O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 0,63 Mb.
Sana15.08.2021
Hajmi0,63 Mb.
#148300
Bog'liq
O`simliklarning morfologik farqi(1)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

 Mavzu:


Turli joylarda o`suvchi o`simliklar morfologik farqlari

Bajardi: sirtqi bo`lim Musiqa yo`nalishi 1-bosqich talabasi Maxsudova Mohinur Tekshirdi: Murtazoyev U.

Toshkent-2020

O‘simliklarning turli sharoitda o‘sishi tabiatshunoslik darslaridan sizga ma’lum. O‘simliklar o‘sishda joy tanlamaydi. Ular suvsiz, qumli va sho‘rxok cho‘llarda, hamisha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadigan joylarda, inson qadami yeta olmaydigan g‘oyat baland tik qoyatoshlarda, g‘orlar ichkarisida va suv ostida ham o‘saveradi. Tabiatda dengiz, daryo, ko‘l va kanallarda, shuningdek, botqoqliklarda o‘sadigan o‘simliklar ham kam emas. O‘simliklar uzoq yillar davomida turli sharoitda o‘sishga moslashgan.

Oʻsimliklar morfologiyasi, fitomorfologiya — botanikaning boʻlimi; oʻsimliklarning tuzilishi va forma hosil boʻlishi jarayonlaridagi qonuniyatlarni oʻrganadigan fan. Oʻsimliklar morfologiyasining tarixiy taraqqiyoti davomida undan oʻsimliklar anatomiyasi, oʻsimliklar embriologiyasi, sitologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Tabiatdagi oʻsimliklarning morfologik jihatdan turlitumanligini aniqlash; tuzilishi, organlar va organlar sistemasining oʻzaro joylashuvi qonuniyatlarini oʻrganish; oʻsimliklarning umumiy tuzulishi va ayrim organlarining individual rivojlanishida (ontomorfogenez) oʻzgarishini tadqiq etish; oʻsimlik dunyosining evolyutsion rivojlanishida organlarning paydo boʻlishini izohlash (filomorfogenez); forma hosil boʻlishida turli xil tashqi va ichki omillar taʼsirini oʻrganish Oʻsimliklar morfologiyasining asosiy muammolaridan hisoblanadi. Morfologik tadqiqotlarning asosiy metodlari — tasvirlash, chogʻishtirma va eksperimental metodlardir. Birinchisi oʻsimlik organlari va organlar sistemasini tasvirlaydi (organografiya), ikkinchi metodda tasvirlangan material tavsiflanadi va h.k.

Eksperimental metodda nazorat etiladigan tashqi muhit kompleksi sunʼiy hosil qilinadi hamda bu sharoitda oʻsimliklarning morfologik reaksiyasi va boshqalar oʻrganiladi. Oʻsimliklar morfologiyasi botanikaning boshqa boʻlimlari: oʻsimliklar paleobotanikasi, oʻsimliklar sistematikasi va filogeniyasi, oʻsimliklar fiziologiyasi, oʻsimliklar ekologiyasi, oʻsimliklar geografiyasi va geobotanika, genetika va oʻsimlikshunoslik bilan chambarchas bogʻliq. Oʻsimliklar morfologiyasi juda qadimdan oʻrganila boshlangan. 17-asrda Oʻsimliklar morfologiyasini nazariy umumlashtirish sohasida dastlabki ishlar qilingan (italiyalik olimlar A.Sezalpin, M.Malpigi, nemis olimi I.Yung). Lekin Oʻsimliklar morfologiyasi soha sifatida 18-asr oxirlarida shakllandi. Bu vaqtda "Oʻsimliklar metamorfozi haqida tajriba" ("Opnt o metamorfoze rasteniy", 1790) kitobi nashr qilinib, bunda I.V.Gyote "morfologiya" terminini fanga joriy etishni taklif etdi.



19-asrning birinchi yarmida Oʻsimliklar morfologiyasi ancha rivojlandi. O.P.Dekandol (1827) Gyotedan mustasno organlar va ular metamorfozi toʻgʻrisida xulosaga keldi. Ochiq urugʻlilar urugʻkurtagi ustidagi dastlabki tadqiqotlar angliyalik botanik R.Brounga tegishlidir; u ignabarglilarda arxegoniy va spermiyni anikdadi. Oʻsimliklar morfologiyasi fanining chogʻishtirma metodi rivojlanishida nemis botanigi A.Braunning xizmati katta. 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida Oʻsimliklar morfologiyasining rivojlanishiga Ch.Darvinning evolyutsion nazariyasi katta taʼsir koʻrsatdi (qarang Darvinizm). Oʻsimliklar morfologiyasi evolyutsiyasidagi boshqa yoʻnalishlar rivoji, asosan, qazilma oʻsimliklarnn oʻrganishga asoslandi. Mas, angliyalik botanik F.Bouer, nemis olimi G.Potonye va fransuz O.Linyelar tomonidan quruqlikdagi yuksak oʻsimliklar asosiy organlari oʻrganildi. Gulning kelib chiqishi nazariyasi Oʻsimliklar morfologiyasi evolyutsiyasini tushuntirishda muhim ahamiyatga ega. Angliyalik botaniklar N.Arber va J.Parkin va avstriyalik botanik R.Vettshteyn, rus botanigi X.Ya.Gobi mevalarning birinchi evolyutsion tasnifini ishlab chiqishdi. Ontogenetik Oʻsimliklar morfologiyasi filogenetik va eksperimental Oʻsimliklar morfologiyasi bilan mustahkam aloqada rivojlandi. Nemis botanigi A.Eyxler bargning rivojlanish tarixi (1869) va gul tuzilishi qonuniyatini (1878—82), rus botanigi V.A. Deynega esa bir pallali va ikki pallali oʻsimliklar bargi otnogenezini tadqiq etdilar.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish