O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


 Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy-texnikaviy



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

1.4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy-texnikaviy
rivojlanishning ahamiyati 
 
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli 
darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Islom 
Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab 
chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish 
yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq va 
marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratdi. Hozirgi davrda dunyo 
mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma‘no - mazmuni jihatidan 
oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy 
iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib 
borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham 
keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeini 
mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish kishilarning ishbilarmonlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berdi. 
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan 
biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Zamonaviy iqtisod xo‘jalik 
faoliyatining subyekti - bu korxona, kompaniya, firma, korporatsiya, ya‘ni 
faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat oldida 
belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir. Bugungi kunda respublikada 
investitsiya – innovatsiya milliy dasturiyagona maqsadga yo‗naltirilgan holda, 
izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur dasturda yaqin yillarga mo‗ljallangan 
ustuvor va strategik ahamiyatga ega loyihalar belgilangan bo‗lib, dastur 
iqtisodiyotning yoqilg‗i energetika, mashinasozlik, tog‗- konchilik, kimyo, yengil 
sanoat hamda qishloq xo‗jaligi mahsulotini qayta ishlash sohasi kabi deyarli 
barcha sohalarini qamrab olgan. Dasturni amalga oshirishda respublika hukumati 
huzuridagi fan va texnologiyalar markazi muammolar bo‗yicha kengashi, tarmoq 
ilmiy-texnika markazlari, viloyatlar qoshidagi fan va texnika xalqaro markazlari 
hamda ilg‗or texnologiyalar markazlari ishtirok etadilar. Xalqaro markazlarda 
amaliy (ishlab chiqarish tuzilmalarida tayyorlangan) va innovatsion (fan va ilmiy 


28 
xizmat ko‗rsatish sohasidagi) vazifa hamda muammolar shakllantirilib, konsalting 
va axborot xizmatlari ko‗rsatiladi. shu bilan birga busohada hali amalga oshirilishi 
zarur bo‗lgan vazifalar ko‗p. Jumladan, innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish 
mexanizmini takomillashtirish zarur. Innovatsion faoliyat markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan turdamoliyalashtiriladi. birinchi usulda pul mablag‗lari: 
davlat budjeti, ilmiy-texnik rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni 
maqsadli moliyalashtirish: tanlov ishlarini bajarish bo‗yicha jamg‗armalar; 
muayyan loyiha uchun ajratilgan va qaytarilishi kutilmaydigan grantlar hamda 
subsidiyalar; hokimiyatlar va boshqaruv organlari maxsus buyurtmalarini 
moliyalashtirish; davlat banklarining kreditlari hisobidan taqdim etiladi. 
Moliyalashtirishning 
markazlashtirilmagan 
usuli 
korxonalarning 
xususiy 
mablag‗lari, xorijiy investorlar, xususiy shaxslar, maxsus moliya yoki xayriya 
jamg‗armalari hamda kredit mablag‗laridan foydalanishga asoslangan. Masalan, 
AQSHda sanoat kompaniyalari va banklari universitetlar, kollejlar, federal 
hukumat idoralari hamda mahalliy boshqaruv organlari, sohalar va ularning 
uyushmalari, xususiy shaxslar ilmiy jamg‗armalarini tashkil qilishda faol 
qatnashadilar. O‗zbekistonning davlat investitsiya siyosati birinchi navbatda 
iqtisodiyotda tuzilmaviy o‗zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar investitsiya 
faoliyatini jadallashtirish hamda chet el investitsiyalarini keng miqyosda jalb 
qilish, shuningdek, investitsiya loyihalari tanlovi asosida ijtimoiy masalalarni hal 
etishga yo‗naltirilgandir. bozor xo‗jaligiga mos bo‗lgan soliq tizimiga o‗tish 
innovatsiya tuzilmasining moliyaviy jihatdan ta‘minlanishi yaxshilanishiga 
ko‗maklashadi. Mazkur tizimning mohiyati belgilanayotgan soliq miqdori 
mahsulotning yangi yaratilgan qiymati miqdori, olingan foyda hamda mavjud 
bo‗lgan mulk qiymatiga bevosita bog‗liqligidan iborat. Shuni ta‘kidlash joizki, 
amaldagi soliq tizimi kichik korxonalar, jumladan, innovatsiya korxonalari faoliyat 
yuritish sharoitlarini hisobga olmaydi. Innovatsiya korxonalari, boshqa xususiy 
korxonalar kabi foyda solig‗ini to‗lash paytida soliqqa tortiladigan foyda miqdorini 
aniqlashda imtiyozga egadirlar. Jumladan, ularga ishlab chiqarishni kengaytirish, 
qayta tashkil qilish, texnikaviy jihozlash uchun yo‗naltirilgan foydani chegirish 


29 
huquqi taqdim etilgan. Ishlab chiqarish uchun mo‗ljallangan mahsulot hamda 
qurilish materiallarini yetkazib beradigan ba‘zi bir korxonalar olgan foydasi ushbu 
korxona ro‗yxatga olingan kundan boshlab, dastlabki ikki yil mobaynida soliqqa 
tortilmaydi. Mazkur imtiyoz tugatilgan yoki davlat tasarrufidan chiqarilgan yoxud 
sanatsiya natijasida qayta tuzilgan innovatsiya korxonalari, ularning filiallari 
hamda tuzilmaviy bo‗linmalariga tegishli emas. 
Korxonalar, ularning raqobatlari bozorga yangi mahsulot bilan kelganda, 
o‘rtadagi raqobat shakli o‘zgarishini bilib ish yuritadilar. O‘zgaruvchanlik va 
moslashuvchanlik – bozor iqtisodiyotida tirik qolish va rivojlanish uchun eng 
asosiy ko‘rsatkichlardir. Lekin korxonalar innovatsiyalarni boshqara olishadimi? 
―HA‖ javobi 2008 yilda Bil Geyts bilan ta‘kidlangan edi. 
―Aksiyalar narxi bizning boshqaruvimizda emas. Biz faqat innovatsiyalarni, 
sotuvni va foydani boshqara olamiz‖ (Rushe va Uelps, 2008).
20
2015 yilning 
oxirida The Boston Consulting group tashkiloti o‘zining elektron sahifasida 
dunyoning 50 ta eng innovatsion tashilotlari reytingini chop etdi. Tadqiqotlarda 
turli xil sohalardan 1500 - top - menedjerlar ishtirok etishdi. Reyting tuzilyotganda 
tashkilotlarni turli xil ko‘rsatkichlariga tayanib o‘rinlar taqsimlandi.
21

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish