O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Samarqand viloyati turizmi rivojlantirishda mavsumga ko`ra ish tutish



Download 177,1 Kb.
bet12/14
Sana05.09.2021
Hajmi177,1 Kb.
#165058
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
turizm kurs ishi.rtf

4. Samarqand viloyati turizmi rivojlantirishda mavsumga ko`ra ish tutish
Koronavirus pandemiyasi bugun global iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lmoqda. Deyarli barcha davlatlar iqtisodiyoti, turli soha va tarmoqlari mazkur infeksiya tarqalishi tufayli katta zarar ko‘rib, hatto, to‘xtab qoldi. Bu ayniqsa, xalqaro turizmga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Davlatlar aholi salomatligi xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘z eshiklarini yopdi, aviareyslar va boshqa transport vositalari qatnovi to‘xtadi. Bunday holat iqtisodiyoti faqat turizm bilan bog‘liq mamlakatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Keyingi yillarda sayyohlik jadal rivojlanayotgan mamlakatimizda ham ana shunday murakkat vaziyatda oqilona yo‘l tutgan holda turistik faoliyat bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirishga e’tibor susaytirilmadi. Garchi xorijiy va mahalliy sayyohlik ma’lum muddat to‘xtab qolgan bo‘lsa-da bu vaqt ichida joylarda yangi turistik ob’yektlarni tashkil etish, mavjudlari faoliyatini takomillashtirish ishlari davom etdi.

Bugun esa yurtimiz shahar va qishloqlari, sayyohlik maskanlari bosqichma-bosqich mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan buyon Samarqand viloyatiga 500 nafar xorijlik sayyoh kelgan. Vaholanki, o‘tgan yilning shu davrida chet ellik mehmonlar 227 ming nafardan ko‘proqni tashkil etgan. Mahalliy sayyohlar ham o‘tgan yilgidan to‘rt barobar kam (286 ming kishi) keldi.

– Hozirda epidemiologik holat barqarorlashgan bir qator davlatlar pandemiya sharoitida ham sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda sayyohlar qabul qilishni boshlayapti. Jumladan, bizda ham turistik kompaniyalar, mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub’yektlar davlat tomonidan berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar asosida ish boshlamoqda. Lekin shu paytgacha ham viloyatimizning turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turistik ob’yektlar barpo etish, sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida belgilangan ishlarni amalga oshirdik. Xususan, yilning birinchi yarmida viloyat bo‘yicha 24 ta turistik loyiha ishga tushirildi. Samarqand shahri va Urgut tumanida jami 143 o‘rinli 6 mehmonxona, 162 o‘rinli 18 ta oilaviy mehmon uylari tashkil etildi. 11 ta yangi turoperator faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Viloyatimizga keladigan sayyohlar faqat Samarqand shahri va shahar atrofidagi tarixiy-madaniy meros ob’yektlariga sayohat qilish bilan cheklanmasligi uchun shahar tashqarisida borishi mumkin bo‘lgan joylarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratyapmiz. Shu maqsadda yil boshidan buyon tumanlarda 13 ta yangi turistik marshrut tashkil etildi. Misol uchun, Samarqand tumanidagi Konigil qishlog‘ida namunali tipdagi “Turizm qishlog‘i”, Bog‘ibaland mahallasida esa “Turizm mahallasi” tashkil etilmoqda. Bu ikki hudud ham o‘ziga yarasha uzoq tarixga ega, hunarmandchilik, bog‘dorchilik bo‘yicha ibratli tajribasi bor. Ajodlaridan meros an’analarni bugungi avlod ham davom ettirib kelmoqda va tabiiyki, bu mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun qiziqarli. Muhimi, bu hududlar turizm maskani bo‘lgach, deyarli barcha xonadon mazkur tarmoq orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi. Yangi turistik ob’yektlar, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va joylashtirish vositalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad, sayyohlarning viloyatda qolish kunlarini uzaytirish bilan bir qatorda, aholi turmush tarzini yaxshilash, aholining qo‘shimcha daromadini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishdan iborat

O‘tgan yildan boshlab joriy etilgan “Gastronomik turizm”, “Tibbiyot turizmi”, “Hunarmandchilik turizmi” haftaliklarini bu yil ham davom ettiramiz. Ayni paytda bu borada targ‘ibot ishlarini olib boryapmiz. Bu orqali biz Samarqandning o‘ziga xos yangi turistik yo‘nalishlarini ochamiz.Departament tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda qayd etilishicha, 2020-2021 yillarda viloyatda aholini ish bilan ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida turizm sohasida 54 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish va 1300 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Birgina joriy yilda 34 ta loyiha ishga tushiriladi va 732 nafar fuqaro mazkur tarmoqda ish boshlaydi.

Hozirda Samarqand shahridagi Orzu Mahmudov, Islom Karimov, Alisher Navoiy va Pushkin ko‘chalari hamda Universitet xiyobonini turistik maskanga aylantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqildi, – deya so‘zida davom etadi D.Narziqulov. – Orzu Mahmudov ko‘chasida gastronomik turizm hududini tashkil etish ishlari yakunlanmoqda va bu yilgi mavsumda sayyohlar kelib bu yerdagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Ushbu ko‘cha yaqinida joylashgan “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tutash hududda esa “Turizm ta’lim bog‘i” tashkil etiladi. M-37 va M-39 avtomagistralining viloyatimiz hududidan o‘tgan qismida esa 8 ta joylashtirish vositalari (mehmonxona, kemping va boshqalar) va ovqatlanish shoxobchalarini ishga tushirish bo‘yicha jadal ish olib borilmoqda. Umumiy qiymati 74,7 milliard so‘m bo‘lgan bu loyihalarning amalga oshirilishi bilan 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Viloyatning tog‘li hududlarda joylashgan sanatoriy va dam olish maskanlaridan sayyohlik maqsadlarida samarali foydalanish yuzasidan ham loyihalar mavjud.

Ayni paytda viloyatda 1800 o‘rinli 25 sanatoriy, 2780 qabul quvvatiga ega bolalar oromgohlari bo‘lsa-da ularning barchasidan ham samarali foydalanilyapti, deb bo‘lmaydi. Bunday ob’yektlarni bosqichma-bosqich mahalliy va xorijiy investorlarga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotish rejalashtirilgan. Jumladan, Urgut tumanining so‘lim Omonqo‘ton qishlog‘ida joylashgan “Do‘stlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ana shunday shart bilan “ZAMIN-TRAVEL” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga berildi. Mazkur jamiyat 2022 yil yakuniga qadar bu yerda 2 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritib, bu yerda sport-sog‘lomlashtirish majmualariga ega 100 o‘rinli bolalar sport-sog‘lomlashtirish oromgohi, 75 o‘rinli 20 ta kemping (dam olish maskanlari), uch yulduzli xizmatlar sifatiga ega 100 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona majmuasi tashkil etishi belgilangan.

Xuddi shunday Samarqand tumanidagi “Yangi joy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Anisabonu” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Oqbo‘yra garden” dam olish maskani tashkil etilmoqda. Umumiy qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 20 ta yozgi va 20 ta qishki dam olish uylari, basseyn, umumiy ovqatlanish markazi foydalanishga topshiriladi. Toqqa sayr qilish yo‘lga qo‘yiladi. Xullas, bugun Samarqand turizmida ham pandemiya tufayli yo‘qotilgan vaqt va mablag‘, imkoniyatlarni tiklash uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Ishlamay turgan korxonalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilayotir. Eng muhimi, bu vaqt turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub’yektlar, sohaga mas’ullar uchun ish faoliyatni tahlil etish, kelgusi reja va maqsadlarni aniq belgilab, amaliy harakatlarni kuchaytirish uchun yetarli fursat bo‘ldi.

Samarqand shahrining batafsil loyihalashtirish planining yangilangan rejasini tasdiqlagan holda zarur obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, turizm infratuzilmasi obyektlarida bankomat va terminallar o‘rnatgan holda maxsus esdalik sovg‘alari shoxobchalarini shahar ko‘chalari bo‘ylab oqilona taqsimlash, butunjahon Internet axborot tarmog‘idan foydalanishga keng imkoniyat yaratgan holda turistlar gavjum joylarda Wi-Fi hududlarini tashkil etishni nazarda tutgan holda Samarqand shahri hududini obodonlashtirish;

“Samarqand nonlari”, “Samarqand hunarmandlari”, “Milliy taomlar”, “Sharq shirinliklari” kabi har yilgi mavzuli festivallarni tashkil etish va o‘tkazish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun axborot turlarini tashkil etish, ekskursiyalarning turistik xaritalarini tayyorlash, shuningdek ommabop xorijiy telekanallarda Samarqandning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, hududning diqqatga sazovor joylari va boy tarixiga bag‘ishlangan ma’lumotlarni butunjahon Internet axborot tarmog‘i va ommabop ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish orqali keng qamrovli reklama kampaniyasini o‘tkazish va Samarqand shahri brendini targ‘ib etish; yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish, shu jumladan “Zarafshon” davlat qo‘riqxonasi hududini va u yerda saqlanayotgan Buxoro bug‘usining (xongulning) turistlar tomonidan keng qamrovli kuzatilishi uchun ilmiy-rekreatsion hududlarni tashkil etish, turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo qilish sharti bilan hududda turizm majmuasi va ekoturizm zonalari tashkil qilish; WTCF turistik shaharlarning xalqaro yo’nalishlar sifatidagi jozibadorligini, ularning xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek turistik shaharlar va hududlarda muvozanatli iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga ko’mak berishga yo’naltirilgan. Ta’kidlash joizki, D.Narzikulov Pekinda o’tkazilgan “Beijing Expo 2019” ko’rgazmasida Samarqandning turistik salohiyatiga oid taqdimot o’tkazdi. Ko’rgazmaga tashrif buyurgan minglab ishtirokchilar Samarqand shahriga sayohat qilishga katta qiziqish bildirishdi. Samarqand shahriga WTCF’ga a’zolik sertifikatini rasmiy topshirish marosimi 2019 yilning sentabrida Helsniki (Finlyandiya)da o’tkaziladigan Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasining navbatdagi sammitida bo’lib Samarqand jahon turizm markaziga aylanadi

Samarqand shahrida MDH mamlakatlari turizm kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda birinchi turistik yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir dasturiga ko‘ra, hamdo‘stlik davlatlari, xalqaro tashkilotlarning shu soha bo‘yicha mas’ullari bir kun Samarqand shahridagi turistik ob’yektlar, tarixiy-madaniy yodgorliklar bo‘ylab sayohat qildi. Yo‘nalish katta emas edi – Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek rasadxonasi, “Konigil-meros” qog‘oz ishlab chiqarish ustaxonasi va boshqa o‘nga yaqin maskan. Mehmonlar kun davomida ushbu ob’yektlar bilan tanishgach, Samarqanddagi tarixiy obida va muqaddas qadamjolarning har birini bir kun tomosha qilish mumkin ekan, deyishdi. Bunday fikrni avval ham ko‘p eshitganmiz. Yoki xorijga borib kelgan yurtdoshlarimiz sayohatga borgan joylaridagi muzey yoki tarixiy maskanni tomosha qilish uchun bir kun vaqt ajratilganini aytishgan. Bunday dastur, avvalo, turist uchun sayohatdan ko‘proq zavq olish, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishda qulay imkoniyat. Ikkinchi tomondan, sayyohlarning bir necha kun mehmon bo‘lishidan o‘sha yurt iqtisodiyoti ham yaxshigina foyda ko‘radi.Mamlakatimizning sayyohlik salohiyati jahonning turizm rivojlangan davlatlaridan kam emas. Ya’ni, bizda borib ko‘rish, ziyorat qilish, zavq olish mumkin bo‘lgan turistik ob’yektlar ko‘p. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimizdan tashqari, mamlakatimizning boshqa istalgan hududida ekologik turizm, agroturizm, ziyorat turizmi, gastronomik turizm va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish imkoniyatlari bor.Bugun dunyo mamlakatlarida kuzatilayotgan turizmni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish tendensiyasi keyingi yillarda bizning yurtimizda ham yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Prezidentimizning mazkur tarmoqqa bo‘lgan alohida e’tibori natijasida O‘zbekistonning boy turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish, sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida uzoq istiqbolga mo‘ljallangan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ular uchun zamonaviy servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli o‘tgan yili viloyatga 2017 yildagidan ikki borabar ko‘p, ya’ni 2 million mahalliy hamda 351 ming xorijlik sayyoh keldi. Ularga 116,7 million dollarlik xizmatlar ko‘rsatildi. Xorijiy sayyohlarning viloyatda qolishi o‘rtacha 2,5 kunni tashkil etdi. Bu yil esa 2,5 million mahalliy va 500 ming chet ellik sayyohning kelishi kutilmoqda.

– Samarqand bugungi kunda sayyohlarni nafaqat bir necha asrlik tarixiy obidalari bilan, balki betakror tabiat manzaralaridan zavq olib, mazmunli dam olish, sayr qilish, milliy urf-odat va an’analar bilan yaqindan tanishish, sharq shirinliklari, sarxil meva-sabzavot va bog‘dorchilik mahsulotlaridan tatib ko‘rish, sharqona bozorlarda xaridlarni amalga oshirish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish, davolanish va boshqa imkoniyatlar mavjudligi bilan o‘ziga rom etmoqda,

– Ayni paytda viloyatimizda 541 ta turistik ob’yekt, 157 ta turoperatorlik sub’yekti mavjud. Bir vaqtning o‘zida 6100 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega 131 ta mehmonxona va 93 ta mehmon uyi faoliyat ko‘rsatmoqda. 209 ta turistik sinfga mansub avtotransport vositalari, 230 nafar hamroh-tarjimonlar sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Yaqin yillargacha sayyohlar uchun taklif etiladigan yo‘nalishlarimiz asosan Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va muzeylar bilan cheklanardi. Lekin bugun viloyatimizda turizmning tarixiy-madaniy, ziyorat, ekologik, gastronomik, madaniy-ma’rifiy, arxeologik, sog‘lomlashtirish va agroturizm yo‘nalishlari jadal rivojlanib, yil sayin ulardagi ob’yektlar ko‘payib bormoqda.

Jumladan, keyingi yillarda ziyorat turizmi marshrutiga Samarqand shahri va viloyatimizning boshqa tuman, shaharlaridagi Islom Karimov maqbara-majmuasi, Xo‘ja Abdu Darun, Xo‘ja Abdu Berun, Xo‘ja Ishoqi Vali, Abdurahmon ad-Dorimiy, Shayx Xudoydodi Vali, Said Ibrohim Ibn Imomi Musoi Kozim ziyoratgohlari qo‘shildi.Ekologik turizm yo‘nalishiga qo‘shilgan Jomboydagi Zarafshon milliy bog‘i, Samarqand tumanidagi Ohalik va Mironqul tog‘li qishloqlari, Urgutdagi Taxtaqoracha dovoni va Beshkon, Omonqo‘ton, Qoratepa qishloqlaridagi suv omborlari va g‘orlar, tog‘li hududlar, Nurobod tumanidagi Sazag‘on, Anjirli, Jom, Ibroyim ota aholi yashash maskanlaridagi rekreatsion hududlar, Qo‘shrabotning Pangat, Qizilbel, Qoratosh, Jonbuloq qishloqlaridagi buloqlar atrofi, Fozilmon davlat o‘rmon xo‘jaligi sayyohlarga manzur bo‘lmoqda. Ushbu ob’yektlar atrofida servis shoxobchalarining tashkil etilgani hudud aholisi bandligini ta’minlash va ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlayapti.

Shuningdek, Zarafshon milliy bog‘ida tashkil etilgan ekoturizm maskani, Samarqand tumanining Bo‘zi mahallasidagi “Chinaras” agro-eko turizm hududi, Konigil mahallasidagi milliy kulolchilik buyumlari ustaxonasi ham sayyohlar bilan gavjum bo‘lmoqda.Shu paytgacha Samarqand gastronomik turizm marshruti asosan “Samarqand nonlari” va “Qovun sayli”dan iborat bo‘lsa, endilikda ular qatoriga “Palov sayli”, “Sharq shirinliklari”, “Kishmish”, “Silk Road Bazaar” festivallari, “Novvot sayli”, “Kabob sayli” va boshqa shu kabi tadbirlar qo‘shildi. E’tiborlisi, mazkur festivallar faqatgina Samarqand shahrida emas, boshqa tuman va shaharlarda ham o‘tkazilmoqdaki, bu viloyatimizning barcha hududlarida turizmni rivojlantirish uchun keng yo‘l ochmoqda.Joriy yilda Samarqand tumani Konigil mahallasida joylashgan “Konigil House” gastronomik va etnik-animatsion markazi yangi yo‘nalish sifatida kiritildi. Bu yil yana Samarqanddagi Bog‘ibaland anjirzorlarini ham yo‘nalishga kiritib, sayyohlarning ushbu jannat mevasidan tatib ko‘rishlari va bu bog‘lar bilan tanishishlari uchun qulaylik yaratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, keyingi paytda viloyatda agroturizm va sog‘lomlashtirish turizmi ham ommalashib, ushbu yo‘nalishlarda ham sayyohlar oqimi oshmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Samarqandga xorijdan kelayotgan sayyohlarning ko‘p qismi xalqimizning boy san’ati va madaniyati, betakror folklor va etnografik asarlarimizga, milliy xalq o‘yinlarimizga ham juda qiziqadi. Shundan kelib chiqib, madaniy-ma’rifiy turizm marshrutiga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Registon maydonidagi Sherdor va Mirzo Ulug‘bek madrasalarida folklor guruhlarining konsert dasturlari, tumanlarda “Chavqi”, “Beshqarsak”, “Sarbozi” folklor jamoalarining chiqishlari, Registonda 3D shousi, “El-merosi” milliy madaniy teatri, “Uloq-ko‘pkari” o‘yinlari, alla aytish, chaqaloqni beshikka belash marosimlarini namoyish etish qo‘shildi. Xususan, yaqinda Bulung‘ur tumanida “Baxshilar festivali” tashkil etildi. Joriy yilda Samarqand turizm yo‘nalishlariga yangi – ta’lim turizmi kiritildi va bunda eng ommalashgan va sayyohlarni o‘ziga jalb qilgan maskan Payariq tumanida bunyod etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi bilan tanishib, ushbu maskan bizga buyuk ajdodlarimizning kimligini anglatishi, ma’naviyat, ma’rifatni targ‘ib etishini ta’kidlagan va bu yerni har bir yurtdoshimiz ziyorat qilishi maqsadga muvofiqligini qayd etgan edi.Ayniqsa, xalqaro markazdagi muzey va undan o‘rin olgan tarixiy eksponat va ashyolar, buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hayot yo‘li xronologik tarzda aks ettirilgan suratlar har bir sayyohni o‘ziga rom etib, hayratini oshirishi tabiiy. Shu bois bugun Samarqandga keladigan, Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qiladigan har bir inson mazkur markaz va muzeyga borish istagini bildirmoqda.

Gap ta’lim haqida borar ekan, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda Samarqand xalqaro “Ipak yo‘li” turizm universiteti tashkil etilganini alohida ta’kidlash lozim. Turizm sohasi uchun zamonaviy fikrlaydigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mazkur ta’lim muassasasi uchun ayni paytda bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan bino va inshootlar bunyod etilmoqda. Faoliyat boshlaganiga qisqa vaqt bo‘lsa-da, hozirgacha universitet o‘ndan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik shartnomalari imzoladi. Bu esa universitet talabalarining xorijda o‘qishni davom ettirishi, bilim va malakasini oshirishi uchun keng imkoniyat yaratib, mamlakatimiz turizm sohasi uchun yetuk kadrlar tayyorlash va soha taraqqiyotiga xizmat qiladi.Turizm uchun sarflangan bir so‘m o‘n so‘m bo‘lib qaytadi Sayyohlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar, sarflanayotgan mablag‘ va boshqa resurslar izsiz ketmayapti. Kutilgan natijalarga erishilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatga 1 million 433 ming turist tashrif buyurgan. Ularning 227 ming nafarini xorijlik sayyohlar tashkil etadi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘p degani. Agar shu tarzda har yili sayyohlar oqimi ikki barobar oshib boraversa, yaqin yillarda Samarqand jahon turizm markazlaridan biriga aylanishi, viloyat iqtisodiyotida mazkur tarmoqning ulushi ham sezilarli darajada oshishi shubhasiz. Birgina joriy yilning birinchi yarmida 100 mingga yaqin sayyohga ko‘rsatilgan mehmonxona xizmatidan tushgan tushum 49 milliard 762 million so‘m yoki 5 million 786 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Bu raqamlarni ham o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda ikki barobar o‘sishni ko‘rish mumkin. Shuningdek, turistik transport va turoperatorlik firmalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushum 27 milliard 841 million so‘mni tashkil etdi. Albatta, bunday o‘sish sur’atlari sohaga investitsiyalarni faol jalb etish, sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirishni taqozo etadi. Shu maqsadda ayni paytda viloyat miqyosida 3,29 trillion so‘mlik 46 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Uning 348,3 million dollari xorijiy investitsiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Xususan, 37 ta loyiha zamonaviy mehmonxonalar qurilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning umumiy qiymati 1,855 trillion so‘mni tashkil etadi.Yirik loyihalardan tashqari, xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ham katta mablag‘ va vaqt talab qilmaydigan loyihalar amalga oshirilib, soha rivojiga hissa qo‘shilmoqda. Bu o‘rinda joriy yil boshidan buyon Samarqand shahri va viloyatning tabiati maftunkor tog‘li hududlarida bir vaqtning o‘zida 820 nafar mehmonga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega 93 ta uy mehmonxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash lozim.

Samarqandda turizm sohasida olib borilayotgan ishlar, sayyohlar uchun yangi yo‘nalishlar, yangi xizmatlar joriy etilganini dunyo mamlakatlariga ma’lum qilish, xorijdagi sayyohlik firma va kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish ham soha taraqqiyotida muhim omil sanaladi. Shu sababli Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat turizmni rivojlantirish departamenti mas’ul xodimlari va viloyatdagi turistik kompaniyalar vakillari turli mamlakatlarda o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, bu yil Ispaniyada “FITUR-2019”, Turkiyadagi “EMITT-2019”, Rossiyadagi “MITT-2019”, Germaniyadagi “ITB BERLIN-2019”, Latviyadagi “Balttour-2019”, Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Arabian tarvel market” xalqaro turistik ko‘rgazmalarida Samarqandning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, xorijiy davlatlarning telekanallari ijodkorlari Samarqandga kelib, maxsus ko`rsatuvlar tayyorladi.




Xulosa
O’zbekistonda turizmni rivojlantirishni ommaviy tus olishi uchun faqatgina yuqorida ko’rsatilgan chora-tadbirlar yetarli emas, albatta. Buning uchun turistik ta’lim, tarbiya, targ’ibot, tashkiliy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda bir yoqadan bosh chiqarib, yo’limizda uchragan barcha kamchiliklarni bartaraf etishimiz kerak. Vatanimizda Turizmning taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda Turizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda xatolarsiz amalga oshirsh lozim. Hozirgi kunda turizmni rivojlantirishda turli tarixiy joylar, mexmonxonalar rekonstruksiya qilindi ko`plab ko’ngil ochar masakanlar, istiroxat boglari, teatr, kinoteatrlar va boshqa xizmat ko’rsatish joylari qurilmoqda. Ko`plab tur firmalar faoliyatini aynan ichki turizmga bog`lab yangi turlar ishlab chiqib mahalliy aholi uchun hizmat ko`rsatmoqda. Mamlakatimizda turizm rivojlanishi jamiyatning yangilanish davriga to`g`ri kelib, u asta-sekinlik bilan sodir bo`layotgan o`zgarishlar jarayonini hisobga olgan holda, uning sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. O`zbekiston sharoitida turizmni hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada rivojlantirish uchun etarlicha turistik resurs imkoniyatlari mavjuddir.


Download 177,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish