalariga  olib  borilmaydi  va  buxgalteriya  hisobida 

quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 

a)  ijobiy  kurs  farqi  —  6230  «Boshqa  kechiktirilgan  daromadlar» 

schyotining krediti bo‘yicha — ularning joriy qismi va (yoki) 7230 «Boshqa uzoq 

muddatli kechiktirilgan daromadlar» schyotining krediti bo‘yicha — ularning uzoq 

muddatli qismi; 

b) salbiy kurs farqi — 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyotining 

debeti  bo‘yicha  —  ularning  joriy  qismi  va  (yoki)  0990  «Boshqa  uzoq  muddatli 

kechiktirilgan  xarajatlar»  schyotining  debeti  bo‘yicha  —  ularning  uzoq  muddatli 

qismi. 


22.  Jamg‘arish  usulini  qo‘llash  natijasida  jamg‘arilgan  kurs  farqlari 

moliyaviy-xo‘jalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi: 

a)  chet  el  valyutasidagi  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  bo‘yicha  — 



ularning to‘lanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) bo‘yicha; 

b) boshqa hollarda — balansning tegishli valyuta  moddalari bilan xo‘jalik 

operatsiyalari amalga oshirilishi bo‘yicha. 

Kurs  farqlaridan  vujudga  kelgan  uzoq  muddatli  kechiktirilgan  daromadlar 

va  xarajatlarning  joriy  qismini  o‘tkazish  buxgalteriya  hisobida  quyidagicha  aks 

ettiriladi: 

a)  ijobiy  kurs  farqi  bo‘yicha  vujudga  kelgan  uzoq  muddatli  kechiktirilgan 

daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda: 

debet 7230 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» schyoti; 

kredit 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti; 

b)  salbiy  kurs  farqi bo‘yicha vujudga  kelgan  uzoq  muddatli  kechiktirilgan 

xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda: 

debet 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyoti; 

kredit 0990 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» schyoti; 

Jamg‘arilgan  kurs  farqlarini  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyatining  natijalariga 

olib borish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 

a) ijobiy kurs farqi: 

debet 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti; 

kredit 9540 «Valyutalar kurslari farqidan daromadlar» schyoti; 

b) salbiy kurs farqi: 

debet 9620 «Valyutalar kurslari farqidan zararlar» schyoti; 

kredit 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyoti. 

Kurs  farqlarini  buxgalteriya  hisobida  yuritishni  soddalashtirish  maqsadida 

kechiktirilgan  daromadlar  va  xarajatlar  schyotlarida  mos  ravishda  aks  ettirilgan 

ijobiy va salbiy kurs farqlarini hisobdan chiqarishni hisobot oyining oxiridagi chet 

el  valyutasining  bir  birligiga  to‘g‘ri  keladigan  kurs  farqining  o‘rtacha  miqdori 

bo‘yicha  amalga oshirishga  ruxsat etiladi (kurs  farqini o‘rtacha  miqdori  bo‘yicha 

hisobdan chiqarishning shartli misoli mazkur Nizomning 

ilovasida 

keltirilgan). 

Kurs  farqlarini  olib  borishda  qo‘llanilayotgan  usullar  xo‘jalik  yurituvchi 

sub’ektning  hisob  siyosatida  aks  ettirilishi  lozim.  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar 




hisob siyosatini kalendar yil davomida o‘zgartirmasligi lozim. 

Kurs farqlarini olib borishning jamlash usulidan to‘g‘ri olib borish usuliga 

o‘tishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldin 

to‘plangan  kurs  farqlari  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  moliyaviy-xo‘jalik 

faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har 

oyda (bir me’yorda) hisobdan chiqarib boriladi. 

Ustav  kapitali  miqdori  chet  el  valyutasida  o‘rnatilgan  hollarda  har  bir 

ta’sischi  tomonidan  ulushlarning  kiritilishi  Markaziy  bankning  ulushni  kiritish 

sanasidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.  

Ustav  kapitali  miqdori  chet  el  valyutasida  o‘rnatilgan  hollarda  va  ustav 

kapitaliga  ulushlar  kiritish  milliy  valyuta  —  so‘mda  yoki  boshqa  mulk  shaklida 

amalga  oshirilganda  ham,  qayta  hisoblash  Markaziy  bankning  ulushlarni  kiritish 

sanasidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. 

Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  ustav  kapitalini  shakllantirishda  ta’sis 

hujjatlarini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  sanasidagi  va  haqiqatda  ustav  kapitaliga 

ulushlarni  kiritish  sanasidagi  Markaziy  bank  kurslari  o‘rtasida  vujudga  keladigan 

ijobiy  kurs  farqi  buxgalteriya  hisobida  qo‘shilgan  kapital  sifatida  8420  «Ustav 

kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida aks ettiriladi. 

Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektning  ustav  kapitalini  shakllantirishda  ta’sis 

hujjatlarini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  sanasidagi  va  haqiqatda  ustav  kapitaliga 

ulushlarni  kiritish  sanasidagi  Markaziy  bank  kurslari  o‘rtasida  vujudga  keladigan 

salbiy  kurs  farqi  buxgalteriya  hisobida  8420  «Ustav  kapitalini  shakllantirishdagi 

kurs  farqi»  schyotining  debetida  ustav  kapitalini  shakllanishida  vujudga  kelgan 

oldingi  ijobiy  kurs  farqi  summasi  chegarasida  aks  ettiriladi.  Ustav  kapitalini 

shakllantirishdagi  salbiy  kurs  farqi  summasining  ijobiy  kurs  farqi  summasidan 

oshgan qismi moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga olib boriladi. 

Chet 

el 


valyutasida 

aks 


ettirilgan 

ustav 


kapitali 

oshirilganda 

(kamaytirilganda)  buxgalteriya  hisobi  maqsadida  ustav  kapitalining  faqat 

oshirilgan  (kamaytirilgan)  qismi  ta’sis  hujjatlariga  tegishli  o‘zgartirishlar 

ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  sanadagi  Markaziy  bank  kursi  bo‘yicha  milliy  valyutaga 



qayta hisoblanadi. 

Agar  chet  el  valyutasida  aks  ettirilgan  ustav  kapitalining  oshirilishi 

munosabati  bilan  ulushlar  kiritish  qonunchilikka  muvofiq  ta’sis  hujjatlariga 

o‘zgartirishlarni  ro‘yxatdan  o‘tkazishga  qadar  amalga  oshirilgan  bo‘lsa, 

buxgalteriya  hisobida  ushbu  xo‘jalik  operatsiyasi  ta’sischilarga  qarzlarni  hisobga 

oluvchi  schyotlar  (6600)ning  kreditida  aktivlarni  hisobga  oluvchi  schyotlar  bilan 

bog‘liqlikda aks ettiriladi. 

Sug‘urta  tashkilotlarida  Ustav  kapitalining  valyuta  ekvivalenti  qismidagi 

valyuta mablag‘larini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan ijobiy 

kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi «Devalvatsiya uchun rezerv» schyotiga olib 

boriladi. Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablag‘larini har 

oyda  qayta  baholash  natijasida  vujudga  keladigan  salbiy  kurs  farqlari  rezerv 

kapitali  tarkibidagi  «Devalvatsiya  uchun  rezerv»  schyotiga  oldingi  ijobiy  kurs 

farqlari  summasi  chegarasida  kamaytirishga  olib  boriladi.  Salbiy  kurs  farqi 

summasining  ijobiy  kurs  farqi  summasidan  oshgan  qismi  moliyaviy  faoliyat 

bo‘yicha xarajatlarga olib boriladi. 



 

Download 360,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish