O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/190
Sana09.08.2021
Hajmi8,04 Mb.
#143320
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   190
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Jamoatchilik  ekspertizasi.  “Ekspertiza”  tushunchasi  muayyan  masalani  mutaxassislar 
tomonidan o‘rganish va u haqda xulosalar berishni anglatadi. Ijtimoiy sohada shunday masala va 
muammolar mavjudki, ularni o‘rganish va tadqiq qilish muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Bu 
qiyinchiliklar  o‘rganilayotgan  masala  va  muammoning  murakkabligi  tufayli  vujudga  keladi. 
SHuning uchun ham, jamiyatda ekspertiza qilishga katta ehtiyoj mavjud.  
Ekspertiza qilish, ko‘pincha, biror bir hujjat, loyiha, bajarilgan ish natijalari haqida xulosa 
berishni  anglatadi.  Ijtimoiy  ekspertiza  mutaxassis  (ekspert)lar  tomonidan  ob’ektning  holatini 
tashxislash, uning haqidagi axborot to‘g‘riligi va ishonchliligini aniqlash, uning keyingi tadrijini, 
shuningdek, boshqa ob’ektlarga ta’sirini prognozlash hamda qaror qabul qilish uchun tavsiyalar 
ishlab  chiqishni  qamrab  oladigan  tadqiqotdir.  Ekspertiza,  jumladan,  jamoatchilik  ekspertizasi 
to‘rt funksiyani bajaradi:  
1.  Diagnostik  funksiya.  Mazkur funksiya o‘rganilayotgan  ob’ektning  holatini  aniqlashni 
ifodalaydi. 
2.  Axborot-nazorat  funksiyasi.  Mazkur  funksiya  ob’ekt  va  uning  atrofidagi  muhit 
haqidagi  axborotni  o‘rganish,  uning  to‘g‘riligiva  ishonchliligini  aniqlash.  Agar  axborotda 
noaniqlik va noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lsa, ularga tegishli tuzatishlar kiritishni bildiradi. 
3.  Prognostik funksiya. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektning yaqin, o‘rta va uzoq 
istiqbolda qanday holatga o‘tish ehtimolini aniqlashni bildiradi. 
4.  Loyihalash  funksiyasi.  Mazkur  funksiya  o‘rganilayotgan  ob’ektni  ekspertiza  qilish 
natijalariniijtimoiy loyihalash va qarorlar qabul qilishda qo‘llashni nazarda tutadi. 
Jamoatchilik  ekspertizasining  ob’ektlari  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlarining 
faoliyati,  ijtimoiy  institut  va  jarayonlar,  konsepsiyalar,  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  bo‘lishi 
mumkin.  Jamoatchilik  ekspertizasidan  o‘tkazish  lozim  bo‘lgan  ob’ektlarning  barchasini  sanab 
o‘tish juda ko‘p vaqt talab qiladi. Umumlashtirib aytganda, jamoatchilik ekspertizasining ob’ekti 
davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  faoliyatining  qonunlarga  mosligi  yoki  mos 
emasligidan  tashqari,  ijtimoiy,  siyosiy  ahamiyatga  molik  barcha  faoliyat  va  jarayonlar  bo‘lishi 
mumkin.  Lekin  jahondagi  mamlakatlar  o‘z  taraqqiyotining  turli  bosqichlaridagi  ehtiyojlaridan 
kelib chiqib jamoatchilik nazoratining turli qirralari yoki ob’ektlariga oid qonunlar qabul qilishi 
mumkin.  Jamiyat,  ijtimoiy  guruh  yoki  alohida  shaxslar  hayoti  va  faoliyatiga  ijobiy  yoki  salbiy 
ta’sir  o‘tkazishi  mumkin  bo‘lgan  har  qanday  hujjat  va  qarorlar  ekspertizadan  o‘tkazilishi 
mumkin.  


224 
 
Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  qabul  qilgan  yoki  qabul  qilmoqchi  bo‘lgan 
qarorlar quyidagi hollarda ekspertizadan o‘tkazilishi tavsiya etiladi: 

qabul  qilingan  yoki  qilinayotgan  qarorlarning  aholi  hayot  faoliyatiga  va  turmush 
darajasiga o‘tkazadigan ta’siri miqyosini aniqlash zarur bo‘lganda; 

qabul  qilingan  qarorni  amalga  oshirishning  oqibatlari  turli  ijtimoiy  guruhlar,  turli 
hududlar hayotida vujudga keltiradigan oqibatlari qay darajada turli-tuman bo‘lishi mumkinligini 
aniqlash zarur bo‘lganda; 

qabul  qilingan  qaror  va  hujjatlar  to‘g‘risida  turli-tuman,  bir-biriga  zid  fikrlar  mavjud 
bo‘lganda; 

qabul qilingan yoki tayyorlangan qaror etarli asoslanmaganda. Uning ijobiy va salbiy 
oqibatlari qanday bo‘lishi aniq bo‘lmaganda; 

qaror  qabul  qilayotgan  organ  mazkur  qarorning  oqibatlarini  bashorat  qilishga  ehtiyoj 
sezganda; 

bir-biriga zid bo‘lgan qaror variantlari mavjud bo‘lganda. 
Bizning  mamlakatimizda  jamoatchilik  nazorati  bo‘yicha  tayyorlangan  qonun  loyihasi 
bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik ekspertizasining maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari  faoliyatining  amaldagi  qonunlarga  mosligini,  shuningdek,  mazkur  qarorlar  fuqarolar 
manfaatlariga hamda jamoatchilik fikriga qay darajada mosligini aniqlashdan iborat.  
Jamoatchilik  ekspertizasi  murakkab  jarayon  bo‘lganligi  tufayli,  uning  ob’ektivligi  va 
xolisligiga erishishning asosiy yo‘li ekspertlarning hamkorlikda ish olib borishidir.  

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish