O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


 Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning



Download 360,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana26.09.2021
Hajmi360,5 Kb.
#185899
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish (4)

 

2. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning 

xarid qiymatini shakllantirish  

Chetdan  keltirilgan  tovar-moddiy  qiymatliklar  va  boshqa  aktivlarning 

(konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) 

xarid  qiymati  (keyingi  o‘rinlarda  —  xarid  qiymati)  quyidagi  formula  bo‘yicha 

aniqlanadi: 

S = Shq + T + Bx., bu erda 

S — chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning 

xarid qiymati; 

Shq  —  Bojxona  yuk  deklaratsiyasini  to‘ldirish  sanasidagi  Markaziy  bank 

kursi  bo‘yicha  hisoblangan  chetdan  keltirilgan  tovar-moddiy  qiymatliklar  va 

boshqa aktivlarning shartnoma qiymati; 

T — bojxona to‘lovlari 

QQS  ni  to‘lovchi  korxonalar  chetdan  keltirilgan  tovarlarga  hisoblangan 

QQS  summasini  xarid  qiymatiga  qo‘shmaydi,  balki  umumiy  belgilangan  tartibda 

byudjetga to‘lashi lozim bo‘lgan QQS ni aniqlashda chegirib boradi. 

QQS  ni  to‘lovchi  bo‘lmagan  korxonalar  chetdan  keltirilgan  tovarlarga 




hisoblangan QQS summasini xarid qiymatiga qo‘shadi. 

O‘zining ehtiyojlari uchun chetdan keltirilgan asosiy vositalar va nomoddiy 

aktivlar  hisobda  boshlang‘ich  qiymati  bo‘yicha  QQS  summasini  qo‘shgan  holda 

aks ettiriladi. 

Bx  —  chetdan  keltirilgan  tovar-moddiy  qiymatliklar  va  boshqa  aktivlarni 

sotib  olish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa  xarajatlar.  Ushbu  xarajatlar  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  5  fevraldagi  54-sonli  qarori 

(O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  qarorlari  to‘plami,  1999  y.,  2-son,  9-

modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish 

xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi 

to‘g‘risidagi  nizomning 

1.1.12-bandiga

,  O‘zbekiston  Respublikasi  Buxgalteriya 

hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) «

Tovar-moddiy zaxiralari

»ga (ro‘yxat 

raqami  1595,  2006  yil  17  iyul)  (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari 

to‘plami,  2006  y.,  28-29-son,  282-modda)  va  O‘zbekiston  Respublikasi 

Buxgalteriya  hisobining  milliy  standarti  (5-son  BHMS)  «

Asosiy  vositalar

»ga 

(ro‘yxat  raqami  1299,  2004  yil  20  yanvar)  (O‘zbekiston  Respublikasi  qonun 



hujjatlari to‘plami, 2004 y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi. 

Chetdan  keltirilgan  tovar-moddiy  qiymatliklar  va  boshqa  aktivlarni 

(konsignatsiya shartnomasi bo‘yicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) 

xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks 

ettiriladi: 

a)  tovar-moddiy  qiymatliklar  va  asosiy  vositalar  ob’ektlarini  yuk  bojxona 

deklaratsiyasini  to‘ldirish  sanasidagi  Markaziy  bank  kursi  bo‘yicha  kirim  (qabul) 

qilish: 


debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan 

asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi 

schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900); 

kredit  6010  «Mol  etkazib  beruvchilar  va  pudratchilarga  to‘lanadigan 

schyotlar» schyoti — qarzlarning joriy qismi  yoki 7010 «Mol etkazib beruvchilar 

va  pudratchilarga  to‘lanadigan  schyotlar»  schyoti  —  qarzlarning  uzoq  muddatli 




qismi; 

b)  bojxona  to‘lovlari  (import  uchun  QQS  dan  tashqari)  va  chetdan 

keltirishda  vujudga  keladigan  va  belgilangan  tartibda  xarid  qilish  qiymatiga 

qo‘shiladigan boshqa xarajatlar: 

debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan 

asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi 

schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900); 

kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti; 

kredit  turli  kreditorlarga  bo‘lgan  qarzlarni  hisobga  oluvchi  schyotlar 

(6900); 


v)  QQS  ni  to‘lovchi  korxonalar  uchun  chegirishga  olib  borilgan  QQS 

summasiga: 

debet  4410  «Byudjetga  soliqlar  va  yig‘imlar  bo‘yicha  bo‘nak  to‘lovlari 

(turlari bo‘yicha)» schyoti; 

kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti; 

g)  QQS  ni  to‘lamaydigan  korxonalar  uchun  xarid  qiymatiga  qo‘shilgan 

QQS summasiga: 

debet  materiallarni  hisobga  oluvchi  schyotlar  (1000)  yoki  tovarlarni 

hisobga oluvchi schyotlar (2900); 

kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti; 

d)  asosiy  vositalar  va  nomoddiy  aktivlarning  boshlang‘ich  qiymatiga 

qo‘shiladigan QQS summasiga: 

debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), o‘rnatiladigan 

asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700); 

kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti. 

Konsignatsiya  shartnomasiga  asosan  chetdan  keltirilgan  tovarlar  bo‘yicha 

operatsiyalar  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  buxgalteriya  hisobida  quyidagi 

tartibda amalga oshiriladi: 

a)  konsignatsiya  shartnomasi  bo‘yicha  chetdan  keltirilgan  tovarlar 

konsignatorning buxgalteriya hisobida balansdan tashqari 004 «Komissiyaga qabul 




qilingan tovarlar» schyotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi; 

b)  chetdan  keltirilgan  konsignatsiya  tovarlari  bo‘yicha  bojxona  to‘lovlari, 

QQS qo‘shilgan holda hisoblanganda: 

debet 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyoti; 

kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti; 

v)  chetdan  keltirilgan  konsignatsiya  tovarlari  bo‘yicha  QQS  va  bojxona 

to‘lovlari bo‘yicha qarzlar to‘langanda (qoplanganda): 

debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti; 

kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar; 

g) konsignatsiya tovarlari sotilganda: 

debet 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti 

—  shartnoma  bahosi  bo‘yicha  sotilgan  tovarlar  summasiga  hisoblangan  QQS 

(QQS ni to‘lovchilar uchun) qo‘shilgan holda; 

kredit  9030  «Ishlar  bajarish  va  xizmatlar  ko‘rsatishdan  daromadlar» 

schyotikomissiya mukofotlari (rag‘batlantirish) summasiga; 

kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) 

—  tovar  invoysi  va  BYuD  bo‘yicha  sotish  sanasidagi  Markaziy  bank  kursi 

bo‘yicha konsignatsiya tovari qiymatiga; 

kredit  6410  «Byudjetga  to‘lovlar  bo‘yicha  qarz  (turlari  bo‘yicha)»  schyoti 

—  komissiya  mukofotidan  kelib  chiqib  aniqlanadigan  QQS  summasiga  (QQS  ni 

to‘lovchilari uchun). 

Bir  vaqtning  o‘zida,  sotilgan  konsignatsiya  tovarlari  qiymatini  hisobdan 

chiqarish  balansdan  tashqari  004  «Komissiyaga  qabul  qilingan  tovarlar» 

schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 

d)  sotilgan  konsignatsiya  tovarlarining  ulushiga  to‘g‘ri  keladigan  chetdan 

keltirilgan  konsignatsiya  tovarlari  bo‘yicha  QQS  qo‘shilgan  holda  bojxona 

to‘lovlari  bo‘yicha  xarajatlarni  ushbu  tovarlarni  sotish  paytida  moliyaviy 

natijalarga olib borib hisobdan chiqarish: 

debet davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400); 

kredit 3290 «Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyoti. 




Konsignatsiya  shartnomasi  bo‘yicha  olingan  tovarlar  konsignantga 

qaytarilgan  hollarda,  3290  «Boshqa  kechiktirilgan  xarajatlar»  schyotida  aks 

ettirilgan  bojxona  to‘lovlari  va  QQS  bo‘yicha  konsignator  xarajatlarining 

qaytarilgan tovarlar ulushiga to‘g‘ri keladigan qismi konsignatorlarning moliyaviy 

natijalariga (davr xarajatlariga) olib borib hisobdan chiqariladi; 

e) xaridorlar va buyurtmachilardan pul mablag‘lari kelib tushganda: 

debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar; 

kredit  4010  «Xaridorlar  va  buyurtmachilardan  olinadigan  schyotlar» 

schyoti; 

j) byudjetga QQS bo‘yicha (QQS ni to‘lovchilar uchun) qarzlar to‘langanda 

(qoplanganda): 

debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»; 

kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar; 

z) konsignatorga qarzlar to‘langanda (qoplanganda): 

debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900); 

kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar. 




Download 360,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish