Takrorlash uchun savollar
Antratsen unumlarining tasnifi
Antratsen unumlarining kimyosi
Antratsen unumlarining tibbiyotda ishlatilishi
19-ma’ruza
Mavzu: Bo‘yoqdor ro‘yan, ekstraktini olish texnologiyasi
Reja:1.Bo‘yoqdor ro‘yanni er ostki kismlarini maydalash
2. Xom ashyo tarkibidan antratsen unumlarini ekstraksiyalash
3. Kuyuk ekstraktni olish
4. Quruq ekstraktni olish
Bo‘yoqdor ro‘yan ekstraktini olish texnologiyasi
Bo‘yokdor ro‘yanning quruq ekstrakti ekstraktiv moddalar yig‘indisidan iborat. Tarkibida 8 % ga yaqin antratsen unumlari bor. Ekstrakt - rangli kukun, nordon ta’mli va gigroskopik ko‘rinishga ega. Bo‘yokdor ro‘yanning er ostki kismlaridan tayyorlangan kuruk ekstrakt boy kasal (podagra), buyrakda tosh yigilishiga karshi, urat, fosfat, oksalat - toshlarini parchalovchi preparatlar sifatida ko‘llaniladi. Preparat tabletka ko‘rinishida chikariladi.
Xom ashyo sifatida bo‘yokdor ro‘yanning er ostki kismidan foydalaniladi. Ildizida 5-6% oksi metilantraxinonlar va ularning unumlari mavjud. Bundan tashkari ildizi o‘z tarkibida limon, olma va vino kislotalari, shakar, oksil, pektinli va dubil moddalarni saklaydi.
Bo‘yokdor ro‘yanni er ostki kismlarini maydalash. Kuritilgan bo‘yokdor ro‘yanning ildizi va ildizpoyasi KDU tipli tegirmonda 2-3 mm gacha maydalanadi.
Xom ashyo tarkibidan antratsen unumlarini ekstraksiyalash.
O‘simlik xom ashyosini ekstraksiyalashda gilofli, teskari sovutgichli, yolgon tubli, yukori yuklovchi va yondan yukni chikaruvchi ekstraktordan foydalaniladi. Ekstraksiyalash jarayoni 600S da 3 marta 96% li etil spirti yordamida olib boriladi. Kaynok spirtli ekstrakt azot okimi yordamida druk-filtr orkali filtrlanib, yiggichga yigiladi. Ekstraksiyalashdan keyin vakuum yordamida rektifikatsion kolonkaga yuboriladi va spirt yukori bug bilan rektifikatsiya kilinadi. Kolonkada kolgan chikindi koldikga chikarib tashlanadi.
Kuyuk ekstraktni olish. Birlashtirilgan spirtli ekstraktlarni vakuum - sirkulyasion buglatish apparatida 500S da katta bosimda 1/15 kism kolguncha olib boriladi. Spirtli ekstrakt gilofli emallangan kristallizatorga kuyiladi. Sovituvchi sifatida sho‘r suv ishlatiladi. Massa kristallizatorda 50S temperaturada 24 soatga koldiriladi. 24 soatdan keyin nutch-filtrda filtrlanadi, etanol bilan yuviladi. Kuyuk ekstrakt 59-60% namlik va 30-31% antratsen unumlarini saklaydi.
Kuyuk ekstraktni sut kandi bilan aralashtirish va kuritish. Kuyuk ekstrakt aralashtirgichda sut kandi bilan aralashtiriladi, sut kandi shunday mikdorda ko‘shiladiki, bunda massa tarkibidagi boglangan antratsen unumlarining mikdori 8% dan kam bo‘lmasligi kerak.
YAxshilab aralashtirilgan ekstrakt 2-3 sm kalinlikda zanglamaydigan po‘lat listga yoyiladi va koliferli kuritgichda 500S temperaturada 24-36 soat davomida kuritiladi. Kuritilgandan so‘ng kuruk ekstrakt 1,5% namlikni va 8-8,5% antratsen unumlari saklaydi.
Maxsulot chikish unumi — 45,6%.
Do'stlaringiz bilan baham: |