O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Jamoatchilik  nazoratining  monitoring  shakli



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Jamoatchilik  nazoratining  monitoring  shakli.  Jamoatchilik  nazoratining  monitoring 
shakli  dastlab  atrof-muhitdagi  o‘zgarishlarni  o‘rganishda  qo‘llangan.  Masalan,  O‘zbekistonda 
nazoratning  monitoring  shakliOrolbo‘yi  mintaqasida  bir  qator  holat  va  ko‘rsatkichlarnikuzatish 
maqsadida  o‘tkazilgan.  Jamoatchilik  nazoratiga  ekologiya  sohasidan  kirib  kelgan  mazkur  usul, 
keyinchalik, jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham qo‘llana boshladi.  
Mamlakatni  modernizatsiyalash  jarayonida  mavjud  muammolarni  hal  qilish  yangi 
muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Lekin,  vujudga  kelayotgan  yangi  muammolar  taraqqiyotning 
yangi, yuqoriroq bosqichida, shu bosqichning talablariga mos ravishda hal qilinadi. Ana shunday 
muammolarni  samarali  hal  qilish  uchun  jamiyatdagi  ijtimoiy  munosabatlar  tadrijini  muntazam 
tahlil qilish zarurati vujudga keladi. Ana shunday tahlil talablariga jamoatchilik monitoringi to‘la 
javob  beradi.  Ijtimoiy  munosabatlar  tadrijini  tashxis  qilish  va  bashorat  qilish  vazifasini 
bajaruvchi  jamoatchilik  monitoringi,  ayni  paytda,  mazkur  jarayonlarni  boshqarish  bo‘yicha 
tezkor axborot olish imkonini ham beradi. 
Jamoatchilik  monitoringining  boshqa  tadqiqot  usullaridan  afzalligi  shundaki,  uning 
yordamida  ijtimoiy  ko‘rsatkichlarning  keng  doirasi  bo‘yicha  olinadigan  ma’lumotlarni 
muntazam  to‘ldirib  va  uyg‘unlashtirib  borish  imkoni  paydo  bo‘ladi.  Axborotlarni  ana  shunday 
to‘ldirish  va  uyg‘unlashtirish  asosida  muntazam  yangilanib  turuvchi  axborot  banki  yaratiladi. 
Ayni mana shu afzalligi jamoatchilik monitoringining keng tarqalishi uchun asos yaratmoqda.  
Jamoatchilik  monitoringi  jamoatchilik  faolligining  yangi  shakli  bo‘lib,  muayyan  tizimlar 
to‘g‘risida muntazam va ilgarilab boruvchi axborot olish imkonini beradi. Olingan axborotlarda 
tizimning  holati  monitoring  ko‘rsatkichlari  yordamida  ifodalanadi.  Monitoring  ko‘rsatkichlari 
komplekslik  va integrativlik mezonlari  asosida shakllanadi.  Komplekslik  tushunchasi  tizimning 
turli  tarkibiy  qismlari  to‘g‘risida  axborot  olishni  anglatsa,  integrativlik  mezoni  olinayotgan 
axborotning  o‘sha  tarkibiy  qismlari  o‘zaro  ta’sirini  ifodalashni  ta’minlaydi.  Mazkur  axborotlar 
tizimdagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlarni o‘zaro aloqadorlikda ifodalaydi.  
“Monitoring” tushunchasi muayyan ob’ektlarning holati to‘g‘risida maxsus tashkil etilgan 
tizimli  kuzatishni  anglatadi.  Masalan,  atrof-muhitni  monitoring  qilish  tabiatdagi  ob’ektlarning 
holati va ulardagi o‘zgarishlarni kuzatishni anglatadi. 
Jamoatchilik  monitoringi  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  va  umuman,  fuqarolik  jamiyati 
institutlari tomonidan davlat hokimiyati organlari faoliyatining amaldagi qonunchilikka mos yoki 
mos  emasligini  nazorat  qilish  maqsadida  amalga  oshiriladi.  Jamoatchilik  monitoringi  davlat 
hokimiyati organlari faoliyatiga baho berish bilan birga, zarur bo‘lgan hollarda ularni korreksiya 
qilish imkonini ham yaratadi. 


225 
 
Jamoatchilik monitoringi quyidagi tamoyillarga asoslanib o‘tkaziladi: 

tizimlilik va xolislik; 

qonuniylik va ochiqlik; 

olinayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi. 
Ijtimoiy ahamiyatga molik  dasturlarni jamoatchilik  monitoringidan  o‘tkazishning maqsadi 
mazkur  dasturlarni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishni  takomillashtirish  bo‘yicha  tavsiyalar 
ishlab  chiqishdir.  Bunday  tavsiyalar  monitoring  natijalarini  jamoatchilik  muhokamasidan 
o‘tkazish asosida qabul qilinadi.  
Ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni jamoatchilik monitoringidan o‘tkazish texnologiyasi 
o‘zaro  bog‘liq  va  muayyan  ketma-ketlikda  tashkil  etilgan  harakatlar  yig‘indisi  bo‘lib,  ularni 
amalga  oshirish  manfaatdor  shaxs  va  tashkilotlarga,  birinchi  navbatda,  nodavlat  notijorat 
tashkilotlarga ijtimoiy ahamiyatga molik mazkur dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda 
ishtirok  etish  imkoniyatini  beradi.  Bunday  ishtirok  aholiga  ko‘rsatilayotgan  ijtimoiy 
xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.  
Jamoatchilik  monitoringi  bir  necha  usullardan  foydalanib  o‘tkaziladi.  Bunday  usullar 
jumlasiga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:  statistik  tahlil;  byudjet  tahlili;  huquqiy  tahlil; 
so‘rovnomalar; intervyu. 
Monitoring 
o‘tkazish 
dasturimuammoli 
vaziyatni 
tavsiflashni 
ham 
qamrab 
oladi.Monitoring  ana  shu  vaziyatni  statistik  ma’lumotlar,  ommaviy  axborot  vositalarida  chop 
etilgan ma’lumotlar, shuningdek, boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilishni 
nazarda  tutadi.  Ana  shunday  tahlil  asosida  ijtimoiy  ahamiyatga  molik  dasturlarning  mazmuni, 
maqsadga  yo‘naltirilganligi  muammoni  hal  qilish  uchun  belgilangan  tadbirlarning  etarli  yoki 
etarli  emasligi,  asoslanganligi,  amalga  oshirish  mexanizmlari  mavjudligi,  jamoatchilik  fikri 
hisobga  olingani  yoki  olinmaganligi,  uni  tuzishda  jamoatchilikning  ishtirok  etish  darajasi 
baholanadi. 
Jamoatchilik  monitoringidan  o‘tkazishning  tashkiliy  shakli  tashabbuskor  tashkilot 
tomonidan  ishlab  chiqilgan  loyiha  hisoblanadi.  Loyihada  jamoatchilik  monitoringini  tashkil 
qilishning  asosiy  bosqichlari  ifodalangan  bo‘ladi:  tayyorgarlik  ko‘rish  bosqichi,  jamoatchilik 
monitoringi bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilish bosqichi, yakunlovchi bosqich. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish