Nazorat savollar:
1.Avstraliya va Neotropik biogeografik viloyatlarni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash hayvon guruhlarini aniqlang.
2.Nima sababdan Paleoarktik va Neoarktik biogeografik viloyatlarning hayvonot va o‘simlik olami ko‘p jihatdan o‘xshash?
3.Quruqlikni biogeografik viloyatlarga ajratishda qaysi hayvon va o‘simlik guruhlariga asosan e’tibor qilingan?
4.Nima sababdan odamsimon maymunlar faqat ikki biogeografik viloyatlarga tarqalgan?
5.Opossumlarning Markaziy va Janubiy Amerikada uchrashini qanday tushuntirasiz?
14-MAVZU: Evolyutsion o’zgarishlarning tiplari.
Reja:
1. Divergent evolutsiya.
2. Parallel evolutsiya.
3. Konvergent evolutsiya.
Divergent evolutsiya. Divergensiya (lotincha divergantia – ajralish) – evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan eng umumiy turi. Divergensiya – har xil yashash sharoitlariga moslashish natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishidir. Divergensiya tufayli yangi muhit sharoitlariga moslanishlar kengayadi. Bu jarayon natijasida tip sinfl arga, sinf turkumlarga, turkum oilalarga, oila avlodlarga, avlod turlarga ajraladi. Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu divergent evolutsiya timsolidir: umumiy ajdoddan ikki yoki undan ortiq formalar, o‘z navbatida, ulardan ko‘pgina turlar va avlodlar kelib chiqqan. Divergensiya deyarli hamma vaqt yangi hayotiy sharoitlarga moslanishlarning ortib borishini ifoda etadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli sutemizuvchilar sinfi ning hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar kabi turkumlar kelib chiqqan. Bu turkumlarning har biri o‘z navbatida morfologik, ekologik, etologik, genetik, fi ziologik xususiyatlari bilan farqlanadigan kenja turkumlar va oilalarni o‘z ichiga oladi. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir ekanligiga, ular o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir. Galapogoss orollarida morfofi ziologik xususiyatlari jihatdan farq lanadigan vyuroklarning bitta ajdod turlardan kelib chiqqanligi divergen siyaga misol bo‘ladi. Divergensiya hodisasini o‘simliklarning shakli o‘zgargan vegetativ organlarida ham ko‘rish mumkin. Masalan, no‘xatning gajaklari, kaktus va zirkning tikanlari, bargning shakl o‘zgarishi natijasidir. Evolutsiya jarayonida turlar orasidagi farq kuchaysa ham, biroq ularning anatomik-fi ziologik tu zi lishidagi umu miylik saqlana borgan. Masalan, Arktikada yashovchi oq ayiq o‘rmonda hayot kechiruvchi qo‘ng‘ir ayiq yoki tog‘li o‘rmonlarda tarqalgan qora ayiqdan vazni, rangi bilan farq qilsa-da, ular ayiqsimonlar oilasining vakillari hisoblanadi. Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, populatsiya to‘lqinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro‘y bergan. Divergensiya tur paydo bo‘lish ining yo‘llaridan biri bo‘lib, bunda populatsiyalar evolutsiya ning boshlang‘ich omillari ta’siri natijasida ajdod turdan sezilarli darajada farq qiladigan belgilarni to‘playdi va saqlaydi, oqibatda tur ajralib, yangi turlarni hosil qiladi.
Parallel evolutsiya (grek cha – parallelos – «yonma-yon bo ruvchi») – birbiriga qarindosh bo‘l gan organizmlar guruhlarida bir yo‘nalishda o‘xshash belgilar pay do bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish. Masalan, sut emi zuvchi kitsimonlar va kura k oyoqlilar bir-biridan mustaqil holda suv muhitiga o‘tishgan va ularda suv muhitiga moslanishlar – kurakoyoqlar paydo bo‘lgan. Afrika va Janubiy Amerika qit’alarida tarqalgan sutemizuvchilar tana tuzilishida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin. Parallelizm bir-biriga genetik yaqin turlarda belgilarning o‘xshashligi, gomologik tuzilmalarning mustaqil holda o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan evolutsiyadir. Har xil turlarning bir xil genlarida o‘xshash mutatsiyalar paydo bo‘lishi pa rallelizmga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday hodisani N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni tavsifl ab beradi. Mazkur qonunga muvofi q, bir-bi riga qarindosh turlar irsiy o‘zga ruvchanlikning o‘xshash qator lari bilan ta’rifl anadi. Shuning uchun o‘xshash belgilar bir-biriga qarindosh turlarda mustaqil – parallel holda hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |