O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Sug’urta va pensiya ishi” kafedrasi


Sug‘urtaning paydo bo‘lish tarixi



Download 4,16 Mb.
bet6/143
Sana25.03.2023
Hajmi4,16 Mb.
#921525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

2. Sug‘urtaning paydo bo‘lish tarixi
Insonlarning hayot va sog‘liq riski bo‘yicha pul fondlarining shakllanishi va zararni taqsimlash haqida antik davrga xos bo‘lgan ko‘plab fikr mulohazalar mavjud. Dalillarga ko‘ra rim professional va harbiy jamoalarining kassalarini shuningdek dafn uchun tashkil etilgan kassalarni ilk o‘zaro kassalar deb hisoblashimiz mumkin.Rim jamoasining nizomida oddiy a’zolariga umumiy kassa uchun davriy a’zolik badallarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan.Bundan maqsad shuki jamoa a’zolari o‘lim yoki baxtsiz holat yuz bergan holatda dafn marosimi xarajatlari , nogironlik xarajatlari, halok bo‘lgan fuqaroning oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish xarajatlarini ushbu kassadan to‘lab beradilar.11
SHuningdek o‘zaro shaxsiy sug‘urtaning oddiy ko‘rinishi o‘rta asrlarda hunarmand Sexlar va gildiyalar doirasida mavjud bo‘lgan. Hunarmandlarning o‘zaro sug‘urtasi to‘g‘risidagi ilk qarashlar Angliyada -X asrda, Germaniyada-XI asrda , Daniyada-XII asrda paydo bo‘lgan. Sexlar va gildiyalarning ustavlarida a’zolar o‘rtasidagi barcha o‘zaro aloqalarni tashkil etish tartibi shuningdek a’zolik badallarining to‘lanishi va umumiy kassadan xarajatlarni amalga oshirish tartibi keltirib o‘tilgan.Sex kassasi ko‘p maqsadli xarakterga ega bo‘lib ,mulkiy zararlarni qoplash uchun ijtimoiy to‘lov bo‘lib ham xizmat qiladi. Sex kassasi dafn xarajatlari, halok bo‘lgan shaxsning oilasiga yordam ,og‘ir kasal va nogironlarga yordam pullarini to‘lab beradi.
Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi o‘zaro yordam aloqalarida jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va ularni haqiqiy sug‘urta tamoyillari asosida tashkil etilishiga zamin yaratdi. Qonun bo‘yicha XV-XVII asrlar Evropada sug‘urta munnosabatlarining keng tarmog‘i o‘rnatilgan davr deb ataladi.Sug‘urta jamiyati bilan bir vaqtda mulkiy risklar va o‘zarolik tamoyillariga asoslangan hayot sug‘urtasiga doir turli tashkilotlar vujudga kela boshladi. 1653 yil Fransiyada tontine deb atalgan umrining qolgan qismi bilan bog‘liq lotoreya vujudga keldi. XVI asrning oxirlarida Angliyada hayot sug‘urtasining faqatgina o‘z a’zolarining o‘limi holatlarida belgilangan summani to‘lab beruvchi jamiyati rivojlandi. Evropada XVII-XVIII asrlar oralig‘ida hayot sug‘urtasi dengiz sug‘urtasiga qo‘shilganligi sababli o‘z faolyatining asosiy ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Kema va yuklarning sug‘urtasi bilan bog‘liq naryadlar kema kapitani bilan hayot sug‘urtasi shartnomasi tuzishni taqozo etdi. XVII asr o‘rtalarida Londonda Flit-Strit klubida tashkil topgan tahliliy tashkilot Lloyds ushbu turdagi sug‘urta faolyati bilan shug‘ullanadi. 1663 yilda angliyalik tadbirkor Jeyms Dodson ushbu klubni qabul qilishni rad etdi va ilmiy statistika bazasi sohasidagi hayot sug‘urtasi bo‘yicha o‘z jamiyatini tuzishga qaror qildi. U Londondagi turli xil qabristonlar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni to‘pladi,vafot etganlarning o‘rtacha yoshini ,ularning yillar bo‘yicha sonini hisobladi va ushbu statistik ma’lumotlardan sug‘urta mukofotini hisoblashda foydalandi. Sug‘urta tarixida uning ushbu izlanishlari hayot sug‘urtasi tashkilotlarida ilmiy yondashuvning tadbiq etilishida asos vazifasini bajargan deb hisoblanadi.
1740 yilda birinchi ixtisoslashtirilgan sug‘urta kompaniyasi “Ishonchli hayot jamiyati” tashkil qilindi, 1762 yilda esa aktuar hisob –kitoblardan va to‘lov va badallarning qattiq yo’lga qo‘yilgan tartibidan foydalanuvchi birinchi tijorat sug‘urta kompaniyasi Adolatli hayot sug‘urta jamiyati paydo bo‘ldi.Aynan shu erda ijtimoiy risklar sohasidagi sug‘urta biznesining uzoq tizimli rivojanishi uchun asoslar yaratildi.
Rossiyada hayot sug‘urtasi biroz keyinroq vujudga keldi. XVIII asr oxirlarida davlat buyrug‘i bo‘yicha ruscha negizda sug‘urta munosabatlarini joriy qilishga urinish boshlandi. 1771 yilda yagona g‘azna to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra bu tashkilot davlat hayot sug‘urtasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi zarur bo‘lgan, ammo bu amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmagan. Faqatgina 1860 yilga kelib birinchi o‘zaro shaxsiy sug‘urta tashkiloti paydo bo‘ldi. Bu buyurtmachilar, tipografik va hunarmand ishchilarning o‘zaro sug‘urta jamiyati hisoblangan. Davriy sug‘urta to‘lovlarini to‘lash orqali jamiyat a’zolari kasal bo‘lgan, ishsiz, tibbiy yordam olish, kam miqdorda pensiya tayinlangan holatlarda mablag‘ olish huquqini qo‘lga kiritadilar. 1863 yilda “Hayot” nomi ostida hayot sug‘urtasi bo‘yicha birinchi tijorat sug‘urta jamiyati tashkil etildi. 1883 yilda ishchilar to‘lovlari umumdavlat subsidiyalari yoki davlat g‘aznasi hisobidan shakllantiriladigan “Umumdavlat doimiy kassa to‘risidagi” qonun qabul qilindi. Nafaqa va pensiyalar mansab va lavozimiga bog‘liq ravishda ish haqiga nisbatan foizlarda to‘langan. 1913 yilda K.G.Voblogo ning baholashiga ko‘ra bir milliondan ortiq odam doimiy kassa orqali sug‘urta qilingan. XX asrning boshlarida pensiya kassasi deyarli barcha davlat vedemostlari va ko‘plab professional birlashmalarida u yoki bu ko‘rinishda amal qilgan.

Download 4,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish