Nazorat savollar
1.Terrorizm va terrorchilik xarakatlari qanday tushunchalar?
2. Terrorizmning qanday turlari mavjud?
3. Terrorizmning salbiy illatlari nimalardan iborat?
4. Xalqaro terrorizmning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
5. O`zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to`g`risidagi” qonunning moxiyatini tushintirib bering?
6. O`zbekiston Respublikasining xalqaro terrorizimga qarshi olib borayotgan siyosatlari nimalardan iborat?
18-MA’RUZA.
18 – mavzu. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash.
MA’RUZA REJASI:
Terrorizm turlari
Terrorizmning maqsadlari
Terrorizmga qarshi kurash
Tayanch so’z va iboralar: Terrorizm, milliy, diniy, siyosiy, an’anviy, yadroviy, kimyoviy, biologik, kiberterrorizm.
1.Terrorizm- zo’rlik, zo’rovonlik degan ma’noni anglatadi.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan «Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida»gi qonunida terrorizm tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Terrorizm - mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo’q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etshidan tiylishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, xududiy yaxlitlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarlik qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik, zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qishmishdir. Terrorizm turlari:
1. Milliy.
2. Diniy.
3. Siyosiy.
4. An’anviy (bombali).
5. Telefon.
6. Yadroviy.
7. Kimyoviy.
8. Biologik.
9. Kiberterrorizm.
Terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladngan vositalar.
- sovuq qurollar;12
- o’q otar qurollar;
- portlovchi moddalar
- zaharlovchi moddalar;
- biologik agentlar;
- radioaktiv modalar;
- yadro zaryadlari;
- elektromagnit impulsi tarqatuvchilar.
Terrorizmning maqsadlari:
- davlat siyosati va davlat qurilishi zo’rlik yo’li bilan o’zgartirish;
- davlatning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi urinishlari beqarorlashtirish va buzish;
- ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etish, dunyo hamjamiyatiga integrasiya qilinish qudratiga ega bo’lgan demokratik siyosiy tuzumni yaratish va mustahkamlash bo’yicha qabul qilinayotgan qarorlarni beqarorlashtirish va buzish;
- shaxsga, jamiyatga, davlatga siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy zarar keltirish.
Terrorizmning ko’lamlari:
- shaxsga qaratilgan jinoyatlar;
- guruhiy qotilliklar;
- odamlarning ommaviy qirilishi;
- butun mamlakat bo’ylab terrorchilik harakatlarini amalga oshirish;
- dunyo hamjamiyatiga qarshi qaratilgan yirik ko’lamli harakatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |