O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 0,51 Mb.
bet4/56
Sana10.09.2021
Hajmi0,51 Mb.
#170899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Bank ishi fanidan Ma'ruzalar matni. Saidov.2

Bankning vazifalari
Ko‘pchilikning tasavvurida bankning iqtisodiyotda tutgan o‘rni faqatgina omonatlarga mablag‘larni jalb qilish va kreditlar berishdan iboratdir. Lekin zamonaviy banklar o‘zlarining raqobatbardoshligini saqlash va ja’miyatning talablarini qondirish maqsadida yangi vazifalarni ham bajarishni o‘rganishi lozim. Bugungi kunda bu vazifalar quyidagilardan iborat

Bankning hozirgi zamon vazifalari

t/r

Banklarning

Roli

Izoh


1.

Vositachilik


Roli

  • jismoniy shaxslardan qabul qilib olgan mablag‘larni yangi binolar, as­bob uskuna­lar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish maqsadida kreditga oladigan firma va korxonalar o‘rtasida vosi­tachi vazifasini bajaradi.

2.

To‘lovlarni amalga oshirishda ishti­rokchilik roli

  • tovarlar, qimmatli qog‘ozlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun talabno­ma­lar, majburiyatlar va cheklarni kliring asosida o‘zaro surishtirishga asoslangan elektron to‘lovlar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib boradi.

3.

Kafolatchilik roli

  • bank kafolatchi sifatida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashga imkoniyati etma­yotgan bank mijoz­lari qarzlarini ak­kreditiv ochish yo‘li bilan yoki fak­torning operatsiyalari orqali to‘laydi.

4.

Agentlik

(dallol­lik)

Roli


  • bank mijozlar mulkini boshqarish va himoya qilish, mijozning topshirig‘­iga binoan uning qimmatli qog‘ozlarini muommalaga chiqarish va joylashtirish kabi yumushlarni ba­jarishda agentlik vazifasini o‘taydi.

5.

Siyosiy yo‘li

  • ijtimoiy maqsadlarni hamda iqtisodiyotning rivojlanishini ko‘zlab davlat tomonidan yuritila­yotgan siyo­satning targ‘ibotchisi vazifasini bajaradi.

Bank o‘z faoliyati jarayonida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:



  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisob varaqalarini ochish va yuritish hamda hisob varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;

  • omonatlarni jalb qilish;

  • o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish;

  • chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish, sotish va ayirboshlash;

  • pul mablag‘lari veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;

  • uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;

  • uchinchi shaxs nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;

  • qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobni yuritish va saqlash, ularni boshqarish va boshqa operatsiyalarni bajarish;

  • davlat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

  • kichik va o‘rta tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash;

  • trast xizmatlari - ishonch qog‘ozlar orqali mijozlar aktivlarini boshqarish;

  • faktoring xizmatlarni amalga oshirish;

  • moliyaviy lizingni bajarish;

  • iste’mol kreditini berish;

  • moliyaviy maslahat va axborot xizmatlarini bajarish;

  • naqd pul mablag‘larini boshqarish;

  • yuqori tavakkalchilikka ega kreditlar berish;

  • sug‘urta xizmatlarini sotish;

  • qimmatliklar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik xizmatlarini amalga oshirish;

  • investitsiya va boshqa xizmatlarni ado etish.

Barcha zamonaviy banklar muomalaga pul chiqaradilar va kredit beradilar, ya’ni qarz oluvchining qarzini qaytarib berishi to‘g‘risida majburiyatini oladilar. Bu qanday amalga oshiriladi?

Ґozirgi vaqtda barcha yirik rivojlangan davlatlarda tovarlar va xizmatlar uchun olinadigan haq asosan chek ko‘rinishida bo‘ladi.

CHek hujjatlarining ikki turi mavjud:


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish