V. Litsenziyalar reyestri 22. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang. 23. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
VI. Davlat boji to‘lash tartibi 24. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatiga litsenziya berilganligi uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorida davlat boji undiriladi.
Davlat boji O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
VII. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish 25. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida sug‘urtalovchi va sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining ayrim turlari (toifalari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
27. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining ayrim turlari (toifalari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
29. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi, shuningdek e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.