Elat degan tushuncha arabchadan tilimizga kirib kelgan. Elat deganda bir tilda so‘zlashuvchi, o‘ziga xos madaniyati
mavjud bo‘lgan va ma’lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o‘z tuzilmasiga ega
bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy birlik tushuniladi. Elat — kishilarningtil, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan
birligi. Elatga ko‘p jihatdan bir-biriga yaqin qabilalar birlashadi. Qadimda kishilarning elat bo‘lib, bir hududda yashashlari
ular orasida umumiy manfaatdorlik, qon-qarindoshlik his-tuyg‘ularini kuchaytirgan. Elatlar, kuchli qabilalarning kuchsiz
qabilalarni o‘ziga bo‘ysundirishi va ular b-n aralashib ketishi natijasida ham shakllangan. Elat o‘z qiyofasini saqlab qolishi,
rivojlanib, millat darajasiga ko‘tarilishi uchun o‘z davlatiga ega bo‘lishi kerak. Umumiy manfaatdorlik hissi va uni himoya
qilish mas’uliyati daklatni vujudga keltirgan. Nisbatan markazlashgan dastlabki davlatlar qadimgi Misr, Bobil, Turonda va
boshqa joylarda paydo bo‘lgan. Sayyoramizning boshqa joylarida, jumladan, G‘arbiy va SHarqiy Evrupada elatlar o‘rta
asrlarda shakllangan. Dunyoda bunday jarayonlar davom etayotgan mamlakatlar hozir ham bor. SHuning uchun bo‘lsa
kerak, jonli so‘zlashuv tilida millat va elatlar degan iboralar ishlatib turiladi. Ko‘pincha, elat deganda, kamsonli, madaniy-
ma’rifiy, iqtisodiy-siyosiy jihatdan nisbatan kam rivojlangan xalqlarham tushuniladi.
Sobiq Ittifoqda 1926 yilda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatida 230 dan ortiq millat va elat yashaydi, deyilgan
bo‘lsa, 1959 yilgi aholi ro‘yxatida bu raqam 129 taga tushib qolgan. Demak, 100 dan ortiq elat, asosan, kam sonli
xalqlar o‘z milliy qiyofalarini yo‘qotib, ko‘p sonli xalqning miqdorini oshirgan. SHo‘roviy mafkura “o‘z
rivojlanishiga ko‘ra orqada qolgan ko‘pgina elatlar, asosan, kichik elatlar, millatga aylanmasligi ham mumkin.
Ular vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan boshqa elat va millatlar bilan yaqindan aloqa
qilishga o‘tishi natijasida ilg‘or xalqning madaniyati, tilini o‘zlashtiradi va asta-sekin o‘sha millatning tarkibiga
singib ketadi”, deb uqtirardi. (Bu ko‘chirma O‘zbek Sovet Ensiklopediyasining 13-jildidan keltirildi). Bundan
ko‘rinadiki, CHor Rossiyasida XVI asrning o‘rtalaridan boshlangan bunday siyosat sho‘ro davrida ham pinhona
davom ettirildi. SHunisi qiziqki, qaerdaki milliy uyg‘onish yuz berib, milliy mustaqillik talab etilsa, shu xalqni,
shu xalq rahbarlarini separatizmda ayblash mustamlakachilarga xos usuldir. “Separatizm” lotinchadan olingan
atama hisoblanib, ajralib chiqishga, alohida bo‘lishga intilish ma’nosini bildiradi. Masalan, bir butun
mamlakatning bir viloyati ajralib chiqishni istasa — bu separatizm bo‘ladi, bu harakatning tepasida turganlarni
separatchi - ayrmachi deyish mumkin. Bunday intilishlarni sog‘lom fikrli hech bir kishi oqlamaydi va
yoqlamaydi. Bu mamlakatning yaxlitligiga rahna soladi, butun bir xalqni parokanda qiladi. Lekin tili, dini,
turmush tarzi mutlaqo boshqacha bo‘lgan, o‘z vataniga ega bir xalqning mustaqillikni istab, hukmron tuzum
iskanjasidan ajralib chiqishi separatizm emas, balki milliy davlatchilikni tiklash yo‘lidir. O‘zbekistonning
mustaqillikka erishishi ana shu tamoyil mazmuniga mos keladi.
Elat bilan yaqin ma’noda diaspora tushunchasi ham qo‘llaniladi. Diaspora yunoncha diaspora -tarqalish
ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega,
ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi (masalan O‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining
diasporasi). Konstitutsiyaviy huquqda «diaspora» tushunchasidan o‘z vatandoshlariga nisbatan davlat siyosatini
yuritishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |