O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


Davlat  maqsadli  jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlarning  budjet



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/219
Sana18.08.2021
Hajmi6,56 Mb.
#151229
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   219
Bog'liq
budjet tizimi

Davlat  maqsadli  jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlarning  budjet 

sohasidagi vakolatlari quyidagilar: 

 davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining  loyihalarini  tayyorlaydi  va 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadi

 davlat  maqsadli  jamg’armalarining  mablag’lari  bo’yicha  xarajatlar 

smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi; 

 davlat  maqsadli  jamg’armalarining  budjetlari  daromadlari  prognozini 

davlat  soliq  xizmati  organlari  va  bojxona  organlariga  yilning  har  choragida 

etkazadi; 

 Budjet  Kodeksining  149-moddasida  nazarda  tutilgan  tartibda  davlat 

maqsadli  jamg’armalari  budjetlariga  o’zgartirishlar  kiritish  bo’yicha  takliflar 

tayyorlaydi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi

 davlat  maqsadli  jamg’armalariga  majburiy  to’lovlar  va  boshqa  tushumlar 

to’liq hamda o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi

 davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining  tegishli  davrdagi  ijrosi 

to’g’risidagi  hisobotlarni  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  taqdim 

etadi; 


 davlat  maqsadli  jamg’armalari  mablag’laridan  maqsadli  foydalanilishi 

ustidan nazoratni amalga oshiradi; 

 davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini ijro etish jarayonida tushumlarni 

ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi

 davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari maqbullashtirilishini amalga 

oshiradi; 

 davlat maqsadli jamg’armalarining Yagona g’azna hisobvarag’i va boshqa 

bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi; 

 davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi; 



 

 

102 



      

 

 davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining  daromadlari  va  xarajatlari 



balansliligiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  normativ-huquqiy  hujjatlarni  moliyaviy  va 

iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi. 

Davlat  maqsadli  jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlar  qonun  hujjatlariga 

muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Budjet  tizimini  boshqarishda  yuqori  va  quyi  budjetlar  o’rtasidagi 

munosabatlarni  tashkil  qilish  va  tartibga  solish  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu 

munosabatlarni  qonun  bilan  tartibga  solish  maqadida  Budjet  kodeksida 

daromadlarni  budjet  tizimi  bo’g’inlari  o’rtasida  qayta  taqsimlash  yo’llari,  qaysi 

daromadlarni  qaysi  budjet  bo’g’iniga  tushishi,  qaysi  xarajatlar  qaysi  Budjetdan 

amalga  oshirilishi  belgilab  berildi.  Bu  budjet  munosabatlarini  tartibga  solishda 

muhim qonuniy asos bo’lib xizmat qilmoqda. 

Xorij  davlatlari  misolida  ko’radigan  bo’lmak,  Amerika  Qo’shma  Shtatlarida 

budjet  tizimini  boshqarish  bir  muncha  farq  qiladi,  bunga  asosiy  sabab  ularning 

shtatlarga  bo’linganligi  va  shtatlarning  mustaqil  budjet  siyosatini  yuritishidadir. 

AQSh  shtatlari  budjetining  har  bir  shtatda  budjet  siyosatining  mustaqil  tarzda 

yuritilishi, ya’ni shtatlarning daromadlari va xarajatlarini o’zlari qabul qilishlari va 

shtatlarda  daromadlar  manbalarni  o’zlari  shakllantiradilar.  Shtatlar  budjeti 

AQShning  oliy  organi,  ya’ni  Kongressga  yillik  hisobotlarini  topshiradilar  va 

Prezident tomonidan tasdiqlanadi. 

Moliya  vazirligi  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  boshqaruvi  organi 

hisoblanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  respublikaning  markaziy  moliya-

iqtisodiy  organi  sifatida  O’zbekiston  Respublikasining  moliyaviy  narx  siyosatini 

hayotga  tatbiq  etadi  va  uning  butun  hududida  moliya,  narx-navoni  tashkil  etish 

faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. 

Moliya  vazirligi  O’zbekiston  Respublikasining  vazifalari  va  funktsiyalarini 

amalga  oshirish  uchun  zarur  moliyaviy  negiz  yaratishni,  respublika    budjetini 



 

 

103 



      

 

ishlab  chiqish  va  ijro  etishni,  uning  daromad  qismi  barqarorligini  ta’minlashni, 



valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni 

ta’minlaydi.Moliya  vazirligi  respublika  budjeti  ham  daromadlar,  ham  xarajatlar 

bo’yicha  ijro  etilishi  uchun,  moliyaviy  resurslarni  umumrespublika  ehtiyojlariga 

safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  tumanlar  hokimliklari  boshqarmalari  va  bo’limlari 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi. 

Moliya vazirligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar 

faoliyatini  to’g’ridan-to’g’ri  yoki  o’zi  tashkil  etadigan  organlar  orqali 

muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi. 

Moliya  vazirligi  tizimiga  kiruvchi  organlarni  boshqarish  jarayonida  Vazirlik 

O’zbekiston  Respublikasining  moliyaviy  va  narx-navo  siyosatini  amalga 

oshirishning birligini ta’minlaydi. 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish