Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi.
Terrorizmni iqtisodiyot va aholi uchun xavfli oqibatlari. XX asrning ohiri va XXI asr boshlarida terrorizm insoniyat hayotiga katta xavf sola boshladi. O`zining niyatini oshkora eta boshladi. Jumladan, Nyu-York (AQSH) shahridagi butunjahon savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar ichida er bilan yakson bo`ldi. Shuningdek, Irlandiya va Angliyadagi "UPA", Ispaniyadagi "ETA", Osiyoda jinoyatkorona faoliyat olib borayotgan "AL- Qoida", "Khamas" kabi er yuzasining turli burchaklaridagi 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari turli ko`rinishdagi qabih ishlarni amalga oshirdilar va hozirda ham olib bormoqdalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1975 yildan to bugungi kungacha dunyoning turli mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir etilgan.
Ohirgi yillarda terrorchilik uslublari ancha kengayganligi ma’lum. 1970 yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko`proq qo`llanilgan bo`lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus, poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko`plab, tasodifiy kishilarning qurbon bo`lishiga olib keladigan qo`poruvchilikni amalga oshirishga qaratilgan.
Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan maqsad pul undirish bo`lgan bo`lsa, hozirda terrorchilar asosan, xalqaro munosabatlar sohasida va mamlakatlarda beqarorlikni keltirib chiqarish borasida mo`ljallangan siyosiy maqsadlarga erishishni ko`zlaydilar.
Bugungi kunda terroristik harakatlarning yanada faollashish jarayoni yuz bermoqda. U hozirgi kunda XXI asrning "global" muammosiga aylanib qoldi.
Terrorchilik tashkilotlar o`zlarida mavjud bo`lgan barcha imkoniyatlarni ishga solib, o`z maqsadiga erishish uchun qonli yurishlarni ham qilmoqdalar. Ular turli hildagi kimyovimy va biologik qurollardan foydalanishga urinmoqdalar. Ma’lumotlarga qaraganda 200 martadan ortiq shunday qurol va vositalardan foydalanilgan. Jumladan, 1994 yil Yaponiyaning "AVM Cinrico" diniy terroristik tashkiloti tomonidan "zarin" kimyoviy vositasini ishlatish oqibatida 7 kishi vafot etgan, 114 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan. 1995 yilda mazkur terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosi 16- bekatining zararlanishi oqibatida 12 yo`lovchi halok bo`lgan, 400 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bunday zararli moddalar Quvaytda, Iroqning Kurdiston hududlarida va boshqa davlatlarda qo`llanilib, ko`plab insonlarning o`limiga sabab bo`lgan.
Terroristik guruhlar yovuz harakatlarini amalga oshirishda kishi e’tiborini o`ziga tortmaydigan, kichik hajmli, tashqi tomoni har kuni foydalaniladigan buyumlar ko`rinishidagi narsalardan foydalanmoqdalar (masalan, jomadan, sumka, sellofon paket va boshqalar).
Terroristlar tomonidan qo`llaniladigan qurollarning foydalanish ob’ektlari - odamlar ko`p to`planadigan joylar: metro bekatlari, aeroportlar, temiryo`l va avtomobil bekatlari, katta binolar, yopiq turdagi konsert va sport zallari, kinoteatrlar, yirik shaharlardagi suv haydash tizimlari, suv omborlari va boshqa ob’ektlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |