O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi



Download 436,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.11.2019
Hajmi436,62 Kb.
#26862
  1   2   3   4
Bog'liq
dinshunoslik fanidan mustaqil talimni tashkil etish


 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 



VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

«IJTIMOIY FANLAR » KAFEDRASI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

DINSHUNOSLIK  

FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT – 2017 

 

 

 


 



S.Tulyaganova.  Dinshunoslik  fanidan  mustaqil  ta’limni  tashkil  etish.  –



T.: TMI., 2017. 40 bet.  

 

Inson bilim olish jarayonida asosiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ustida 



mustaqil  ta’lim  jarayonidagina  takomillashtirib  boradi.  Shu  ma’noda  talabalarning 

mustaqil  ta’lim  olishlarini  rejalashtirish,  tashkil  qilish,  dars  mashg‘ulotlarida 

ma’lum  bilimlar  bilan  qurollantirish,  ularni  ma’lum  mavzular  bo‘yicha  mustaqil 

ta’lim  olish  uchun  yo‘llanma  berish  oliy  ta’lim  muassasalari  professor-

o‘qituvchilarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

   


Ushbu  uslubiy  qo‘llanma  «Dinshunoslik»  fanidan  saboq  berayotgan 

kafedralarda  mustaqil  ta’limni  tashkil  etish  va  bajarishda  professor-o‘qituvchilar 

hamda talabalarga mo‘ljallangan qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. 

  

 



 

Tuzuvchi: 

katta o‘qituvchi  S.Tulyaganova 

 

Taqrizchilar:  t.f.d., prof.     



N.Maxkamova 

 

 



 

 

t.f.n., dots.     



Sh.Shayakubov 

 

 

 

 

 

 

 

O‘quv-uslubiy  majmua  2017  «__»  ____________da  “Ijtimoiy  fanlar” 

kafedrasining №_____- sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va O‘quv-uslubiy 

Kengashda ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilingan. 

 

 

 



O‘quv-uslubiy majmua 2017 «__» ____________da institut O‘quv-uslubiy 

Kengashining  №_____-  sonli  yig‘ilishida  muhokama  qilingan  va  foydalanish 

uchun tavsiya qilingan. 

 


 



KIRISH 



 

Axborot  va  bilimlar  doirasi  tez  sur’atlar  bilan  kengayib  borayotgan  hozirgi 

sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish 

vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa hisoblanadi.  

Tajribalar  shuni  ko‘rsatadiki,  talaba  mustaqil  ravishda  shug‘ullansa  va  o‘z 

ustida  tinimsiz  ishlasagina  bilimlarni  chuqur  o‘zlashtirishi  mumkin.  Talabalarning 

asosiy  bilim,  ko‘nikma  va  malakalari  mustaqil  ta’lim  jarayonidagina  shakllanadi, 

mustaqil  faoliyat  ko‘rsatish  qobiliyati  rivojlanadi va ularda ijodiy  ishlashga qiziqish 

paydo bo‘ladi.  

Shuning  uchun  talabalarning  mustaqil  ta’lim  olishlarini  rejalashtirish,  tashkil 

qilish  va  buning  uchun  barcha  zaruriy  shart-sharoitlarni  yaratish,  dars 

mashg‘ulotlarida  talabalarni  o‘qitish  bilan  bir  qatorda  ularni  ko‘proq  o‘z  ustida 

mustaqil  ta’lim  olish  uchun  yo‘llanma  berish  oliy  ta’lim  tizimida  faoliyat  olib 

borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.  

Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, 

ko‘nikma  va  malakaning  ma’lum  bir  qismini  talaba  tomonidan  fan  o‘qituvchisi 

maslahati  va  tavsiyalari  asosida  auditoriya  va  auditoriyadan  tashqarida 

o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.  

O‘qishning  boshlang‘ich  bosqichlarida  talabalar  mustaqil  ishini  tashkil  etish 

bir  qator  vazifalar  bilan  bog‘liq.  Ayniqsa,  birinchi  kurs  talabalari  ta’limning 

navbatdagi  turi  –  oliy  ta’limga  ko‘nikishi  qiyin  kechadi.  Chunki  ular  ta’lim  olish 

jarayonida  o‘z  mustaqil  faoliyatlarini  to‘g‘ri  tashkil  eta  olmaydilar.  Ma’lumotlarni 

qaysi  manbadan,  qanday  qilib  topish,  ularni  tahlil  qilish  va  zarurlarini  ajratib  olib 

tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini 

to‘g‘ri  taqsimlash,  shuningdek,  aqliy  va  jismoniy  imkoniyatlarini  to‘g‘ri  baholash 

ular  uchun  katta  muammo  bo‘ladi.  Eng  asosiysi,  ular  mustaqil  ta’lim  olishga  ruhan 

tayyor bo‘lishmaydi.  

Shuning  uchun  har  bir  professor-o‘qituvchi  dastlab  talabada  o‘z  qobiliyati  va 

aqliy  imkoniyatlariga  ishonch  uyg‘otish,  ularni  sabr-toqat  bilan,  bosqichma-bosqich 

mustaqil  bilim  olishni  to‘g‘ri  tashkil  qilishga  o‘rgatib  borishi  lozim.  Bu  jarayon 



 

dastlab  dastur  asosida  amalga  oshirilishi  lozim  bo‘lgan  amaliy  mashg‘ulotlarni 



bajarish  jarayonida  o‘qituvchi  tomonidan  adabiyotlar  ustida  ishlash  jarayonidan 

boshlash  maqsadga  muvofiq  deb  o‘ylaymiz.  Talabalar  tomonidan  mustaqil  ravishda 

o‘zlashtiriladigan  bilim  va  ko‘nikmalarning  kursdan-kursga  murakkablashib, 

kengayib  borishini  hisobga  olgan  holda  ularning  tashabbuskorligi  va  rolini  oshirib 

borish  zarur.  Shunda  mustaqil  ta’limga  ko‘nikma  orttirgan  talaba  faqat  o‘qituvchi 

tomonidan belgilab  berilgan ishlarni  bajaribgina qolmay,  o‘zining  ehtiyoji,  qiziqishi 

va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil 

ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.  

     

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



I. MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH 



 

Mustaqil  ta’limni  amalga  oshirish  bugungi  kun  ta’lim  jarayonining  muhim 

bo‘g‘inlaridan biri sifatida amalda joriy etilgan bo‘lib, uni tashkil qilish jarayonlari 

va  uslublari  yildan-yilga  takomillashtirib  borilmoqda.  Mustaqil  ta’lim  talabalarning 

qo‘shimcha  bilim  va  ma’lumotlarga  ega  bo‘lishi,  o‘z  ustida  ishlash  malakasi  va 

mas’uliyatining shakllantirilishi, mazkur jarayonda xosil qilingan turli malakalarning 

takomillashtirib  borilishi  asnosida  talabalarning  kelgusida  etuk  va  malakali 

mutaxassislar  bo‘lib  etishishlari  uchun  asos  bo‘lishi  lozim  bo‘lgan  omillardan  biri 

sifatida  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Fanning  muayyan  qismlarini  o‘rganish  va 

o‘zlashtirishni  talabalar  tomonidan  mustaqil  ravishda  amalga  oshirilishi  mustaqil 

ta’limning  mazmunini  tashkil  qilar  ekan,  uning  tashkil  etilishi,  aniq  maqsad  va 

vazifalarning  qo‘yilishi  hamda  yo‘nalishlarning  aniqlanishi  bu  jarayonni  amalga 

oshirilishini  osonlashtiradi.  Ayni  vaqtda  talabalarning  mustaqil  ta’limni  amalga 

oshirish  jarayonida  e’tibor  berilishi  lozim  bo‘lgan  asosiy  jihatlar,  mavzularning 

asosiy  xususiyatlari,  ularning  tadqiq  qilinishi  va  o‘rganilish  uslublari,  mustaqil 

ishlarning  tayyorlanish  usullari  va  turlari,  mavzularning  mazmunidan  kelib  chiqqan 

holda  mustaqil  topshiriqlarni  bajarish  shakllarining  xilma-xilligi  talabalarning  bu 

jarayonni to‘liq bajarish va maqsadga erishish imkoniyatlarini oshiradi. 



Mustaqil ta’limning umumiy tavsifi: 

Mustaqil  ta’lim  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalari  asosida  ta’lim 

oluvchilarning  kasbiy  mahoratini  qo‘llab-quvvatlash,  mustaqil  ta’lim  olish 

ehtiyojlarini  qondirishga  xizmat  qiluvchi  ma’lumotlarni  uzatish  vositalari,  axborot 

ashyolari, 

o‘zaro  aloqalar  qaydnomalari,  dasturiy  va  tashkiliy-metodik 

ta’minotlarning tizimli-tashkiliy majmuidir.  

Mustaqil  ta’lim  ochiqlikni  ta’minlovchi  quyidagi  tamoyillar  asosida 

shakllantiriladi:  

-  ta’lim  olishni  ochiq  rejalashtirish,  ya’ni,  yo‘nalish  va  unga  mos  o‘quv  rejasi 

doirasida bilimlarni oshirib borishning individual traektoriyasini tuzish erkinligi;  



o‘qitish vaqti va sur’atlarining erkin tanlanishi;  

 



ta’lim olish davri va o‘rnining erkin tanlanishi;  



etakchi professor-o‘qituvchilar kasbiy salohiyatiga tayangan holda ta’lim olish 

sifatining ta’minlashi;  



ta’lim oluvchilar uchun uzluksiz bilim olish imkoniyatini yaratish.  

Mustaqil ta’limning maqsadi: 

Taklif  etilayotgan  mustaqil  ta’lim  tizimining  asosiy  maqsadi  –  o‘qitish 

jarayonini  individuallashtirish  hamda  differentsiyallashtirish  tamoyillari  asosida 

tashkil  etilishini  ta’minlash,  oliy  ta’lim  tizimida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  etakchi 

professor-o‘qituvchilarning  kasbiy  salohiyatlariga  tayangan  holda,  ta’lim  sifatini 

oshirish,  ta’lim  oluvchilar  uchun  uzluksiz  bilim  olishga  imkoniyatni  yaratish,  ta’lim 

olishning turli shakllarini o‘zaro bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.  

Mustaqil ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatida zamonaviy pedagogik 

texnologiya  va  ular  asosida  yaratilgan  interfaol  usullardan  foydalanishi,  mustaqil 

ta’limning barcha shakllarini yangi texnika va texnologiya yutuqlarini hisobga olgan 

xolda  zamonaviy  texnologiyalar  asosida  tashkil  etish  va  amalga  oshirish,  mustaqil 

ta’lim  oluvchilarda  mustaqil  fikrlash,  ijodiy  qobiliyat  hamda  kasbiy  mahoratlarini 

zamon  talabi  darajasida  shakllantirish,  mustakil  ta’limning  noan’anaviy  o‘qish  va 

ilmiy-tadqiqot ishlari  bilan  uzviy  hamda  uzluksiz  aloqasini  yaratish,  mustaqil  ta’lim 

imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarga mustaqil ta’lim jarayoniga nisbatan 

kasbiy,  iqtisodiy,  tafakkur  etish,  ma’naviy  va  boshqa  qiziqishlarini  uyg‘otish, 

mustaqil  tarzda  kerakli,  ma’lumotlarni  yig‘ish,  muammoni  aniqlash,  echimlarini 

qidirish, olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tanqidiy tahlil etish va ularni  yangi 

vazifalarni  hal  etishda  qo‘llash,  mustaqil  ta’limda  mustaqil  ishlash  bilan 

raqobatbardosh  mutaxassislarni  tayyorlash,  tashkiliy,  psixologik-pedagogik,  o‘quv-

uslubiy,  axborot,  moddiy-texnik  ta’minotni  o‘z  ichiga  oluvchi  mustaqil  ish 

infrakturasini  yaratish,  mustakil  ta’lim-natijalarini  baholash  tizimini  yaratish,  fan, 

texnika  va  texnologiya  taraqqiyotining  bugungi  darajasi  bilan  professor-

o‘qituvchilarning  kasbiy  tayyorgarligi  sifatini  ta’minlash  jarayoni  orasidagi 

nomuvofiqlikni  tizimga  keltirish,  oliy  pedagogik  ta’lim  muassasalarining  elektron 

axborot-ta’lim  muhiti  va  integrallashgan  o‘quv-ilmiy  resurslarining  etarlicha 



 

yaratilishini ta’minlash, ta’lim jarayonini axborotlashtirish borasida to‘plangan ilg‘or 



tajribalarning  amaliyotga  etarlicha  joriy  etilishini  ta’minlash,  zamonaviy  axborot 

texnologiyalari  muhitida  ta’lim  oluvchilar  mustaqil  malaka  oshirishini  tashkil  etish 

imkonini  beruvchi  elektron  o‘quv-metodik  majmualarning  etarlicha  yaratilishini 

ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish bo‘yicha 

vaqt  resursining  cheklanganligini  inobatga  olgan  holda  ta’lim  oluvchilar  mustaqil 

bilim olishlarini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilishga oid o‘quv-metodik 

adabiyotlar,  tavsiyalar,  ishlanmalar,  yo‘riqnomalar,  ko‘rsatmalarning  etarli  emasligi 

va talab darajasida ishlanmaganligini yoritishdan iboratdir

1



Mustaqil ta’limning vazifalari: 



-bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega  bo‘lish; 

-kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usul va vositalarini aniqlash; 

-axborot manbalaridan samarali foydalanish; 

-elektron darslik ma’lumotlar bankini yaratish; 

-berilgan topshiriqning muhim echimini belgilash; 

-ma’lumotlar bazasini tahlil etish; 

-ish natijalari xulosasini tayyorlash va qayta ishlash; 

-topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish; 

-ishlab  chiqilgan  echim,  loyixani  asoslash  va  mutaxassislar  ishtirokida  himoya 

qilish; 


-pedagogik  texnologiyalarni  nazariy  va  amaliy  egallash  hamda  sharoitlarini 

aniqlash; 

-ta’lim    beruvchi  va  ta’lim  oluvchilar  hamkorligidagi  faoliyatning  aniqligi  va 

oshkoraligidir. 

Mustaqil ta’limni amalga oshirilishi jarayonida quyidagilarga alohida ahamiyat 

berish zarur bo‘ladi: 

1.  Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos 

ravishda amalga  oshirilishi; 

                     

1

 



Oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  tizimi  uchun  o‘quv  adabiyotlarning  yangi  avlodini  yaratish 

konsepsiyasi / Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 2-avgustdagi 278-sonli buyrug‘iga 1-ilova. 



 

2.  Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida 



muhokama qilinib, ma’qullanganligi; 

3.  Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  va  mustaqil  ta’lim  uchun  belgilangan 

mavzular  fan  dasturi  va  ishchi  dasturda  belgilangan  tartibda  ishlab  chiqilib, 

tasdiqlanganligi; 

4.  Mustaqil  ta’lim  uchun  ajratilgan  mavzular  muayyan  bir  mavzuning  biror 

qismini yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish 

uchun yo‘naltirilganligi; 

5.  Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilishda  mavzular  yuzasidan  adabiyotlar 

(manbalar) ro‘yxatining oldindan talabalarga taqdim qilinishi; 

6.  Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilishda  aniq  maqsadning  belgilanganligi  va 

rahbar (o‘qituvchi) tomonidan aniq topshiriqning qo‘yilishi. 

7.  Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  jarayonida  mustaqil  ta’lim  mavzularini 

tayyorlash  shakllarining  avvaldan  belgilab  berilishi  ((reja  (oddiy  yoki  murakkab) 

asosidagi  konspekt,  tezislar,  xronologiya,  jadvallar  va  boshqa  shakllarda  yozma, 

og‘zaki yoki ijodiy ish (referat) tarzida)); 

8.  Mustaqil  ta’lim  natijalarining  rahbar  (o‘qituvchi)  tomonidan  tekshirish 

jarayoni (shakllari) va uning baholanish tartiblari va ballar miqdorlarining talabalarga 

avvaldan taqdim qilinishi. 

Quyida  sanab  o‘tilgan  shartlarning  har  birining  alohida  xususiyatlari  haqida 

so‘z yuritamiz. 

 

I.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning namunaviy va ishchi o‘quv 

rejalariga mosligi  

 

Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  namunaviy  va  ishchi  o‘quv  rejalariga  mos 

ravishda amalga  oshirilishi quyidagi talablarga mos kelishi ko‘zda tutiladi: 

 Mustaqil  ta’limni  tashkil  etilishi  eng  avvalo  barcha  ta’lim  yo‘nalishlarining 



namunaviy  va ishchi o‘quv rejalariga asoslangan holda belgilangan bo‘lishi shart. 

 



 

“Dinshunoslik”  fani  barcha  ta’lim  yo‘nalishi  namunaviy  va  ishchi  o‘quv 

rejasi  bo‘yicha  nomutaxassis  yunalishidagi  fakultetlarning  I  bosqich  talabalariga 

o‘tilishi belgilab qo‘yilgan. 



 

I.2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirishning kafedra 

yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi  

 

Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida ko‘rib 



chiqilib, ma’qullanishi uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir: 

–  Mustaqil  ta’lim  uchun  fan  dasturida  tavsiya  qilingan  mavzular  aniqlanishi 

(bankining yaratilishi); 

– Mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularning ishchi o‘quv dasturida soatlar 

bilan ta’minlanishi (ishchi o‘quv rejaga asoslangan holda); 

– Kafedra uslubiy yig‘ilishigacha kamida ikkita professor-o‘qituvchi tomonidan 

tahlil  qilinishi  (mavzularning  fan  (kurs)  mavzulari  doirasiga  tegishliligi,  soatlar 

miqdorining  mos  kelishi,  mavzularning  qo‘yilishi  va  talabalar  bilimini  boyitishi 

uchun  ahamiyatliligi  va  boshqalar)  va  yig‘ilish  muhokamasi  jarayonida  tegishli 

xulosalar berilishi; 

– Kafedra yig‘ilishida ma’qullangandan so‘nggina ishchi dasturga kiritilishi va 

belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng talabalarga taqdim qilinishi mumkin. 



 

I.3. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning fan dasturi va ishchi dasturga 

mosligi  

 

Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish  va  mustaqil  ta’lim  uchun  belgilangan  mavzular 

fan  dasturi  va  ishchi  dasturda  belgilangan  tartibda  ishlab  chiqilishi  zaruriy  holat 

bo‘lib,  bunda  mustaqil  ta’limni  amalga  oshirish  va  uning  bajarilishi  uchun 

belgilangan  holatlar  hamda  tavsiyalar  namunaviy  dasturda  umumiy  holda,  ishchi 

dasturda esa batafsil holda ko‘rsatib berilishi, ishchi dasturda mustaqil ta’lim uchun 

belgilangan  mavzularning  umumiy  ro‘yxati  hamda  adabiyotlar  (manbalar)  ro‘yxati 

berilgan bo‘lishi lozim. 



 

10 


 

I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini 

yoritib berish va bilim olish uchun yo‘naltirilganligi 

 

Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror qismini 

yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish uchun 

yo‘naltirilganligi  katta  ahamiyatga  ega  holatdir.    Birinchi  bosqich  talabalariga 

o‘qitiladigan  «Dinshunoslik»  fani  eng  qadimgi  davrlardan    hozirgi  kunlargacha 

bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kurslar uchun belgilangan ma’ruza soatlarida 

tarixiy jarayonlarni to‘liq va batafsil ochib berish imkoniyati cheklangan. Garchi har 

bir  mavzu  yuzasidan  ma’lum  miqdorda  ma’ruza  va  seminar  mashg‘ulotlari  uchun 

soatlar ajratilgan bo‘lsada, talabalarning mazkur mavzular yuzasidan to‘liq va chuqur 

bilim olishlari uchun to‘g‘ri tashkil qilingan mustaqil ta’lim juda katta samara beradi. 

Bunda  o‘tilayotgan  har  bir  mavzuning  aynan  qaysi  qismini  mustaqil  ta’lim  uchun 

ajratish va uni qay tariqa tashkil qilish muayyan bir mavzuning talabalar tomonidan 

har tomonlama va batafsil holda o‘rganish, xulosalar chiqarish, tasavvurga va bilimga 

ega bo‘lishi uchun zamin bo‘ladi.    

Shu  o‘rinda  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  ayrim  iqtidorli  va  ilmiy  tadqiqotlar  qilish 

malakasini    ma’lum  darajada  shakllantirgan  talabalarga  aniq  bir  muammoga 

yo‘naltirilgan  mavzularni  mustaqil  ish  (yoki  ilmiy  tadqiqot  ishi)  sifatida  berish 

malakali  mutaxassislarni  tayyorlashda  beqiyos  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatishi    mumkin  va 

eng  ahamiyatli  tomoni,  bunday  ishlar  mustaqil  ta’lim  tarzida,  rahbar  (o‘qituvchi) 

tomonidan ko‘rsatilgan tavsiyalar yordamida amalga oshiriladi, ayni vaqtda talabada 

tadqiqot malakasini shakllantirishga yordam beradi. 

 

I.5. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish 

 

Talabalar  mustaqil  ishini  samarali  tashkil  etishda  quyidagi  jihatlarga  alohida 



e’tibor berish talab etiladi: 

-tizimli yondashish; 

-barcha bosqichlarni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; 


 

11 


-bajarilishi ustida qat’iy nazorat o‘rnatish; 

-tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur. 

Mustaqil  ish  topshiriqlarini  muvaffaqiyatli  yakunlash  uchun  quyidagi  talablar 

bajarilishi lozim: 

-maqsad, bilimni mustahkamlash, yangi bilimlar o‘zlashtirish, faollikni oshirish, 

amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish aniq asoslanishi; 

-vazifa va topshiriqlarning aniq va ravshan belgilanishi; 

-topshiriqlarni  bajarish  algoritmi  va  metodlaridan  talabalarning  etarli  darajada 

xabardor bo‘lishi; 

-maslaxat  va  boshqa  yordam  turlarining  to‘g‘ri  belgilanishi  (yo‘llanma  va 

ko‘rsatma  berish,  mavzuning  mazmuni  va  mohiyatini  tushuntirish,  muammoli 

topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli holatlarni 

birgalikda hal qilish); 

-hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; 

-nazorat  vaqti,  shakli  va  turlarini  aniq  belgilab  olish  (amaliy  seminar, 

laboratoriya  mashg‘ulotlari,  maslahat  uchun  yoki  nazorat  uchun  maxsus  ajratilgan 

vaqt,  ma’ruza  yoki  referat  matni,  bajarilgan  topshiriqlar  daftari,  nazorat  ishlari,  uy 

vazifasi  daftari,  kurs  ishlari,  test,  maqola,  nostandart  topshiriqlar,  savollar,  maqola, 

ko‘rgazmali  jihozlar  va  ijodiy  ishlar,  savol-javob,  bajarilgan  ish  mazmuni  va 

mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish). 



 

I.6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda adabiyotlar ro‘yxatining  taqdim 

qilinishi 

«Dinshunoslik» fanining ishchi o‘quv dasturida har ma’ruza va seminar darslari 

uchun  hamda  fan  uchun  umumiy,  asosiy  va  qo‘shimcha  adabiyotlar,  manbalar 

ro‘yxati  beriladi.  Mustaqil  ta’limni  tashkil  kilish  jarayonida  shuni  inobatga  olish 

zarurki,  talaba  ma’ruza  uchun  belgilangan  asosiy  adabiyotlardan  mustaqil  ta’lim 

mavzusi  uchun  etarli  ma’lumot  ololmasligi  mumkin.  Chunki,  mustaqil  ta’lim 

mavzusi  aynan  bir  muammoviy  mavzuga  yoki  aniq  bir  masalaga  yo‘naltirilgan 

bo‘ladi.  Bu  esa  aynan  shu  masala  uchun  tegishli  bo‘lgan  adabiyotlar  va  manbalar 

ro‘yxatini qo‘shimcha tarzda talabalarga etkazib berish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 


 

12 


Adabiyotlar va manbalar ro‘yxatiga ega bo‘lgan holda aniq bir mavzu yuzasidan 

ma’lumotlar  yig‘ish  va  uni  tahlil  qilish  talabaga  osonlik  tug‘diradi,  uning  vaqt 

taqsimotini  to‘g‘ri  tashkil  qilishga  yordam  beradi,  bu  esa  o‘z  navbatida  mustaqil 

ta’lim jarayonida olingan natijaning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. 



Download 436,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish