O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti “Biotexnologiya” kafedrasi



Download 1,42 Mb.
bet35/88
Sana01.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#161554
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

III.NAZARIY MATERIALLAR


1-ma’ruza

Mavzu: Fitopreparatlar texnologiyasi fanini qisqacha tarixi. Bu fanning

boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.



R eja:

  1. Fanning tarixi

  2. Biofaol moddalarni ajratish.

  3. Ajratib olingan moddalarni tozalash.

  4. Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jixozlash.

Kirish. Fanning predmeti maqsadi va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

Tabiatda birinchi paydo bo‘lgan tirik jonzot xastalikka uchraganda davosini atrof-muxitdagi o‘simliklardan topgan. Tabobat paydo bo‘lgandan boshlab odamlar dorivor o‘simliklarni turli xastaliklar uchun xar xil usullarda ishlatib kelganlar. Zamonaviy fizik-kimyoviy usullar rivojlana boshlashi bilan o‘simliklar kimyosi va farmakologiyasining muvoffaqiyatlari natijasida ba’zi o‘simliklarni shifobaxsh ekanligi aniqlandi. Botaniklar, kimyogarlar va farmakologlarning izlanishlari o‘simlik tarkibida moddalarning xar xil sinflaridan (alkaloidlar, glikozidlar, flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar va boshqalar) qimmatbaxo dori vositalarni ajratib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Bu izlanishlar natijasida fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani vujudga keldi.

Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani o‘simliklar kimyosini va o‘simliklardan olinadigan dorivor maxsulotlarni tahlil qilish usullari va ularni sanoatda olinish texnologiyalarini o‘rgatadi.

Fitopreparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab va ko‘p bosqichlidir. O‘simlik tarkibining murakkabligi va kimyoviy tarkibining xar xilligi, o‘simlik xom ashyosini sifatini aniqlashda qiyinchilik tugdiradi.

Xozirgi davrda tabobatimizda keng tarqalgan va ogir kasalliklarni davolash uchun o‘simliklardan tayyorlangan yangi dorivor preparatlar zarurdir. Buning uchun shu O‘simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo‘lgan qismlaridan - ya’ni ba’zi o‘simliklarning er osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba’zilarining esa er ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug‘, po‘stloq yoki o‘t o‘simliklarning butunlay er ustki qismi-o‘ti) foydalaniladi.

Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasining tibbiyotdagi axamiyati kattadir. CHunki kimyo faniningayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada taraqqiy qilishiga va ko‘plab kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddalar sintez yo‘li bilan olinishiga qaramay tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor preparatlarning 40% ga yaqini o‘simliklardan olinadi. Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolash soxasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ni tashkil qiladi. Kelajakda tibbiyotda dorivor o‘simliklar va ulardan olinadigan dorivor preparatlarni yanada ko‘proq ishlatish rejalashtirilmoqda.

Dorivor o‘simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyot soxasida bo‘lgan talabning ortib borishiga asosiy sabab sintez yo‘li bilan olingan xar bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste’mol qilish inson va xayvon organizmida turli noxush o‘zgarishlarni yuzaga keltirishidir. SHunga ko‘ra so‘nggi vaqtlarda butun dunyoda o‘simlik dorivor preparatlariga - fitopreparatlarga va dorivor o‘simliklarga extiyoj ortmoqda. Bu esa o‘z navbatida fanning axamiyatini yanada ortishiga olib keladi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish