2.Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar, rejalashtirish uchun kerakli meyoriy- huquqiy hujjatlar.
Bu ishlarni bajarishda FVDTning FVni tugatuvchi kuch va vositalaridan foydalaniladi. Bu kuch va vositalar FVV bevosita bо‘ysunuvchi tezkor FM qо‘shinlaridan, Respublika ixtisoslashgan tizimlaridan, vazirlik va idoralarning harbiylashgan va professional ixtisoslashgan avariyani tiklash tizimlaridan, mahalliy hokimiyat organlarining tizimlaridan, obyektlarning ixtisoslashgan va harbiylashmagan umumiy va maxsus tizimlaridan tashkil topadi.
Reja ikki bо‘limdan va ilovadan iborat bо‘ladi: Birinchi bо‘limda - ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofat rо‘y berganda muayyan hududda yuzaga keladigan FV ga baho beriladi.
Bunda quyidagilar yoritiladi:
1) Radiatsiyaviy, kimyoviy va yong‘in xavfi bor shaharlar va aholi punktlarini, KTZM, portlash xavfi bor bо‘lgan va biologik vositalari bо‘lgan obyektlarni, odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar tashiydigan transport vositalarining temiryо‘l uzellarini, neft-gaz konlari, neft quvurlari, gidrouzellar va boshqa obyektlarning rо‘yxati aniq keltiriladi. Talofot hududidagi, shuningdek qо‘shni hududlardagi epidemiologik, epizootik, elifitotik va seysmik aktiv hududlar, tabiiy ofatlar bо‘ladigan joylar, sanoat va qishloq xо‘jaligiga yetishi mumkin bо‘lgan zararlar hamda shu hududlardagi aholi soni va kо‘riladigan taxminiy talofotlar miqdori kо‘rsatiladi.
2) Yirik ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish yuzasidan aholini, qishloq xо‘jaligi hayvonlarini va о‘simliklarini, moddiy boyliklarni muhofaza qilish yuzasidan qilinadigan tadbirlar kо‘rsatiladi.
3) Yuqoridagi falokat va halokatlar rо‘y berganda shikastlangan hududlarda (xususiyatiga kо‘ra) qutqaruv va birlamchi tiklov tadbirlari kо‘rsatiladi.
Rо‘y bergan favqulodda vaziyat holatidan kelib chiqib, quyidagi tadbirlar rejalashtiriladi:
boshqaruv, xabarlash va aloqani tashkil etish;
razvedkani, kuzatishni va nazoratni tashkil etish;
FM kuchlarini tashkil etish;
moddiy va moliyaviy ta’minotni tashkil etish. FVni tugatishni tashkil etish.
Rejaning ikkinchi bо‘limi ikki qismdan tashkil topib, bu bо‘limda ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar sodir bо‘lishi xavfida va sodir bо‘lganda quyidagi tadbirlar rejalashtiriladi:
1) FV sodir bо‘lish xavfida boshqaruv organlarini, ishchilar va xizmatchilarni va aholini ogohlantirish tartibi.
2) FVni oldini olish yoki ularni ta’sirini kamaytirish tadbirlari, amalga oshirish muddatlari va tartibi, jalb etiladigan kuch va vositalar.
3) FM kuchlarini, muhofaza inshootlarini shay holatiga keltirish.
4) Shaxsiy muhofaza vositalarini ishchi va xizmatchilarga berish.
5) Odamlarni evakuatsiya qilish va kо‘chirish uchun avtotransportlarni va xavfsiz hududni tayyor holga keltirish.
6) Aholini tibbiy va epidemiyaga qarshi muhofaza qilish tadbirlarini о‘tkazish.
7) Yong‘indan saqlash tadbirlarini о‘tqazish va ishlab chiqarishni avariyasiz ishlashga tayyorlash.
Tuzilgan rejaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) FM boshlig‘ining FV ni tugatish bо‘yicha qarori.
2) Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarni falokat va halokatda, xamda tabiiy ofatlar xavfi bо‘lganda yoki sodir bо‘lganda bajariladigan tadbirlarning kalendar rejasi.
3) Favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi tizimlarning falokat va halokatda hamda tabiiy ofatlar xavfi tug‘ilganda yoki sodir bо‘lganda tadbirlarni boshqaruvchi kuch va vositalarni hisobi (har bir tadbir xususida umumiy ma’lumotlar keltiriladi).
4) Fojea, halokatlar va tabiiy ofatlar xavfi tug‘ilganda boshqaruvni, xabar berishni, va aloqani tashkil qilinishi (sxema tarzida).
Fuqaro muhofazasi rejalari hududlar uchun ham iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham bir xil tuzilishda ishlab chiqiladi. Tuzilgan fuqaro muhofazasi rejalarini tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlari tasdiqlaydi va bir nusxasi yuqori tashkilotga jо‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |