O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

11.5.
 
Janjal sotsial rivojlanishning omili sifatida 
 
Birorta ham tashkilotda mutlaqo bir xil manfaat va qadriyatlarga ega bo‘lgan 
ikki odamni topolmaysiz. Birgalikdagi faoliyat esa hamkorlikni taqozo etadi va 
faqat ish holdagina u muvoffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Manfaatlar va qadriyatlar 
o‘zaro bir-birini tushunmagan, kelishilmagan, hollarda hamkorlik mavjud 
bo‘lmaydi. 
Ammo 
amaliyotda 
hamkorlikka 
putur 
yetkaziladigan, 
kommunikatsiyalar 
samarasini 
pasaytiradigan, 
boshqaruvni 
murakkablashtiradigan, nizolarning vujudga kelishini kuzatish mumkin.
Nizo-bu manfaatlar, pozitsiyalar, qadriyatlarning antogonistik to‘qnashuvi, bu 
shaxs yoki guruhning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishiga ahamiyatli darajada 
to‘sqinlik qiluvchi yoki cheklab qo‘yuvchi xatti-harakatlari, xulqidir. 
Boshqaruvda nizolar ikkiyoqlama rol o‘ynaydi. Ular tashkilotni barbod 
qilishi, boshqaruvning samaradorligini pasaytirishi, ammo ayrim holatlarda ijobiy 
rol o‘ynashi ham mumkin. Ular yashirin salbiy jarayonlarni, ixtilof 
(kelishmovchilik) lar va ularni o‘zgartirish tendensiyalarni, ko‘rinmas to‘siq (suv 
ostidagi toshlar) larni ko‘rsatib beradi. Lekin ularning mumkin bo‘lgan ijobiy roli 
nafaqat axborotlarni ―berishdan‖, balki innovatsiyalarni o‘tkazish uchun to‘sqinlik 
qiladigan uyumlarni tozalash xususiyatidan iborat. G‘arb sotsiologiyasi ijtimoiy 
nizoga jamiyat taraqqiyotining omili sifatida qaraladi. 
G.Spenser ijtimoiy nizoning yuzaga kelishini muqarrar hodisa deb hisoblaydi 
va unga ijtimoiy rivojlanish uchun rag‘bat sifatida qaraydi. 
G.Zimmelning fikriga ko‘ra ijtimoiy nizo-bu psixologik sabablarga ega 
bo‘lgan munozara (bahslashuv ) turidir.
R.Park ijtimoiy nizoga ijtimoiy ta‘sirlashuvning zarur turi sifatida qaragan. 
Ijtimoiy nizo nazariyasining muallifi R.Darendorf ijtimoiy nizo har qanday 
jamiyatda ―hukmronlik-bo‘ysunish‖ munosabatlarining murakkab tizimi 
mavjudligining natijasidir deb hisoblagan. Jamiyat nizoni bostirishga uringan (uni 
hal qilmagan) taqdirda u keskinlashadi, ayni paytda nizoni ratsional tartibga 
solinishi uni boshqarish usulidir. Ushbu tamoyil demokratik tipdagi jamiyatning 


284 
mavjud bo‘lishining asosini tashkil qiladi, ularning vazifasi nizolarning sabablarini 
bartaraf etishdan emas, balki ularni tartibga solishning usullarini topishdan 
iborat.Birgalikdagi ijodning sotsial jarayoni o‘zgaruvchanlarining o‘zaro 
hamkorligi natijasida beqaror dinamik muvozanat vujudga keladi. Yakka shaxslar 
va guruhlarni o‘zaro bog‘liqligi tasodifiy o‘zgaruvchanlikka qarama-qarshi 
determinatsiyalangan munosabatlarni paydo bo‘lishidan iboratdir. Ushbu nuqtai 
nazardan sotsial o‘zaro bog‘liqlik, tarkibiy qismlar, ichki va tashqi muhit, 
o‘rtasidagi belgilangan tartibni bildiradi. Masalan, kontsepsus (umumiy rozi 
bo‘lishlik) ichki muvozanatni namoyon bo‘lishlaridan biridir, bu ichki tartib tashqi 
muhitga nisbatan esa ham jamoaviy aqlli yaratish va ham guruhga guruhli egoizm 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib, innovatsion guruhning tizim sifatidagi sotsial mavqei asta 
sekin shakllanadi. Qaysi yerda yangi rolli taqsimlanishi, guruhni dinamika va 
sotsial o‘zaro hamkorlik mavjud bo‘lsa, sotsial moslashuvning o‘zining me‘yorlari 
amalda bo‘ladi, ham ichki va ham tashqi muhitga nisbatan belgilangan asosiy 
vazilar va me‘yorlar bajariladi. Gap yana u yoki bu tizimni parametrlar va 
o‘zgaruvchanlar tizimning o‘zining tuzilmasi o‘zgarmasdan o‘zgarishi mumkin 
bo‘lgan zaruriy belgilangan miqdoriy doiralar haqida ketmoqda. Ushbu nuqtai 
nazardan yakka shaxslar va masalan, konsensus va janjalning nisbatini belgilab
beruvchi guruhli dinamika holati parametrlarini psixologik reaksiyani ko‘rib 
chiqish zarur. Innovatsion faoliyani sotsial jarayon sifatida ko‘rib chiqish 
tizimning yangi g‘oyani ilgari surish paytidagi muvozanatsizlik, keyin g‘oyani 
moslashishdagi oraliq va guruh a‘zolari tomonidan uni qarama qarshilik qiluvchi 
jarayonlar janjalni mavjudligidan konsensusning muvozanatli holatiga keyinchalik 
erishishiga e‘tiborni qaratish kabi holatlari o‘stasidagi harakatchan muvozanatni 
oladi Janjal sotsial rivojlanishning muhim holatlaridan biri hisoblanadi. Janjalning 
jarayon sifatidagi dinamikasi uni musobaqa, moslashish va o‘zlashtirish bilan bir 
qatorda sotsial o‘zaro hamkorlikning asosiy turdaridan biri qiladi.
Janjal sotsial ahamiyatli maqsadlarga erishishning vositasi bo‘ladi. U 
innovatsion faoliyatning faol harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishi kerak. Boshqacha 


285 
fikrlash va janjalga yo‘l qo‘yishni g‘oyalarni ajoyib almashtirish bilan bir qatorda 
novatorlik tashkilotlarni rivojlanishining me‘yori bo‘lib qoladi. Albatta, janjal 
hamma vaqt ham, ayniqsa axloqiy tomondan maqsadga muofiq emas. Ammo 
janjallarni yo‘qligi tashkilotni ijodiy o‘sishni sekinlashishigi va pirovardida to‘liq 
qotib qolishga olib kelishi mumkin.
Janjal ham tashqi va ham ichki sotsial-iqtisodiy va texnologik muhitning 
obyektiv sharoitlaridan kelib chiqishi mumkin. Janjalning zamonaviy tushunishga 
nafaqat uni vujudga kelishining ko‘p sonli manbalari, janjalli vaziyatlarni 
rivojlanishi va hal qilinishi tadqiqot qilish, balki janjalning vazifaviy
oqibatlarini, shu jumladan sotsial masofa nuqtai nazaridan o‘rganish ham kiradi. 
Novator olim uchun innovatsion faoliyatning maqsadni mo‘ljallash va haqiqatlar 
o‘rtasidagi moslikni yo‘qligi janjalning asosi bo‘lishi mumkin.
Innovatsion faoliyatda nafaqat shaxslararo va guruhlararo janjalli vaziyatlar, 
balki ilmiy va tashkiliy tuzilmalarning takomillashganligi, texnologik va iqtisodiy 
rivojlanishlar maqsadlarining ziddiyatliligi janjallarning manbalari bo‘lib xizmat
qilishlari mumkin. Janjal har xil tasavvurlar manfaatlar va boyliklarga
asoslanishi mumkin. Ayniqsa, ko‘proq janjallar yakka rahbarlikni yo‘qligi, 
gorizontal tuzilmalarni ustuvorligi, tashkilotlarning matritsali va vazifaviy 
turlarida vujudga keladilar. Ko‘pgina vaziyatlarda janjallar nafaqat tashxis qo‘yish
vazifasini bajaradilar, balki qo‘yilgan maqsadlarga erishining yagona yo‘li 
bo‘ladilar. Ochiq tizimlarda janjalni boshqarishga boshqa jihatlardan
yondoshishi kerak. Janjalga sotsial - psixologik obyektning vaqtincha holati 
sifatida qaraladi va uni boshqarish vaziyatli asosda amalga oshiriladi.
Hammadan avval maqsadlar, ko‘rsatmalar, qadriyatlarni birga bo‘la olishning
tahlili o‘tkaziladi. Keyin janjalli vaziyatlar rasmiy va norasmiy bitimlar orqali 
tartibga solish rejasi mo‘ljallanadi. Tushunib yetilgan kelishuv konstruktiv faoliyat 
bilan birga bo‘lishi kerak. Tizimli bashoratli yondashish asosida kelishuvga
erishish bo‘yicha eng yaxshi natijalarni olish mumkin. 
Janjalli vaziyatlarni boshqarishning turkumiy usullari eng unumli bo‘ladi. 
Umumiy ahamiyatga ega maqsadlar va qadriyatlarni belgilash janjal sabablarini 


286 
tekislaydi, avval dushman bo‘lgan tomonlar, guruhlar va yakka shaxslarni 
faoliyatning yuqori tamoyillarini amalga oshirish uchun birlashtirishga yordam 
beradi. Mukofotlar tizimi tuzilishini boshqarish xodimlar harakatlarini yaxshiroq 
boshqarish va qo‘yilgan mAqsadlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Janjallarni boshqarishning bu barcha usullari tizimli- tashkiliy asosga ega. 
Guruhni yuqori uyushganligi shaxsni boshiga va uning ijodiy qobiliyatini 
tekislashiga olib kelmasligidan jarayonlar va kasbiy tabaqalashuvni inkor qilishi 
janjalli vaziyatni boshlashiga olib keladi, u keyinchalik janjal vaziyatni 
keskinlashuvi yoki shaxsning guruhdagi xulqining maqsadga muvofiq bo‘lmagan 
turiga olib keladi. Ammo guruhli uyushqoqlik yana tashqi muhitni o‘zgarishiga 
ham ta‘sir qiladi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish