Bu nazariyaga binoan boshqaruvchi ko‘rsatma beribgina qolmay, har bir
kishining qobiliyatini ishga yo‘naltiradi. Ishning ko‘zini bilgan rahbar o‘z
bo‘ysinuvchilariga vakolatlar va qabul qilingan qarorlarni bajarishda erkinlik
beradi.
Umuman rahbar oldida qo‘yidagi ikki maqsad turishi kerak:
motivatsiya vositalarini yaxshilash yo‘li bilan bo‘ysinuvchilarning norozilik
darajasini pasaytirib borish;
xodimlarning tashabbusini uyg‘otadigan motivatsiyaning kuchli vositalarini
qo‘llab, ularning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |