O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


 Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning o‘ziga xos jihatlari



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

3. Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning o‘ziga xos jihatlari 
Jamiyatni  rivojlantirish,  huquqiy  davlatga  asos  solish,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  va 
ijtimoiy-siyosiy  jarayonlardagi  ishtirokini  faollashtirish,  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish,  davlat  hokimiyati 
organlarini tizimini nomarkazlashtirish natijasida fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. 
Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sayin sotsial strukturalar ham takomillashadi, uning yangidan-yangi 
funksiyalari  paydo  bo‘ladi.  Fuqarolik  jamiyati  sharoitida  sotsial  strukturalarga  tasnif  berish  ijtimoiy 
tuzilmasi to‘g‘risidagi bilimlarnitahlil etishda unga doir kategoriyalar to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘lish 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  SHuning  uchun  fuqarolik  jamiyati  klassik  darajada  rivojlangan  Evropa 
namunasidagi fuqarolik jamiyati konsepsiyasining mohiyati nimada?, degan savolga javob berishga zarurat 
tug‘iladi. 
 Bu konsepsiyada fuqarolik jamiyatining muhim mezoni sifatida erkin fuqarolik jamoalarning teng 
huquqli,  avtonom  va  faol  xatti-harakat  qilayotgan  individlarning  mavjudligi  yaqqol  ajratib  ko‘rsatilgan. 
Fuqarolik  jamiyati  uchun  eng  muhim  mohiyat  kasb  etuvchi  jihatlar  –  bu  alohida  olingan  individlar  o‘z 
shaxsiy xohishlariga bo‘ysungan holda, «ijtimoiy manfatlardan» mustaqil holda shaxsiy ehtiyojlaridan kelib 
chiqib  shunchaki  o‘z  oldiga  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishishga  intilishni  emas,  balki  o‘zining  mavjud 
bo‘lgan qonuniy manfaatlari va ehtiyojlarini chindan ham qondirishi hisoblanadi. 
Bu soha, ya’ni «byurger» xususiy shaxs sifatida o‘zini o‘zi aniqlagan individuallik o‘z xohishlari va 
shaxsiy avtonomligini qondirishga qaratilgan o‘z talablarini ilgari surgan shaxsiy manfaatlari va ehtiyojlarini 
amalga oshiriadi. Fuqarolik jamiyatida o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlar shuning uchun hamijtimoiy (sotsial) 
kenglik deyiladiki, ular xususiy individ sifatida sotsial aktorlardan ham mustaqil ajralgan holda ham faoliyat 
yuritishi mumkin.  
G‘arb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi quyidagilardan iborat: 
–jamiyatning asosiy birligi – siyosiy qaramlikdan holi bo‘lgan, o‘z huquqlaridan foydalanishga qobil 
bo‘lgan shaxs; 
–turli  tuman  manfaatlarni  ifodalash  va  amalga  oshirish  zaruriyati  asosida  shakllanadigan  jamoat 
tashkilotlari va harakatlar; 
–nodavlat  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  va  institutlar  (xususiy  mulk,  mehnat,  tadbirkorlik  va 
hokazo);  
–davlatdan mustaqil bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar (xususiy firmalar va boshqalar);  
–jamoat birlashmalari va tashkilotlari;  
–saylovchilar uyushmalari, turli klublar va to‘garaklar; 
–munitsipal, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlari; 
–ta’lim va tarbiyaning nodavlatsohasi; 
–nodavlat ommaviy axborot vositalari; 
–siyosiy  partiyalar,  qonun  chiqaruvchi  va  vakillik  organlari  atrofidagi  davlat  bilan  fuqarolik 
jamiyatini (bog‘lovchi bo‘g‘in» sifatidagi) turli lobbi tashkilotlari; 
–tadbirkorlar,  fermerlar  tashkilotlari,  kasaba,  iste’molchilar  uyushmalari,  ilmiy  va  madaniy 
tashkilotlar, sport jamiyatlari va boshqalar. 
–oila;  
–diniy tashkilotlar va boshq. (3.1.-rasm). 
Sotsial  struktura  ichidagi  fuqarolik  jamiyatining  asosi  -  davlat  va  siyosiy  tashkilotlarning 
barqarorligiga zaruriyat sezadigan o‘rta sirnf hisoblanadi. «O‘rta sinf»ning vakillari yuqori darajada sotsial 
va  iqtisodiy  mustaqillikka  ega  bo‘ladi.Aristoteldan  boshlab  Russo  va  Gegelgacha  bo‘lgan  barcha 
mutafakkirlar xususiy mulkni mustaqil fuqarolar yaratishdagi o‘rnini e’tirof etgan. 
SHuningdek, qator tadqiqotchilar fuqarolik jamiyatini rivojlanishiniquyidagi isbot talab qilmaydigan 
jihatlarini ajratib ko‘rsatdi: 
–fuqarolik jamiyati davlatgacha yoki davlatdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi; 
                                                           
36
 Қаранг: Основы политической науки. Часть I. Под.ред. В.П.Пугачева.-М.: МГУ им. М.В.Ломоносова, 1996. –Б.219-221. 


42 
 
–ayni  davlat,  qaysiki  fuqarolik  jamiyati  uning  chegarasi  ichida  mavjud  bo‘ladigan  davlat 
fuqarolarning  farovonligi  va  ularning  alohida  maqsadlariga  (agar  bu  maqsadlar  qonunga  xilof  bo‘lmasa) 
mansub jihatlarni himoya qiladi; 
–fuqarolik  jamiyati  davlatdan  fuqarolarning  hayotini,  sog‘lig‘ini,  xavfsizligini  va  boshqa  ijtimoiy 
manfaatlarini himoya qilishni talab qilishga haqlidir; 
–bir  tomondan  moddiy  mo‘l-ko‘lchilikda  yashayotgan,  ikkinchi  tomondan  muhtojlikda  turmush 
kechirayotgan o‘rtasidagi ziddiyatlarni yumshatuvchi ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish majburiyati davlat 
zimmasiga klanadi; 
–davlat o‘zining tashqi siyosati va mudofaa qudrati bilan fuqarolik jamiyatini yashashini ta’minlaydi. 
Hozirgi davrda jamiyatshunos olimlar tomonidan fuqarolik jamiyatini strukturalashning uchta asosiy 
yondashuvini ilgari surdi: institutsional, tizimli va sektorli. Ularni ichida institutsional yondashuv kengroq 
tarqaldi. Bu  yondashuv asosi sifatida tarixiy rivojlanish jarayonidaodamlarning sotsial xatti-harakatlari va 
sotsial  aloqalarini  muvofiqlashtirish  maqsadi  zaruriyati  sifatida  paydo  bo‘lgan  ijtimoiy  hayot  birligi 
(uyushmasi) sifatida shakllangan «sotsial institut» tushunchasi qabul qilingan. Bu tavsifga tayangan holda, 
institut  sifatida  ham  bir  butun  holdagi  fuqarolik  jamiyatini,  ham  uni  tarkibiy  qismlarini  alohida-alohida 
tarzda ko‘rib chiqish mumkin. Bunda fuqarolik jamiyati bozor munosabatlari asoslari, demokratik davlat, 
asosan – davlatdan mustaqil ravishda yashash (avvalambor, moliyaviy) manbalari mavjud bo‘lgan sotsial 
sinflar  va  qatlamlar  mavjudligi  bilan  tavsiflanadigan  ijtimoiy  munosabatlarning  yaxlit  tizimi  sifatida 
namoyon bo‘ladi. Bu fuqarolik institutlarbir butun jamiyatga mansub bo‘lgan, uning biron-bir qismi yoki 
tizim  ostiga  taalluqli  bo‘lmagan,  balki  uning  rivojlanishining  muayyan  bosqichida  turishi  bilan 
ifodalanadigan institutlardir.
37
  
Institutsional  yondashuvning  muhim  tomoni  shundaki,  u  fuqarolik  jamiyatining  u  yoki  bu 
manfaatlarni amalga oshirayotgan alohida olingan omillarini ajratish va tavsiflash imkonini beradi.  
SHuningdek,fuqarolik  jamiyatini  strukturalashning  tizimli  yondashuvi  ham  o‘zining  qator 
afzalliklariga  egadir.  SHuning  uchun  ham  turli  jamiyatga  doir  adabiyotlarda  ko‘pincha  «struktura» 
tushunchasi  «tizim»  sinonimii  sifatida  ishlatiladi.
38
Bu  kabi  nuqtai  nazardan  kelib  chiqilsa,  har  bir 
mamlakatdagi  fuqarolik  jamiyati  quyidagi  tizimiy  belgilarga  ega  bo‘ladi:  u  biron-bir  sotsiallik  turiga 
mansub (keng ma’noda) bo‘lib, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarga bo‘linish, muayyan darajadagi 
suverenlik, ierarxiyalik, barqarorlik, rivojlanib va o‘zgarib borish, ochiqlik, turli moslashuvlar, organik birlik 
(yaxlitlik) vadifferensyalashish
39
 kabi sifatlarga ega bo‘ladi. 
Fuqarolik jamiyati o‘z ichiga qator ostki tizimlarni oladi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy. Bu 
ostki  tizimlarning  funksiyalaridan  kelib  chiqib  ularning  har  biri  doirasida  alohida-alohida  ravishda 
shakllanadigan fuqarolik jamiyatining uyushmalarini strukturalash mumkin. 
SHuningdek,  fuqarolik  jamiyati  strukturasini  uch  sektorlik  nazariya  asosida  ham  ko‘rib  chiqish 
mumkin  (3.2.-rasm).  Uning  muhim  jihati  -  bu  fuqarolik  jamiyatini  gorizontal  tekislikda  (uch  sektorga 
bo‘lingan holda), shu bilan birga, uni vertikal,  ya’ni ijtimoiy tizimdagi holatini yaxlit tarzda tahlil qilish 
mumkinligidadir. Gorizontal bo‘lish deganda faoliyatlari ustuvorligidan kelib chiqib jamiyatni uchta teng 
huquqli  sektorlarga  bo‘lish  tushuniladi.  Dastlabki  ikki  sektor  davlat  va  siyosiy  institutlar  va  ishbilarmon 
xususiy  tashkilotlar  va  korxonalar.  Hozirgi  davrda  uchinchi  –  foyda  olishni  ko‘zlamaydigan  sektor  ham 
paydo  bo‘ldi.  Bu  sektor  aholining  o‘z  oldiga  shaxsiy  daromad  olishni  qo‘ymaydigan  guruhlari  va 
tashkilotlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Uchinchi  sektorga  oila  bilan  hukumat  va  foyda  keltiruvchi  biznes 
vakillaridan iborat sektor o‘rtasida rivojlangan faollashuv sektori sifatida qaraladi. Bu qarashlarga muvofiq 
vertikal  ravishda  bo‘linishda  uchta  daraja  –faoliyatga  oid  bo‘lgan  fuqarolik  faolligi  (xususan,  fuqarolik 
jamiyati) vanofuqaroviy hamjamiyat (jinoiylikka taalluqli bo‘lgan) darajalari mavjudligini ifodalaydi.  
Faoliyatga oid daraja o‘z ichiga siyosiy institut sifatida davlat, iqtisodiy va biznes-strukturalar, foyda 
olishni  ko‘zlamaydigan  tashkilotlar  doirasida  amalga  oshadigan  barcha  yuridik  jihatdan  rasmiylashgan 
aloqalar va munosabatlarni oladi. Nofuqarolik jamiyati – bu barcha uchta sektordagi norasmiy (yashirin) va 
jinoiy faoliyatga moyil guruhlardir. Bu darajalar orasiga jamiyat faoliyati sohasining o‘rta holati sifatida, bir 
                                                           
37
 Резник, Ю.М. Формирование институтов гражданского общества (социоинженерный подход) / Ю.М. Резник // Социс. – 1994. – №10. – 
С. 21 – 30. 
38
Карташов,  В.Н.  Гражданское  общество  как  система  (социально-правовой  аспект)  /  В.Н.  Карташов  //  Вестник  Ярославского 
государственного университета им. П.Г.Демидова.–2009.–№1.–С. 37-43. 
39
Дифференциация [фр. differentiation < лот. differentia фарқ қилиш, тафовут] - 1)бир бутуннинг турли қисмлар, шакллар ва даражаларга 
бўлиниши, ажралиши, парчаланиши. 


43 
 
tomondan,  huquqiy  maydon  doirasida,  ikkinchi  tomondan,  davlat  tomonidan  muvofiqlashtirilmaydigan 
fuqarolik jamiyati joylashadi. 
Albatta, fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalarini o‘rganishda uchchala yondashuvning har biriga 
ehtiyoj seziladi. Fuqarolik jamiyatida ishtirok etayotgan har qanday omil institutlashadi, o‘zining ustuvor 
maqsadlariga bog‘liq holda sektorlarga bo‘linadi, o‘ziga xos muayyan muhitda faoliyat yuritadi. Ularning 
hammasini bir doiraga jamlanishi ostki tizimlarga bo‘linadigan fuqarolik jamiyatini tashkil etadi.  
Aksariyat jamiyatshunos olimlarning fikricha, fuqarolik jamiyatining strukturalari quyidagi belgilar 
bilan tavsiflanadi:  
–sotsiallik  (sotsial  manfaatlar  va  intilishlarni  artikulyasiya  qilish,  odamlar va  buyumlar  o‘rtasidagi 
emas, balki, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va aloqalar;  
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish