O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana31.01.2023
Hajmi0,71 Mb.
#905958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Umumiy qoidalar 
1. Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar
— tashkilotlar tomonidan olingan 
qarz mablag‘lari bilan bog‘liq foiz ko‘rinishidagi va boshqa xarajatlar; 
kvalifikatsiyalangan aktiv
— belgilangan maqsadlarda foydalanish yoki 
sotish uchun muayyan davr ichida tayyorlanadigan aktiv. 
2. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish hamda ular 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish Standart asosida 
amalga oshiriladi. 
3. Standart xususiy kapitalga qilingan haqiqiy yoki vaqtinchalik xarajatlarga 
qo‘llanilmaydi. 
4. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
a) jalb qilingan qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar bo‘yicha foizlar; 
b) budjet ssudalari va boshqa qarzlar bilan bog‘liq foiz va penya hamda 
boshqa qo‘shimcha xarajatlarni hisobdan chiqarish; 
v) O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining 
standarti
(6-sonli BHS) 
“Ijara”ga (ro‘yxat raqami 3142, 2019-yil 4-mart) muvofiq moliyaviy ijara bilan 
bog‘liq to‘lovlar; 
g) xorijiy valyutada jalb qilingan qarzlar bo‘yicha yuzaga keladigan xorijiy 
valyuta kurslari o‘rtasidagi tafovut bilan bog‘liq to‘lovlar. 
5. Aniq bir vaziyatlarga bog‘liq ravishda, belgilangan maqsadi bo‘yicha 
foydalanish holatigacha keltirilishi muayyan vaqtni talab etadigan quyidagi aktivlar 


kvalifikatsiyalanadigan aktivlar bo‘lib hisoblanishi mumkin (masalan, binolar, 
inshootlar, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, nomoddiy aktivlar va boshqalar). 
Sotish yoki sotib olish vaqtida belgilangan maqsadda foydalanish uchun 
tayyor bo‘lgan aktivlar kvalifikatsiyalangan aktivlar hisoblanmaydi. 
6. Yer uchastkasi kvalifikatsiyalangan aktivga kirmaydi. Yer uchastkasida 
yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari bo‘yicha 
xarajatlarni yer maydoni qiymatiga qo‘shiladi. Bu xarajatlar yer maydonidan 
foydalanish yoki sotishdan olinadigan daromadlar bilan bog‘liq bo‘ladi. 
7. Sotib olingan yer maydonining bino va inshootlari quriladigan qismida 
yerga ishlov berish kabi ishlar amalga oshirilsa, qarz majburiyatlari bo‘yicha 
xarajatlar yer maydoni qiymatiga emas, balki quriladigan bino va inshootlarning 
qiymatiga qo‘shiladi. 
Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish 
8. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar mazkur bobning 
2-paragrafiga
muvofiq 
kapitalizatsiyalangan qismidan tashqari, ular amalga oshirilgan davrda (moliyaviy 
faoliyat bo‘yicha xarajatlar sifatida) hisobga olinadi. 
9. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar ushbu aktivning 
tannarxiga olib borish yo‘li orqali kapitalizatsiya qilinadi. 
10. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar kvalifikatsiyalangan aktivning qiymatiga 
qo‘shish yo‘li bilan kapitalizatsiya qilinadi, agarda undan tashkilot kelgusida 
iqtisodiy manfaatlar olishi mumkin bo‘lsa va agar bunda xarajatlarni ishonchli 
o‘lchash imkoniyati mavjud bo‘lsa. 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish