Ish jismi ko‘pincha bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo‘ladi. Masalan, ichki yonuv dvigatellarida tarkibiga vodorod, kislorod, uglerod (II) – oksid, azot, karbonat angidrid va suv bug‘lari kiradigan yonish maxsulotlari ish jismi hisoblanadi.
Gazlar aralashmasining barcha tarkibiy qismlari bir xil temperatura va bir xil hajmga ega, deb faraz qilaylik. Agar gazlar aralashmasi tarkibiga kiruvchi har qaysi komponent, barcha aralashma kabi, ideal gazning holat tenglamasiga bo‘ysunadi deb hisoblasak, aralashmadagi ayrim-ayrim komponentlarning bosimlari Dalton qonuniga bo‘ysunadi: bu qonunga ko‘ra gazlar aralashmasining bosimi ayrim komponentlar partsial bosimlarining yig‘indisiga teng.
(19)
Bunda p1, p2….pn – aralashma komponentlarining partsial bosimlari.
Gazlar aralashmasidagi biror komponent aralashma temperaturasida bo‘lib, bir o‘zi shu aralashma egallagan hajmni to‘ldirganda ko‘rsatayotgan bosim ayni komponentning partsial bosimi deyiladi. Dalton qonuni ideal gazlar uchungina to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |