O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Loyihaviy guruhlarning o‟zaro ijtimoiy hamkorligi



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

11.4.Loyihaviy guruhlarning o‟zaro ijtimoiy hamkorligi 
 
Loyihaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlar xodimlarning ikki yoqlama 
bo‘ysunishlari bilan bog‘liq: ular o‘z bo‘linmalarining rahbarlariga chiziqli 
bo‘ysunishi saqlangan holda (marketolog marketing bo‘limi boshlig‘iga, dasturchi 
-axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘iga va h.k. bo‘ysunadi), shu vaqtning 
o‘zida loyiha davrida loyihaning rahbariga (menejerga) ham bo‘ysunadi. 
Bunday bo‘linish ma‘muriy boshqarish va xodimlarni boshqarish sohasida 
qator vazifalarni hal qilish zaruratiga olib keladi. 
Bo‘linma xodimlaridan kimlarni loyihaga vakil qilish kerakligini aniqlash 
hamda bunday tashkiliy va vaqt resurslari hisobidan qilinishini tushunib olish, 
ushbu xodimni qator joriy vazifalardan ozod qilish, ularni bo‘linma ichida qayta 
taqsimlash, xodimlarni loyihadan xabardor qilish, loyihaviy guruhni shakllantirish, 
uning ishtirokchilarini pozitsiyalash, mehnatga haq to‘lash va motivatsiyalashning 
zid bo‘lmagan tizimini tuzgan holda jamoaning ichki va tashqi 
kommunikatsiyasini tashkillashtirish zarur. Undan tashqari ushbu chizma eng 
oddiy sxemani namoyish qiladi. Amalda loyihalar ko‘p bo‘lishi va har bir 
mutaxassis bir nechta loyihada ishlashi mumkin, ya‘ni bo‘ysunish murakkablashib 
boradi. Buning ustiga har bir xodim har xil loyihalarda turlicha pozitsiyalarda (bir 
loyiha rahbari va ikkinchi loyiha qatnashchisi) chiqishi, loyihalar esa o‘zining 
jozibadorligi va nafi bo‘yicha farq qilishi mumkin. 
Loyihaviy guruhlarni tashkil qilishning yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlari 
quyidagi asosiy psixologik holatlar bilan bog‘liqdir. 


280 
Xodimlarni muntazam va loyihaviy faoliyatga motivatsiyalash qarama-
qarshilik xususiyatiga ega. Bir tomondan loyihaviy faoliyat xodimni muntazam 
vazifalardan ajratib qo‘yadi. Ikkinchi tomondan muntazam vazifalar bir xilligi 
bilan zeriktirib qo‘yadi,loyihaviy faoliyat esa vakolatlarni rivojlantirish, 
kengaytirish, nostandart vazifalarni hal qilish hududlarini ochib beradi. 
Xodim bir necha pozitsiyalarni saqlab turishi lozim. U vaziyatni kengroq
ko‘rib chiqish, unda o‘zining funksional roli bilan bog‘liq bo‘lmagan tomonlarni 
ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo bunda manfaatlar to‘qnashuvi yuz beradi. 
Masalan, tijorat bo‘limining yangi tovarni ilgari surayotgan mutaxassis sifatida u 
mahsulotning bozorga chiqish muddatlarini maksimal darajada qisqartirishdan 
manfaatdor bo‘lishi mumkin, lekin ushbu mahsulotni ishlab chiqish bo‘yicha 
loyihaviy guruhning a‘zosi sifatida u mahsulotning hali «xom» ligini, unga hali 
yana ishlov berish zarurligini tushunishi mumkin. Manfaatlar o‘rtasidagi nizolar 
bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihada yoki foydali va foydasiz loyihalarda 
qatnashishda kuchayib boradi. 
Xodim o‘zi uchun yangi bo‘lgan jamoaga kirib boradi. U qisqa muddat ichida 
yangi odamlar bilan tanishishi, tegishli aloqalar o‘rnatishi, o‘zaro bir-birlarini 
tushunishga erishishi va ko‘p hollarda yuqori darajada bir-biri bilan bog‘liq 
bo‘lgan yangi faoliyat tizimiga kirib o‘rnashishi lozim. 
Loyihaviy faoliyatda belgilab qo‘yilgan aniq doiralar xodimning o‘z-o‘zini 
baholashiga kuchli ta‘sir o‘tkazuvchi shart-sharoitlarni yaratadi. 
Ijtimoiy boshqaruv - bu yahlit tizim sifatida jamiyatning elementlariga uni 
qulay tashkil etilgan amal qilishi va rivojlanishi uchun maqsadga yo'naltirilgan 
yoki tabiiy ta"sirning teskari aloqasi tamoyiligi asoslangan. Boshqaruvni tizimning 
nafaqat amaliy holatini saqlash va qo'llab-quvvatlash, balki rivojlantirish 
maqsadida zarurdir.
Ijtimoiy hamkorlikning asosiy tamoyillari quyidagi rasmda kơrsatilgan. 
Tashkilotda gorizontal aloqalarning rivojlanishi va o‘zgarishi ro‘y beradi, 
kommunikatsiyaning yangi rasmiy va norasmiy oqimlari vujudga keltiriladi. 


281 
Xodim (mutaxassis) ning bir nechta guruhlar bilan ikkilik yoki ko‘plikdagi 
ayniyligi yuzaga keladi. 
Rasm 11.2Ijtimoiy hamkorlik tamoyillari

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish