Standart. Standart toifaga kiritilgan aktivlar berilishida ikkilamchi to‘lov manbasi (kafolat yoki garov bilan) puxta ta’minlangan bo‘lishi lozim. Umuman olganda qarzdorning moliyaviy ahvoli barqaror hisoblanadi, lekin ayrim noqulay vaziyatlar yoki yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, agarda ular bartaraf etilmasa, qarzdorning kreditni o‘z vaqtida to‘lash qobiliyatiga nisbatan shubha uyg‘onishi mumkin. SHu bilan birga moliyaviy ahvol yoki garovni nazorat qilish borasida bir muncha shubhalar bo‘lishi mumkin. Kredit hujjatlarida etarlicha axborot bo‘lmagan yoki garov ta’minoti bo‘yicha hujjatlari bo‘lmagan "YAxshi" kreditlar (aktivlar) ham "Standart" aktivlar sifatida tasniflanishi mumkin. "Standart" sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank qaytarilmagan asosiy qarz summasining 10 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |