O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Korxonaning tovar ishlab chiqarish siyosati



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

Korxonaning tovar ishlab chiqarish siyosati
asosiy yo‟nalishlari
179
 
 
Korxona raqobat o‘rinlari tahlilining natijalari har xil usullar bilan
tekshirilishi mumkin; ham miqdoriy va ham sifatiy ko‘rsakichlar. Faoliyatning
179
Mualliflar tomonidan tuzildi.


300 
afzalliklari va kamchiliklarini baholash firmaning bundan keyingi strategiyasini 
ishlab chiqish va bozor holatini bashoratlash uchun asos bo‘ladi. 
Bundan tashqari, tahlil natijalari menejerlarning o‘z firmasining 
kamchiliklarini bartaraf etish va raqibni neytrallashtirishga qaratilgan operativ 
ishning asosi bo‘ladi. Korxona raqobatbardoshligini baholash firmani bundan 
keyingi rivojlanishining zaifligini hisobga olish bilan bashoratlashga imkon 
beradi. 
12.3
.
Operativ innovatsion marketing 
 
Iqtisodiy 
rivojlanishning 
innovatsion 
tipi 
avvalo 
butun 
tizimning 
determinantlanganlik darajasining keskin pasayishi va murakkablashuvini 
anglatadi. O‘zining ijtimoiy va siyosiy ixtiloflariga hamda larzalariga, axborot va 
texnologik transformatsiyalariga ega bo‘lgan tashqi muhitning faolligi sharoitida 
iqtisodiy tizimning va undagi tarkibiy elementlarning xatti-harakatlari (xulq-atvori) 
tobora ehtimollik va oldindan aytib bo‘lmaslik xususiyatini kasb eta boshlaydi. 
Bunday sharoitda korxonalarning yashab ketishi rahbarlarning qobiliyatiga va 
kutilmagan vaziyatlarda mo‘ljal ola bilishva tahlikani oldindan ko‘ra bilish 
mahoratiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bog‘liq 
bo‘ladi. 
Novatorlik 
firmasining 
rivojlanishidagi mantiq og‘irlik markazini operativ taktik rejalashtirish va 
boshqarishdan strategik darajaga, boshqaruvning yangi tipini shakllantirish 
darajasiga, ya‘ni innovatsion marketingga ko‘chirishga olib keladi. Unda an‘anaviy 
tamoyillarning turliqismlari saqlanib qoladi, lekin ulardan vaziyatli tahlilga 
nisbatan qo‘llash uchun foydalaniladi. Bu uzluksiz ravishda yangiliklarni, kapital 
manbalarini va yangi bozorlarni izlab topish sharoitida firmaning faoliyatini 
optimallashtirish imkonini beradi. Bunday holatlarda vaziyatni umumiy holda 
ichki va tashqi muhitdagi shart-sharoitlarning o‘zaro ta‘sirlashuvi belgilab beradi. 
Innovatsion marketingda samarali rahbarlik qilishning uslub va 
yondashuvlari vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. Innovatsiyalar yashash davrining 
har bir bosqichida marketingning har xal uslub va yondashuvlari, turlicha 
strategiya va taktika talab qilinadi. 


301 
Yangi tovarni sotish kanallarini pozitsiyalashtirish (joylashishi)ni 
shakllantirishni o‘z ichiga oluvchi yangilikni bozorga kirib borishi strategiyasi
va taktikasi marketing tadbirlarining muhim yo‘nalishi bo‘ladi. Joylashtirish - 
yangilikni bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar qatoridagi joyini belgilash tizimini
bildiradi. 
Joylashtirishdan maqsad – yangilikni bozordagi o‘rnini mustahkamlashdir. 
Yangi tovarni joylashtirish hammadan avval yangilik va mavjud bo‘lgan tovarlar
o‘rtasidagi raqobatni bildiradi. 
Innovatsiyani joylashtirish - bu uning mavjud bo‘lganlar qatoridagi o‘rinni 
belgilashdan iboratdir. Masalan, marketing nuqtai nazaridan innovatsiya ostida 
analoglariga ega bo‘lmagan sifatan yangi tovarni, ushbu firma yoki ushbu bozor 
uchun yangi va mamlakat va xorij amaliyotida analogiga ega imitatsiya qilingan 
tovarni va qo‘llashning yangi sohasiga ega tovarni tushunish mumkin. Tubdan 
yangi tovar bozor yangiligi bo‘lgan tovardan, modifikatsiyalangan tovardan, 
alplikant tovar, substitut tovardan farqlanadi, ya‘ni har qanday innovatsiyaning 
belgilanishi bo‘yicha to‘ldiruvchi, o‘rinni almashtiruvchi va siqib chiqaruvchi
yangilik kiritishlardan farqlay olish kerak. Bu jihat innovatsiyani ishlab chiqarish 
bosqichida alohida rol o‘ynamaydi, ammo yangilik kiritishni bozorga kirishida
hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi. Innovatsiyaning muvaffaqiyati va 
marketingning strategiyasi ana shunga bog‘liqdir.
Joylashtirish marketing faoliyatining har xil: sotish, reklama, tovar, narx, 
servis va h.k. yo‘nalishlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Innovatsion marketing 
konsepsiyasi nafaqat yangi xaridorlarni qo‘lga kiritishni, balki firmaning raqobat 
afzalliklaridan muvofiq foydalanish, korxona faoliyati sohalarini keng yoyish va 
kengaytirish va Yangi sohalar va Yangi bozorlarni bosib olish hisobiga ta‘sir 
ko‘rsatish sohasini ko‘paytirishni ko‘zda tutadi. 
Innovatsion marketing uchun marketingning barcha tadbirlari, ishlab 
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning navlari, o‘zaro bir birlarini
to‘ldiradigan va o‘zaro bog‘liq bo‘lishini bildiruvchi sinergizm tamoyili muhim 
bo‘ladi. 


302 
Marketing tizimining yakunlovchi bosqichi - operativ marketing, bu 
bosqichda strategik innovatsion marketing konsepsiyalarini amalga oshirishning 
yaniq shakllari ishlab chiqiladi. Operativ marketing bozordagi yangilik yashash 
davrlarining bosqichlari bilan mahkam bog‘langan.
Yangilik yashash davrining boshlang‘ich nuqtasini belgilash ayniqsa
muhim.
Innovatsiyalarni bozorda mavjud bo‘lishi yashash davrining birinchi 
bosqichida innovatsiyaga e‘tiborni jamlash va diffuziyalash uchun maxsus 
tadbirlar zarur. Masalan, sotishlarning adekvat kanallarini shakllantirish, mavjud 
bo‘lgan eskilarni modifikatsiyalash va moslashtirish zarur. Bu yerda 
marketingning samaradorligi bir qator omillar: innovatsion reklamaning faolligi, 
innovatsiyani bozorga chiqishining muvofiq vaqti, innovatsiyaning mavjud
bo‘lgan tovarlar mavzusidagi xulqining variantini tanlash, ehtimol bo‘lgan
raqiblar xulqini bashoratlash, hamda bozorning tuzilishi yangi tovarga qanchalik 
mos kelishiga bog‘liq. Bu sharoitlarda marketing nafaqat yangilikni bozorda 
joylashishini, balki texnologik bozorga joylashishini ta‘minlashi, yangilik va
boshqa tovarlar avlodlari o‘rtasidagi vazifasivy raqobatni engib o‘tishi shart. 
O‘sish bosqichida marketing yondoshishlari o‘zgaradi. Innovatsion
marketing kreativ xarakterini o‘zgartiradi va rag‘batlantiruvchi ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Reklamaning xarakteri o‘zgaradi, u tashabbuskor, ushbu firma va ushbu
tovarning yutuqlariga e‘tiborni jamlovchi bo‘ladi. Sotish kanallarining yangi 
tovar ostida modifikatsiyalangan tarmog‘idan foydalaniladi. Ishlab chiqaruvchi 
firmaning raqobai afzalliklari bu yerda yetakchi rol o‘ynaydi.
Tovarlarning balog‘atligi bosqichida bozorning boshqa ishtirokchilari bilan
to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobat qilishdan qochib bo‘lmaydli, va buning natijasida
raqobat strategiyasini o‘zgarishi mumkin. B uyerda xarajatlardagi yYetakchilik
strategiyasining roli o‘sadi, yangilikning narxi esa pasayadi. Xuddi shu
bosqichda novator -korxona yangi molifikatsiya yoki tubdan yangi mahsulotni
bozorga chiqarishga tayyorlaydi. 


303 
Ushbu bosqichda innovatsion marketing ikkita maqsadni ko‘zlaydi: pishib 
etilgan tovarni sotishlar hajmini operativ qo‘llab-quvvatlash va uni o‘rniga
keladigan yangini ilgari harakatlantirish strategiyasini yaratishni. 
Bu stratgeiya talabga qaratilganligi bilan ta‘riflanadi. Firma xuddi qaysi 
ehtiyojlarni qanoatlantirishi kerakligini belgilash asosiy jihat bo‘ladi. 
Yangi tovarlarni bozorga kirib borishi, yoki yangilik kiritishlarning 
―diffuziya‖si marketingning zamonaviy tizimlari va tovarni ilgariga qarab
harakatlantirish kanallarini shakllantirish bilan ta‘minlanadi.Sotish bozori uchun 
kurash siyosatini takomillashtirish raqobatbardoshlikni oshirishning har xil
shakllaridan foydalanishdan iboratdir. Tovarning xarakteri va uning yashash 
davri bosqichlariga ko‘ra raqobatning shakllari va usullari (narxli va narxsiz),
reklama usullari va tovarni ilgariga qarab harakatlantirishda farqlar kuzatiladi.
Masalan, monopolist raqobatda yangi tovarni bozorga chiqishi bosqichida 
menejer narx siyosati imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanishi kerak. Agar
korxona oldin noma‘lum bo‘lgan tovaroni ishlab chiqarayotgan yoki yangi
bozorga yorib kirishni amalga oshirayotgan bo‘lsa, unda narxni hatto
kompaniyaning zarariga ham pasaytirishi va ushbu bosqichdagi zararni boshqa
tovarlar hisobiga qoplashi kerak.
Yapon kompaniyalaridagi innovatsion menejment bozorga yorib kirishda,
qoidaga ko‘ra narxni keskin pasaytirishni amalda qo‘llaydi. Keyin bir vaqtda
foydani oshirish va xaridorlar doirasini kengaytirish maqsadida narxlar bilan
manyovr qilishga o‘tadi. Bunda sotishlarning hajmi katta o‘zgarishlarni boshdan 
kechirishi mumkin. Marketing bo‘yicha menejerning mohirligi shundan iboratki, 
komaniyaning foydasi ham bitta tovarni sotishlar hajmini ko‘payishi va ham 
ushbu tovarning o‘zining modifikatsiyalari va modellarini paydo bo‘lishi 
hisobiga oshsin. 
Qoidaga ko‘ra, zamonaviy iste‘molchining turli tuman selektiv (tanlab
olinadigan) talabini qanoatlantirish uchun tovar yirik partiyalarda ishlab 
chiqarilmaydi va raqobatning narxli shakllar imkoniyatlari g‘oyatda cheklangan.
Bittagina kompaniya, masalan IBM ning bir turli tovarlarini bozorga bir vaqtda


304 
chiqarishda raqobatning narxli omillariga suyanadilar. Narxlarning dinamikasi
nafaqat tovarning yangiligiga, balki navli siyosat va ushbu mahsulot o‘tadigan 
modifikatsiyalar va avlodlar soniga ham mahkam bog‘langan. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish